• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Layfstayl Kino Kitob

    Mashhurlikda syujeti asosida yaratilgan kitoblardan ham o‘zib ketgan filmlar

    Adabiyot va kino olamida ko‘pincha kitoblar hamda ular asosida suratga olingan filmlar o‘rtasida o‘zaro ta’sir bo‘ladi. Kitobxonlar ko‘pincha asar qahramonlari va syujetiga maftun bo‘ladi, keyin esa sevimli hikoyalari asosida ishlangan filmlarni sabrsizlik bilan kutadi. Biroq ekranlashtirish har doim ham muxlislar umidini oqlamaydi. Ammo ushbu maqolada tomoshabinlar fikriga ko‘ra yangi ranglar va taassurotlar qo‘shib, kitoblaridan ham o‘zib ketgan bir nechta filmlarni ko‘rib chiqamiz.

    “Taxtlar o‘yini”

    Amerikalik yozuvchi Jorj R.R.Martinning “Muz va olov qo‘shig‘i” turkumidagi birinchi “Taxtlar o‘yini” fantastik romani 1996-yilda nashr etilgan. Kitobni o‘quvchilar yaxshi baholadi, ammo 2011-yilda kartinaning birinchi qismi chiqqach, ko‘pchilik serial originalidan ancha qiziqarli ekanini angladi. Ba’zi o‘quvchilarga muallifga xos uslub haddan tashqari soddalashtirilgan, hatto bolalarcha, jiddiy kattalar adabiyotidan kutayotgan teranlik va ko‘p qatlamlilikdan mahrumdek tuyuldi.

    Shuningdek, ko‘pchilik kitobdagi qahramonlarning psixologik portretlarini filmdagi kabi ishlab chiqilmagan deb hisoblaydi. Serial Vesterosning shafqatsizligi va siyosiy intrigalari muhitini juda ishonchli tasvirlab berdi, eng muhimi, Deyeneris Targaryenni yanada ko‘p qirrali va insoniy shaxs sifatida taqdim etdi. Emiliya Klark qahramonining murakkab kechinmalarini: uning umidlari, shubhalari, o‘sishi va tanazzulini ajoyib tarzda tasvirlab berdi. Shuningdek, serialda ko‘plab syujet chiziqlari chuqurlashtirilgan, yangi qahramonlar va fitnalar qo‘shilgan.

    “Afsungar”

    1995-yilda Buyuk Britaniyada nashr etilgan Kristofer Pristning mistik romani e’tirofga sazovor bo‘lganiga qaramay, ko‘plab o‘quvchilar 2006-yilda chiqarilgan “Afsungar” filmi kitobdan yaxshiroq ekanini ta’kidlashadi. Filmda ikki illyuzionist — Robert Anjer va Alfred Borden o‘rtasidagi murakkab munosabatlar va dushmanlik batafsilroq ochib berilgan.

    “Qariyalarga bu yerda joy yo‘q”

    “Qariyalarga bu yerda joy yo‘q”ning kitobi ham, filmi ham maqtovga loyiq. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, 2007-yilda ekranlashtirilgan film kitobdan yaxshiroq va ta’sirliroq bo‘lgan. Qizig‘i, dastlab Kormak Makkarti 2005-yilda “Qariyalarga bu yerda joy yo‘q”ni roman sifatida emas, balki ssenariy sifatida yozgan. Makkartining kitobi o‘zining uslubi, shafqatsizligi va murosasizligi bilan ajralib turadi. U taqdir, erkinlik va axloqiy tanlov haqida o‘ylashga majbur qiladi.

    Film aka-uka Koyenlarning mahoratli rejissurasi va Haver Bardem, Tommi Li Jons va Josh Brolinning ijrosi tufayli yanada mashhurlashadi. Bardem ijro etgan Anton Chigurning unutilmas obrazi sovuq ratsionalligi va kutilmagan shafqatsizligi tomoshabinlar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoldi.

    “Forrest Gamp”

    “Forrest Gamp” shunchaki film emas, balki har bir tomoshabinning qalbida o‘chmas iz qoldiradigan hayotiy hikoyadir. Filmning ekranlashtirilishi romanning o‘zidan ham chuqurroq va ta’sirliroq bo‘lib chiqdi. Ko‘plab kitobxonlar filmni ko‘rgandan so‘ng kitob bilan tanishib, uning yuzakiligidan ko‘ngli qoldi. Kitobda filmni mashhurlikka erishtirgan hissiy boylik va unutilmas muhit mavjud emas.

    Rejissyor Robert Zemekis 1986-yilda Uinston Grum tomonidan yozilgan hikoyaga ko‘plab nozik jihatlar va tagma’nolarni qo‘shib, mavzuni kengaytirdi hamda kitobda deyarli bo‘lmagan yangi ma’no qatlamlari va ezgu g‘oyalarni kiritdi. 1994-yilda ekranlarga chiqqan film nafaqat roman syujetini qayta hikoya qildi, balki uni oddiy hikoyani millionlab odamlarga ta’sir qilgan hayot, muhabbat va taqdir tasodiflariga boy voqeaga aylantirdi. Hatto saundtreklar ham filmning muvaffaqiyatiga katta hissa qo‘shib, har bir sahnaning hissiy darajasini yanada kuchaytirdi.

    “Shoushenkdan qochish”

    Rejissyor mahorati va aktyorlarning ajoyib ijrosi tufayli “Shoushenkdan qochish” filmi keng ommalashib, kinematografiyaning haqiqiy durdonasiga aylandi. Kitobni o‘qiganlar voqealar bayonining qisqaligi sababli hikoya muhitiga to‘liq sho‘ng‘ib keta olmadi. Film esa asarning mohiyatini ancha mukammal yetkazishga erishdi. Shuningdek, filmdagi ko‘p lavhalar asliyatdan deyarli so‘zma-so‘z olinganini ta’kidlash joiz.

    “Qattiqqo‘l xonim”

    Muvaffaqiyatli ekranlashtirishga yorqin misollardan biri “Qattiqqqo‘l xonim” (2006) filmidir. Yozuvchi Loren Vaysbergerning 2003-yildagi xuddi shu nomdagi romaniga asoslangan film mashhur aktrisalar — Meril Strip, Enn Heteuey va Emili Blantning ajoyib ijrosi tufayli tomoshabinlar e’tiborini tortdi. Filmning muxlislari ekran qahramonlari kitob prototiplariga qaraganda ancha jonli va ko‘p qirrali bo‘lganini ta’kidlaydi.

    Masalan, bosh qahramon Endi Saksning kitob versiyasi ko‘plab o‘quvchilarga Enn Heteuey tufayli ekrandagi obraziga qaraganda zerikarli tuyuladi. Ushbu film muxlislari uni qayta-qayta ko‘rishga tayyor ekanliklarini ta’kidlashadi, ammo kitobdagi Endi qayta o‘qish istagini uyg‘otmaydi. Ba’zi tanqidchilar hatto roman muallifi asarga chuqur ma’no bermasdan, Vogue muharriri Anna Vintur ustidan kulish uchun yaratgan degan fikrni ham bildirishadi.

    15.11.2024, 12:57   Izoh (0)   19287
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #“Qattiqqo‘l xonim”#filmlar#kitob

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turli filmlarda muvaffaqiyatli tandem yaratganini ko‘pchilik payqamagan jahon kinosi yulduzlari (foto)

    10.06.2022, 10:51

    Kinotavsiya: Kuchli va mustaqil rahbar ayollar haqidagi ajoyib filmlar (video)

    31.10.2022, 19:40

    Mashhur film va seriallardagi tomoshabin payqamagan qo‘pol xatolar (foto)

    27.01.2023, 13:39

    Natali Portman, Jessika Chesteyn va boshqa Gollivud aktrisalari ilk rolini ijro etgan vaqtda qanday ko‘rinishda bo‘lgan? (foto) 

    13.07.2023, 17:54

    “Xotira kundaligi” filmi yulduzi Reychel Makadams nega karyerasining cho‘qqisida to‘satdan ekranlardan g‘oyib bo‘ldi?

    08.08.2023, 11:40

    Taqdir tuhfasi: Gollivud yulduzlarining avvaliga o‘ynashni istamagan, lekin olamshumul mashhurlik olib kelgan esda qolarli rollari (foto)

    09.08.2023, 11:40

    Kinotavsiya: Kuchli va mustaqil rahbar ayollar haqidagi ajoyib filmlar (treyler)

    10.10.2023, 14:46

    “Mening qattiqqo‘l enagam” filmi qahramonlari hozir qanday ko‘rinishda?

    09.01.2024, 13:50

    Har qanday sohada erkaklardan kam bo‘lmagan muvaffaqiyatga erisha olishini isbotlagan ayollar haqidagi 10 ta film

    21.03.2024, 10:40

    Muxlislar noroziligiga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, obrazini qoyilmaqom tarzda ijro etgan aktyorlar

    27.03.2024, 09:51

    Sevimli filmlaringiz haqidagi tushunchangizni tubdan o‘zgartirib yuboradigan qiziqarli faktlar

    24.05.2024, 09:45

    “Kino kitobga qaraganda qiziqarli”. Rejissyorning talqini muallif asaridan ko‘ra yaxshiroq chiqqan 6 ta film

    27.06.2024, 21:08

    “Qattiqqo‘l xonim” filmining davomi suratga olinadi

    11.07.2024, 17:40

    O‘zingga ishon: imkonsiz narsaning o‘zi yo‘qligini isbotlagan mashhur film qahramonlari

    28.08.2024, 13:33

    “Qizlarim uchun eng yomon odamga aylanganman”: Emili Blant farzandlarining “Qattiqqo‘l xonim” filmiga munosabati haqida so‘zlab berdi 

    25.09.2024, 15:35

    Komedik rollarni ham maromiga yetkazib ijro etgan dramatik aktyorlar

    03.10.2024, 19:03

    Ancha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, xuddi o‘sha aktyorlar tarkibi bilan ekranlarga qaytgan mashhur filmlar 

    16.10.2024, 09:55

    O‘tkazib yubormaslik kerak bo‘lgan 14 ta yangi turk seriali (treyler)

    18.10.2024, 13:50

    Gollivud sohibjamolining qora tomoni: Enn Heteuey bilan bog‘liq mojarolar

    31.10.2024, 16:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Go‘sht yeyuvchi bakteriya AQSH plyajlarini egallab oldi

    Dunyo | 23 avgust, 10:00

    O‘zbekistonda nechta oila borligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 09:40

    AQSH hukumati Intel kampaniyasining 10 foiz ulushini sotib oldi

    Dunyo | 23 avgust, 09:10

    Ularning ko‘pchiligi oramizda yo‘q: “I operatsiyasi” aktyorlari yillar davomida qanchalik o‘zgargan?

    Kino | 23 avgust, 09:00

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.