“Tolibon” boshqaruvidagi Afg‘oniston elektr ta’minoti kompaniyasi (Breshna) O‘zbekiston va Turkmanistondan import qilinadigan elektr energiyasida uzilishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi.
O‘zbekistondan elektr energiyasi texnik muammolar, Turkmanistondan esa bo‘ronlar tufayli uzilgan. O‘zbekiston tomoni muammoni tezroq hal qilish ustida ishlayotganini aytgan. Eronning Afg‘onistonga import qilinadigan elektr energiyasi ham ko‘pincha texnik muammolar tufayli uzilishga uchraydi.
Afg‘onistonliklar elektr uzilishlari ko‘payib borayotganidan shikoyat qilmoqda. Ushbu muammo sabab Samangan, Parvon, Panjsher, Kapisa, Kobul, Nangarhor, Lag‘mon, Paktika, Logar, Xost, Maydon Vardak, G‘azni va Bag‘lon viloyatining ayrim hududlari elektr ta’minotisiz qolgan. Har yili qish fasli kelishi bilan fuqarolar elektr ta’minotidagi jiddiy muammolarga duch keladi.
Breshna mas’ullari Kobulda birinchi toifaga kiruvchi shifoxonalar va davlat muassasalariga, ikkinchi toifaga kiruvchi sanoat parklariga elektr energiyasini taqdim etmoqda. Shuningdek, uchinchi toifada istiqomat qiluvchi hududlarga reja asosida elektr ta’minoti taqsimlangan.
Izoh (0)