Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on Davlat o‘rmon xo‘jaligi o‘rmon fondi hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.

O‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida o‘rmon xo‘jaligi hududining 10,5 gektar maydonida yong‘in bo‘lganligi hamda 7,4 gektar yer maydoni yong‘indan zararlangani ma‘lum bo‘ldi.
Ushbu qonunbuzarlik natijasida bir qator qonun talablari buzilgan. O‘rganish davomida yong‘in sodir bo‘lgan 10,5 gektar yer maydonidagi manzarali daraxtlar xatlovdan o‘tkazildi.
Natijada 7,4 gektar yer maydonidagi 116 tup jiyda, 5 tup tol hamda 49 580 tup yulg‘un butalari shikastlanganligi aniqlandi.
Tabiatga jami 1 mlrd 884 mln 675 ming so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.
Hujjatlar holatga qonuniy baho berish uchun prokuratura organlariga taqdim etildi.
Izoh (0)