20th Century Studios kinokompaniyasi mashhur “Qattiqqo‘l xonim” filmining davomini suratga olishni boshladi, deb xabar berdi PeopleTalk.

Sikvelda “Qattiqqo‘l xonim”ning barcha yulduzlari — Meril Strip, Enn Heteuey, Emili Blant va Stenli Tuchchilar suratga tushadi.
Aktyorlar tarkibiga, shuningdek, “Sharqiy ekspressdagi qotillik” filmidagi obrazi bilan tanilgan Kennet Brana ham qo‘shildi, u moda jurnalining qat’iy va xarizmatik muharriri Miranda Pristlining turmush o‘rtog‘i rolini o‘ynaydi.
Studiyaning Instagramʼdagi rasmiy akkauntida “Qattiqqo‘l xonim 2 hozir ishlab chiqarilmoqda”. sarlavhali video eʼlon qilindi. Ushbu post ostiga film muxlislari uning davomini intizorlik bilan kutayotganini yozib qoldirgan.
Birinchi filmning ssenariy muallifi Alin Brosh MakKenna “Forrest Gamp” filmining “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan prodyuseri Vendi Faynermanga qo‘shimcha ravishda asl film rejissyori Devid Frenkel bilan birga filmning davomini suratga olish uchun ish boshladi.
Deadline nashrining yozishicha, filmning davomi 2026-yil 1-mayda chiqadi. Filmda qahramon Miranda Pristli (Meril Strip) muvaffaqiyatli reklama kompaniyasini boshqarayotgan sobiq yordamchisi Emilidan yordam so‘raydi.
Filmning birinchi qismi tanqidchilarning olqishiga sazovor bo‘lgan edi. Meril Stripning ijrosi alohida e’tirof etildi va ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘ldi. Enn Heteuey va Emili Blant ham muxlislar e’tirofiga sazovor bo‘ldi va bir qator nominatsiyalarga loyiq deb topildi. 41 million dollarlik byudjet bilan film butun dunyo bo‘ylab 326 milliondan ortiq mablag‘ to‘plagan va 2006-yilning eng yuqori daromad keltirgan 12 ta filmi qatoriga kirdi.
Izoh (0)