Rossiyalik investorlar Afg‘onistondagi chiqindilardan elektr energiyasi ishlab chiqarishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Avapress xabar berdi.
Bir qator rossiyalik investorlar “Tolibon”ning kon va neft vaziri Shahobiddin Delavar bilan uchrashuvda Afg‘onistondagi chiqindilardan 150 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqarishga sarmoya kiritishlarini e’lon qilgan. Ular bu orqali chiqindi ko‘payishi muammosi ham hal etilishini aytgan.
“Tolibon” kon va neft vazirligi xorijiy va mahalliy sarmoyadorlar Afg‘onistonning turli sohalariga hech qanday tashvishsiz sarmoya kiritishi mumkinligini bildirgan. Afg‘oniston elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning katta qismini qo‘shni davlatlar Eron, O‘zbekiston va Turkmaniston orqali qoplaydi. 2024-yilning yanvar oyi boshida Breshna va Tojikiston o‘rtasida elektr energiyasi yetkazib berish bo‘yicha shartnoma uzaytirilgan.
Izoh (0)