Ko‘pchilik uchun bolalar o‘yinchoqlari oddiy, ahamiyatsiz buyumdek ko‘rinadi. Biroq ayrim zamonaviy o‘yinchoqlar, xususan, Labubu kabi personajlar farzandlarimiz ruhiyatiga qanday o‘zgartirish kiritayotgani jiddiy e’tibor talab etadi. Psixologlar fikriga ko‘ra, o‘yinchoqning tashqi ko‘rinishi, yuz ifodasi bolaning dunyoqarashi va xulq-atvoriga ta‘sir qiladi. Tadqiqotlar esa bu jarayonning qanchalik nozik va muhim ekanini ko‘rsatmoqda.

1. Labubu sezdirmasdan agressiyani qo‘zg‘atadi
Albert Bandura o‘tkazgan tajribada bolalar ko‘rgan barcha narsasi va xatti-harakatlarni takrorlashi isbotlangan. Agar o‘yinchoqda agressiya (masalan, o‘tkir tishlar yoki jahldor nigoh) bo‘lsa, bola bu holatni norma deb qabul qiladi.
Misol: 5 yoshli bola Labubu bilan o‘ynagach (unda o‘tkir tishlari bor edi), bog‘chada tengqurlarini tishlay boshlagan. O‘yinchoq olib qo‘yilgach, bola 2 hafta ichida tinchlangan.
2. Haqiqat va xayolotni aralashtirib yuboradi

6-7 yoshgacha bolalar real voqelik bilan xayoliy olamni ajrata olmaydi. Agar bunday yumshoq o‘yinchoq maxluq ko‘rinishida va bir ko‘zini yumib turgan holatda bo‘lsa, bola uni kechasi tirilib keladi, deb o‘ylashi mumkin.
Natijada tunlari qo‘rqib uyg‘onish, yolg‘iz qolishdan qo‘rqish va asossiz xavotir hissi kuchayadi.
3. Boladagi xavfsizlik hissini buzadi

Bolalar psixologi Donald Vinnikott ta’kidlashicha, o‘yinchoq bola uchun ishonch va himoya ramzi (masalan, ayiqcha bolaning uxlab qolishiga yordam beradi) bo‘lishi kerak.
Ammo Labubu mimikasi bolada beixtiyor qo‘rquv hissini uyg‘otadi.
4. Salbiy xulq shakllana boshlaydi

Bolalar tasavvuri ko‘rgan obrazlarga asoslanadi. Agar u mehribon qahramonlar bilan o‘ynasa, do‘stlik va mehr haqida xayol qiladi. Agar Labubu kabi «yirtqich» obrazlar bilan o‘ynasa, yomon xulq shakllanadi. Psixologlar aytishicha, o‘yin orqali bola kelajakdagi ijtimoiy rollarni sinab ko‘radi.
Nima qilish kerak?
Labubu o‘rniga:
Bolaga ijobiy va mehribon chehrali yumshoq o‘yinchoqlar sotib olish;
Rivojlantiruvchi o‘yinchoqlar (konstruktor, lego) berish kerak.
Izoh (0)