Shavkat Mirziyoyev taklifiga binoan Bolgariya prezidenti Rumen Radev 9—11-iyun kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi.

Prezident matbuot xizmatining xabar qilishicha, tashrif dasturiga muvofiq, ikki mamlakat yetakchilarining muzokaralari, rasmiy va ishbilarmonlik tadbirlari o‘tkazilishi, qator ikki tomonlama bitimlar imzolanishi rejalashtirilgan.
O‘zbekiston va Bolgariya prezidentlari o‘zaro manfaatli munosabatlarni yanada rivojlantirish, shu jumladan tovar ayirboshlash hajmini oshirish, agrosanoat majmui, farmatsevtika tarmog‘i, konchilik, raqamlashtirish sohalarida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish, turizm va madaniy-gumanitar almashinuvlarni kengaytirish masalalarini ko‘rib chiqadi.
Bolgariya prezidenti Rumen Radev IV Toshkent xalqaro investitsiya forumida ham ishtirok etadi.
Izoh (0)