• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Odam IMEI qonuni”. Jamoatchilik faollari xorijdan qaytganlarni OIV testdan majburiy o‘tkazishga oid yangi qonunga qanday munosabatda?

    Joriy yil 1-avgust kuni Senat xorijdan qaytganlarni OIV infeksiyasi tekshiruvidan majburiy o‘tkazishga oid qonunni maʼqulladi.

    Qonunga muvofiq, uzluksiz 90 kundan ortiq xorijda bo‘lib, O‘zbekistonga qaytgan 18–60 yoshlar oralig‘idagi fuqarolar va chet elliklar uch kun ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tishi shart. Jamoatchilik faollari mazkur qonunning qabul qilinishi Konstitutsiyaga zidligini aytmoqda. “Daryo” masala yuzasidan bildirilgan ayrim fikrlarni jamladi.

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    “Odam IMEI qonuni”

    Iqtisodchi Otabek Bakirov qonun mohiyatini xuddi UzIMEI tizimiga qiyosladi. Mutaxassisning yozishicha, O‘zbekiston xorijda bo‘lgan fuqarolarini majburiy OIV testdan o‘tkazadigan birinchi mamlakatga aylanadi.

    “Inson huquqlari va O‘zbekiston qabul qilgan konvensiyalar masalasini qo‘ya turaylik, butun mohiyati bo‘yicha xuddi UzIMEI singari ishlaydigan Odam IMEI majburiyati byudjetga yuzlab milliard qo‘shimcha xarajatlarni yuklaydi (byudjet to‘lib-toshishni boshladi-ku). Millionlab o‘zbekistonliklarni ovorai sarson qilish evaziga qaysidir cho‘ntak tayyor buyurtmalarga ega bo‘ladi (postpandemiya paytidagi Maxsus komissiyadan soqqa-yorliq olgan aeroportdagi qimmat va majburiy testlar esingizdadir?). Endi qiziq, Odam IMEI’dan o‘tmaganlarning ID kartasini o‘chirib qo‘yishadimi (UzIMEI tovonini to‘lamaganlarning telefonini o‘chirib qo‘yishgani singari)? Yoki bahordan qishgacha xorijda ishlab yo o‘qib, yangi yilga yo hayitga uch kunga kelgan vatandoshlarni qaytib O‘zbekistondan chiqarmay qo‘yishadimi? Yangi taqiq ijrosi uchun yana qanaqa taqiqlar o‘ylab topilarkin? Undan ko‘ra, o‘sha qaysidir cho‘ntak ishlab topmoqchi bo‘layotgan falon yuz milliardni boshimizdan aylantirib sadaqa berish arzon tushmaydimi”, deya fikr bildirgan iqtisodchi.
    Otabek Bakirov
    Otabek Bakirov
    Foto: Markaziy bank

    “Bu fuqarolar va davlat o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazadi”

    Jurnalist Shuhrat Latipov ham qonun to‘g‘risidagi eʼtirozli fikrlarini bildirdi. Uning yozishicha, BMTning OITSga qarshi kurashish bo‘yicha maxsus tashkiloti (UNAIDS), Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti va Xalqaro mehnat tashkiloti majburiy OIV testini o‘tkazishga mutlaqo qarshi. Aksincha, bu tashkilotlar OIVga qarshi har qanday test ixtiyoriy asosda, faqat rozilik va maxfiylik kafolati bilan o‘tkazilishi kerakligini aytadi. Shu sabab ham majburiy tekshiruv amaliyoti dunyoning hech bir joyida yo‘q. Qolaversa, O‘zbekistonda bunday tartib joriy etilishi Konstitutsiyaga zid bo‘lib, shaxsiy daxlsizlik huquqi buzilishiga olib keladi.

    “Deputatlar va senatorlar o‘z chiqishlarida migrantlarga nisbatan salbiy fikr shakllantirmoqda. Ular orasida kasallanish holatlari ko‘payganini taʼkidlamoqda, garchi ular keltirayotgan maʼlumotlar shubha uyg‘otsa ham. Sinovdan o‘tkazishga majburlash odamlarning uyga qaytishdan qo‘rqishiga olib keladi. OIV infeksiyasi atrofida salbiy qarashlar kuchayadi. Xorijiy fuqarolar va investorlar O‘zbekistonga ishlash uchun kelishni xohlamaydilar. Sayyohlar bizning mamlakatdan qochishadi. Agar odamlar testdan o‘tishni rad etsa yoki uch kun o‘tishga ulgurmasa, nima bo‘ladi? Tushunarsiz. Agar jarima yoki boshqa jazo joriy qilinsa, bu korrupsiya va aylanma sxemalar uchun maydon bo‘ladi. IMEI kabi OIV sertifikatlarining qora bozori paydo bo‘lishi aniq. Doimiy maʼlumotlar sizib chiqishi fonida shaxsiy maʼlumotlar xavfsizligi va maxfiyligi bo‘yicha yana bir masala. Qonun hozirda ko‘rib chiqish uchun prezidentga yuborilgan. Men hujjatni rad etish kerak deb hisoblayman. Bu shunchaki noto‘g‘ri emas, balki fuqarolar va davlat o‘rtasidagi ishonchga putur yetkazadi”, deya post qoldirgan jurnalist.
    Shuhrat Latipov
    Shuhrat Latipov
    Foto: YouTube

    “Men bunday testni topshirmoqchi emasman”

    AQSHning Garvard universiteti professori, iqtisodchi Botir Qobilov muhokamaga qo‘shilib, o‘z tanqidiy fikrini bildirdi.

    “Men bunday testni topshirmoqchi emasman. Sababi balki ishonmasman, bunday test topshiraman deb bir narsalarni yuqtirib qo‘yishga, kim bilsin. Oqibati qanday bo‘ladi? Aeroportdan mamlakatga kirgizishmaydimi? Yaxshisi, bunday testlardan yig‘iladigan o‘lpon pulini darhol to‘lash imkoni yaratilsa hech qanday test, IMEI qilmasdan aeroportdan chiqib ketilsa hech bo‘lmasa vaqtimiz, asablarimiz tejalgan bo‘lar edi. Va buning to‘lovini elektron shaklda to‘lab turish imkoni yaratilsin. Paynet’mi, Click’mi orqali. Yiliga bu IMEI’ga, bu OIV testga deb pul o‘tqazib turamiz. Shunda hech kim ovora ham bo‘lmasdi, hammani vaqti tejalardi-da va unumliroq ishlar bilan band bo‘lar edik. Masalan, yaqinda yozganimdek, AQSHda davlat qarzini kamaytirishga yordam sifatida odamlar endi PayPal va Venmo orqali hukumatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri pul tashlab berishlari mumkin ekan.

    Shunga o‘xshashroq narsani O‘zbekistonda ham qilsa bo‘ladi. Masalan, o‘zimning pulimga o‘zim sotib olgan telefondan o‘zimning shaxsiy hayotim uchun foydalanish uchun qandaydir IMEI, uning ketidan qog‘oz, navbatlarda turish va u haqida o‘ylab yurish menga qimmatga tushadi. Yana qo‘shimcha testlar bor ekan endi.

    Shuning uchun o‘z vaqtimni va asabimni tejash uchun qo‘shimcha ‘tarif’ bo‘lsa-da, masalan x2 o‘lpon to‘lab shu muammodan bir yil soqit qilindingiz degan xabar kelsa. Shunda yuqoridagi narsalar haqida o‘ylashga ketadigan vaqtimni tejab uning evaziga qaysidir universitetda leksiya o‘qib kelganim foydaliroq”, deb yozgan mutaxassis o‘z Telegram kanalida.

    Botir Qobilov
    Botir Qobilov
    Foto: Telegram

    “Hatto sunʼiy idrok ham bu qonun Konstitutsiyasiga zidligini aytyapti”

    Jurnalist Muhrim Aʼzamxo‘jayev ham qonun haqidagi o‘z mulohazalarini bildirdi.

    “O‘zi Qonunchilik palatasi ko‘rib chiqmasligi kerak edi bu qonunni. Mayli, Qonunchilik palatasi o‘zi ko‘rib chiqmasligi kerak bo‘lgan ko‘p qonunlarni ko‘raveradi vaqt ketkazib. Shuning uchun, bu qonunni Senat qaytarishi mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi — har holda ko‘pni ko‘rgan oqsoqollar kengashi-ku u. U yerda ham ChatGPT’chalik bilimga ega odam topilmagani achinarli. Hatto shu sunʼiy idrok ham aytyapti ekan — bu qonun eng birinchi navbatda O‘zbekiston Konstitutsiyasiga zid, deb”, deya fikr bildirdi jurnalist.
    Muhrim Aʼzamxo‘jayev
    Muhrim Aʼzamxo‘jayev
    Foto: YouTube

    Tadbirkor Bektosh Hotamov bir oydan beri xorijdaligini bildirib, qonunga nega aynan 90 kun qoidasi tanlangani bo‘yicha savol qo‘ydi. Shuningdek, u chetdan kelganlar uyiga hamshira va inspektor borib, oilasiga tushuntirish o‘tkazishi, fuqaroni esa uch kun ichida OIV testidan o‘tishini aytishi mantiqsizlik ekaniga urg‘u bergan.

    “Tibbiy tahlillar aeroportda emas, balki fuqaro uyiga kelgach, uning uyiga tibbiyot xodimi kelib tushuntirish ishlari o‘tkazadi. Keyin uch kun ichida o‘tarsiz deb ketadi. Haligi fuqaro uch kun ichida rafiqasi yoki boshqa biri bilan yotib qo‘ymasligi bo‘yicha qandaydir kafolat bormi? Buni kimdir nazorat qilib turadimi? Masalan Milliy gvardiya xodimlari? Xo‘sh, haligi 90 kun bo‘lgan fuqaroda OITS aniqlandi, nima bo‘ladi? Uni mamlakatdan chiqarib, haydab yuborasizlarmi? Baribir ro‘yxatga olib qo‘yib yuborasizlar-ku, keyin nima bo‘ladi? O‘zi shu tajriba dunyodagi boshqa biror bir davlatda bormi? Masalan, OITS eng keng tarqalgan, aholisining 18,9 foizi OITS bilan kasallangan Janubiy Afrika respublikasida ham shunaqa tartib yo‘q, o‘zi bunga zarurat qayerdan keldi”, deb yozgan tadbirkor.

    Bektosh Hotamov senatorning OIVga chalinganlar bo‘yicha statistikasi yuzasidan ham savol qo‘ygan. Yaʼni Senat vakili Gulnora Marufova 2024-yilda tekshirilganlarning 3 903 nafarida OIV/OITS kasalligi aniqlangan bo‘lib, ulardan 1 512 nafarini (39 foizi) chet elda bo‘lib qaytgan O‘zbekiston fuqarolari tashkil qilganini aytgan.

    “Endi shu insonlar aynan chet elda buni yuqtirib kelgani to‘g‘risida biror dalil isbot bormi? Uzoq muddat degani 90 kunmi? O‘zi 90 kun qayerdan chiqdi? Senator Gulnora Marufovaning taʼkidlashicha, OIV yuqish yo‘llari bo‘yicha mavjud maʼlumotlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda parenteral yo‘l orqali (qon orqali) yuqish holatlari kamayib, jinsiy yo‘l bilan yuqish holatlari esa ortib bormoqda. Xususan, ushbu kasallikning 64,7 foizi jinsiy aloqa orqali yuqqani aniqlangan. Hozirgacha laboratoriya testlar (analizlar) OIV qayerdan yuqqanini aytmaydi. Hatto eng qimmat, eng zamonaviy uskunalar ham aniq virusning kelib chiqish sababini ko‘rsatib bera olmaydi, u jinsiy yo‘l bilan yuqdimi yoki boshqa qon yo‘li bilan laborator tahlil aniqlab berolmaydi. Ular shunchaki virus bor-yo‘qligini va qanchalik faolligini aniqlaydi xolos. Qaysi yo‘l bilan yuqqanini aniqlashning yagona yo‘li taxmin qilish hisoblanadi. Qanday qilib 64,7 foizida jinsiy yo‘l bilan yuqqanligini aniqlashgani asr savoli bo‘lib qolsa kerak yoki bularga nimani gapirsak ham yeb ketaveradi deb o‘ylashadi shekilli”, deb yozadi ijtimoiy tarmoq faoli.
    Bektosh Hotamov
    Bektosh Hotamov
    Foto: Telegram

    Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlar orqali boshqa faollar ham qonun yuzasidan o‘z tanqidiy mulohazalarini bildirmoqda.

    Maʼlumot uchun, jonli efirga uzatilgan Senat majlisida senatorlar mazkur qonunni deyarli muhokama qilmadi. Senator qonunga asosan xorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolari va mamlakatda doimiy yashaydigan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar OIV infeksiyasiga davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan tekshirilishi aytdi. Ishlash uchun respublikaga kelgan chet elliklar yoki fuqaroligi bo‘lmaganlar, mamlakatda doimiy yashaydigan xorijliklar esa o‘z mablag‘lari, ish beruvchining yoki qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan ko‘rikdan o‘tkaziladi. Shu bilan birga, fuqaro uch kun ichida tibbiy tekshiruvdan o‘tishi shartligi to‘g‘risida ogohlantiriladi.  Agar tekshiruvga uch kun ichida borilmasa, fuqaroga qanday chora ko‘rilishi haqida ham lom-mim deyilmagan. 

    2 avgust, 17:20   Izoh (0)   639
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.