• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev YTTB va Islom taraqqiyot banki rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazdi

    Boku shahrida o‘tayotgan COP29 sammiti doirasida prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ushbu nufuzli xalqaro moliya instituti bilan keng qamrovli hamkorlik qilish bo‘yicha amaliy jihatlar ko‘rib chiqildi.

    Bankning mamlakatga investitsiyalari 5 milliard yevrodan oshgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha O‘zbekiston bankning mintaqamizdagi eng yirik hamkori hisoblanadi.

    YTTBning faol ishtirokida bank sektorini xususiylashtirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda, investitsiyalar va yer qaʼridan foydalanish sohasidagi meʼyoriy-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.

    Davlat rahbari loyihalarni tayyorlash sifati va samaradorligini oshirish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

    O‘zbekiston va YTTB o‘rtasidagi hamkorlik strategiyasini amalga oshirish va uni yanada boyitish muhimligi taʼkidlandi. Energetika samaradorligi, kichik va o‘rta biznes, ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy soha va infratuzilmada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, “yashil” shaharlarni rivojlantirish sohalarida yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilandi.

    2025-yilda Xorijiy investorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishini tayyorlash va o‘tkazish yuzasidan ham fikr almashildi.

    Shavkat Mirziyoyev, shuningdek, Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uchrashdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    U bilan xalqaro moliyaviy institut bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    Davlat rahbari Islom taraqqiyot banki bilan sheriklik jadal rivojlanib borayotganini yuqori baholadi. 2024-yilning mart oyida Toshkentda islom dunyosining yetakchi moliya institutlari ishtirokida bank rahbarligidagi Arab muvofiqlashtirish guruhining yig‘ilishi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

    ITB bilan loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshdi, ularning 40 foizi xususiy sektorga to‘g‘ri kelmoqda.

    Bank ishtirokida tashkil etilgan O‘zbekistonning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish yuzasidan qo‘shma jamg‘arma kapitali izchil shakllantirilmoqda.

    Taʼlim, sog‘liqni saqlash, infratuzilma, tadbirkorlik, ekologiya sohalarida yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirish, xususiy investitsiyalarni safarbar etish, bank tuzilmalarini loyiha ishlariga faol jalb qilishga alohida eʼtibor qaratildi.

    Mamlakat sanoati va tog‘-kon tarmog‘idagi yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda ITBning ishtiroki yuzasidan ham fikr almashildi.

    YTTB bilan hamkorlik

    Shavkat Mirziyoyev joriy yil 1-may kuni ushbu bank prezidenti Odil Reno-Basso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi. Unda davlat rahbari suv taʼminoti, energetika, yo‘l infratuzilmasi, “yashil” shaharlarni rivojlantirish borasida yangi loyihalarni tez fursatda tayyorlash va amalga oshirish muhimligini taʼkidlagandi.

    May oyida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan 4R156 Urganch—Xonqa—Hazorasp—Toshsoqa orqali—Amudaryo—A380 avtoyo‘li avtomobil yo‘lini sement-beton qoplamasi bilan rekonstruksiya qilish bo‘yicha bitim imzolangan edi.

    Avgust oyida esa YTTB O‘zbekistonda qayta tiklanadigan vodorod ishlab chiqarish uchun 65 mln dollar kredit ajratishi haqida xabar berilgandi.

    Sentyabr oyi oxirida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki O‘zbekiston iqtisodiyoti 2024 va 2025-yillarda 6 foizga o‘sishini prognoz qilgan edi.

    Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlik

    2023-yil fevralida Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistonda maktablar qurish va ta’mirlashga mablag‘ ajratishni rejalashtirayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mart oyida esa bank O‘zbekistondagi qishloq joylarni rivojlantirishga 200 mln dollar ajratgan.

    2023-yilning aprelida Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida tashrif buyurgan Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon Shavkat Mirziyoyev qabulida bo‘lgandi. O‘zbekiston prezidenti ITB bilan yangi sheriklik dasturini birgalikda amalga oshirish muhimligini qayd etib, yangi o‘rta muddatli sheriklik dasturi doirasida bank guruhi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilgandi.

    Iyul oyida Islom taraqqiyot banki O‘zbekistondagi faoliyatini kengaytirishi aytilgandi.

    12.11.2024, 20:44   Izoh (0)   4258
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#YTTB#Islom taraqqiyot banki

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Euronews: O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatga xorijiy investorlarni jalb qilmoqda

    16.05.2023, 15:16

    Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahriga jo‘nab ketdi 

    17.05.2023, 11:15

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandda o‘tkazilayotgan YTTB Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishini ochib beradi

    17.05.2023, 12:23

    “JSTga kirishda katta qadamlar tashladik, bu yo‘nalishda bu yil salmoqli natijalarga erishamiz deb ishonaman” — Shavkat Mirziyoyev

    17.05.2023, 20:15

    Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi investitsiyalari 3,5 mlrd yevrodan oshdi

    01.12.2023, 19:02

    O‘zbekiston prezidenti YTTB rahbari bilan uchrashuvda “yashil” shaharlarni rivojlantirish borasida yangi loyihalarni amalga oshirish muhimligini aytdi

    01.05.2024, 18:47

    “Daryo” dayjesti: 1-mayning eng muhim xabarlari

    01.05.2024, 22:15

    YTTB Xorazm viloyatidagi yo‘lni modernizatsiya qilish uchun 238 mln dollar kredit ajratdi 

    03.05.2024, 09:05

    O‘zbekiston to‘qimachilik sanoatida mehnat sharoitlari va huquqlarini yaxshilash bo‘yicha muhim kelishuv imzolanganiga bir yil to‘ldi

    28.06.2024, 23:30

    Kamola Mahmudova 48 yoshida vafot etdi

    27.09.2024, 11:40

    "Bank rahbarlari o‘zgarishlarning maqsadini tushunib yetmayapti" — ekspert O‘zbekistondagi davlat banklari transformatsiyasi haqida

    23.10.2024, 14:09

    “Ezgu amal” jamg‘armasi va YTTB saraton kasalligiga chalingan bolalarni davolash uchun xayriya aksiyasini boshladi

    22.10.2024, 21:50

    “Harbiy ittifoqqa birlashish uchun har bir kun, har bir yil g‘animat!”. Ko‘p qutbli dunyoda turkiy xalqlarning kelajagi qanday?

    08.11.2024, 19:05

    “El-yurt salomatligi — jamiyatning  bebaho boyligidir” — Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlariga bayram tabrigi yo‘lladi 

    09.11.2024, 12:29

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarbayjonga tashrif buyuradi

    10.11.2024, 18:08

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi 

    11.11.2024, 09:09

    O‘zbekiston prezidenti Saudiya Arabistoniga yetib bordi

    11.11.2024, 14:41

    O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni “yashil” energetika sohasidagi sheriklikni kengaytiradi

    11.11.2024, 15:59

    O‘zbekistonga 2024-yil yakunigacha Saudiya Arabistoni kompaniyalarining qariyb 2,5 mlrd dollarlik investitsiyalari jalb etiladi

    11.11.2024, 17:19

    “O‘zbekiston urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni o‘z shifoxonalarida beg‘araz davolashga tayyor” — Shavkat Mirziyoyev

    11.11.2024, 19:26

    Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni valiahdi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Nimalar muhokama qilindi? 

    11.11.2024, 21:08

    Prezidentning Saudiya Arabistoniga tashrifi, Toshkentda demontaj qilingan noqonuniy reklama bannerlari, Namanganda to‘qnashgan Damas va teplovoz: 11-noyabrning eng...

    11.11.2024, 23:10

    Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonga yetib bordi 

    11.11.2024, 23:55

    Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim konferensiyasida qanday muammolarga to‘xtaladi? Sherzod Asadov javob berdi 

    12.11.2024, 15:33
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyaning Ukrainaga raketa va dronlar bilan qilgan hujumi oqibatida 10 dan ortiq odam vafot etdi

    Dunyo | 25 may, 12:43

    FIFA prezidenti Klublar o‘rtasidagi JCHda Ronalduning ishtirokiga ishora qildi: “Hali vaqt bor” (video)

    Sport | 25 may, 12:39

    Erta hosil va qimmat narx: O‘zbekistonda gilos mavsumi boshlandi

    O‘zbekiston | 25 may, 12:15

    Rossiya chempionatida mavsum yakunlandi. Legionerlarimiz qanday natija qayd etdi?

    Sport | 25 may, 12:01

    Tirnoqlarga nazar: agar sizda shunday belgilar bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat qiling

    Go‘zallik | 25 may, 12:00

    Yevropa Ukraina uchun AQSHdan qurol sotib oladi — Bloomberg

    Dunyo | 25 may, 11:37

    Sany power’dan Seer power’ga — yangi nom, yangi maqsadlar

    O‘zbekiston | 25 may, 11:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.