• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    2025-yilning ikkinchi yarmida premyerasi kutilayotgan Janubiy Koreya seriallari

    2025-yilning birinchi yarmi koreys seriallari muxlislarini turli janrlardagi ko‘plab qiziqarli loyihalar bilan xursand qildi. Yilning ikkinchi yarmi ham shunchalik qizg‘in bo‘lishi kutilmoqda. Biz siz uchun yil oxirigacha ekranlarga chiqishi mo‘ljallangan eng qiziqarli va kutilayotgan koreys seriallarini tayyorladik.

    “Taksichi 3”

    • Janr: drama, jangari.
    • Seriyalar soni: 16.
    • Bosh rollarda: Li Je-xun, Pxyo Ye-jin, Kim I-son va boshqalar.

    G‘ayrioddiy taksi xizmati o‘z mijozlariga alohida xizmat ko‘rsatadi — ularni xafa qilganlarga qasos olish imkoniyatini beradi. Politsiya va sud sustkashlik qilayotgan joylarda, sobiq harbiy Kim Do-gi o‘z jamoasi bilan yovuzlikni jazolash uchun qo‘lidan kelganini qiladi.

    Bosh rolni Li Je-xun ijro etgan qasoskor taksi haydovchilari haqidagi koreys jangari filmi noyabr oyidayoq tomoshabinlarni uchinchi mavsumi bilan quvontirishi kutilmoqda. Asosiy aktyor tarkibining barchasi o‘z rollariga qaytadi, ammo serialning davomi haqidagi aniq ma’lumotlar hozircha oshkor qilinmayapti.

    “So‘nggi yoz”

    • Janr: drama, romantika.
    • Qismlar soni: 12.
    • Bosh rollarda: Li Je-uk, Chxve Son-in, Chon Bo-min va boshqalar.

    Bolalikdan do‘st bo‘lgan, ammo keyinchalik bir-birini yo‘qotib qo‘ygan erkak va ayolning sevgi qissasi. O‘sha yozda qizning Son Ha-gyong ismli qadrdon do‘sti tog‘dan tushayotib halok bo‘ladi va uning egizak akasi Pek Do-ha Ha-gyongni haqiqatdan asrash uchun o‘zini ukasiga o‘xshatadi, lekin oqibatda unga qattiq azob yetkazadi. O‘shandan beri Son Ha-gyong yozni yomon ko‘radi, Pek Do-ha esa uni har kuni kutib, bir kuni Koreyaga qaytadi va Ha-gyong bilan munosabatlarni tiklashga qat’iy ahd qiladi.

    Koreyalik mashhur aktyor Li Je-uk ishtirokidagi yangi romantik serialning premyerasi noyabr oyiga rejalashtirilgan.

    “Kyong Doni kutib”

    • Janri: drama, komediya, romantika.
    • Seriyalar soni: 12.
    • Bosh rollarda: Pak So-jun, Von Ji-an, Li El va boshqalar.

    Li Kyong-do ismli yigit va So Ji-u ismli qiz yigirma va yigirma sakkiz yoshlarida ikki marta uchrashib, ajralishgan. Bir kuni taqdir sobiq sevishganlarni yana uchrashtirishga qaror qiladi. Ko‘ngilochar bo‘lim muxbiri Li Kyong-do er-xotinning xiyonati haqidagi mojaroni yoritayotganda, bu mojaroning bosh qahramoni xotini uning eski tanishi So Ji-u ekanligi ma’lum bo‘ladi.

    Pak So-jun va Von Ji-an ishtirokidagi yangi romantik komediya dekabr oyida efirga uzatilishi kutilmoqda. "Do‘st" serialining ssenariy muallifi Yu Yon-a va "Yer qiroli" asarining rejissyori Li Xyon-uk o‘z qahramonlari uchun xiyonat va sevgi uchun uchinchi imkoniyat aralashgan haqiqiy romantik chalkashlikni yaratishadi.

    “100-raqamli xotiralar”

    • Janri: drama, tarixiy, romantik.
    • Seriyalar soni: 12.
    • Bosh rollarda: Kim Da-mi, Shin Ye-in, Ho Nam-jun va boshqalar.

    Voqealar o‘tgan asrning 80-yillarida kechadi. Eng yaqin dugonalar Go Yong-re va So Jong-hi avtobusda konduktor bo‘lib ishlashadi. Yong-re ko‘ngli aynishidan aziyat chekishiga qaramay, oilasini ta’minlash uchun ishga chiqadi. Jong-hi uchun esa ish zolim oilasidan qochish yo‘lidir. Biroq qizlarni nafaqat do‘stlik, balki universal do‘kon egasining o‘g‘li Xan Je-pilga bo‘lgan sevgi ham bog‘laydi.

    “Menga uylan”

    • Janr: drama, komediya, romantika.
    • Seriyalar soni: 12.
    • Bosh rollarda: Chxve U-shik, Chon So-min, So Bom-jun va boshqalar.

    Kim U-ju Janubiy Koreyadagi 80 yil oldin asos solingan eng qadimgi novvoyxonaning yagona vorisi hisoblanadi. U iste’dodli rahbar, mukammallikka intiluvchi va o‘ziga bino qo‘ygan shaxs bo‘lib, otasining vafotidan so‘ng oilaviy biznesni o‘z qo‘liga olgan. Bir kuni uning tartibli hayotiga dizayner qiz Yu Mi-ri kirib keladi. U yangi turmush qurganlar uchun uy olish maqsadida zudlik bilan er topishi kerak. Yu Mi-ri sobiq unashtirilgan yigitining ismi bilan bir xil bo‘lgan Kim U-juga turmush qurishni taklif qiladi.

    “Sudya Li Xan Yon”

    • Janr: drama, fantastika, triller.
    • Qismlar soni: 14.
    • Bosh rollarda: Chi Son, Pak Hi-sun, Von Jin-a va boshqalar.

    Karyera pillapoyasining quyi bosqichida bo‘lgan sudya Li Xan Yon yirik huquqshunoslik firmasi rahbarining qiziga uylanadi. Shundan so‘ng u pora ola boshlaydi va o‘z lavozimidan qaynotasining firmasiga yordam berish uchun foydalanadi. Biroq Li Xan Yon korrupsion bitimlarni to‘xtatishga qaror qilganda o‘zini o‘n yil avvalgi davrga qaytganini anglaydi va yangi hayotini halol o‘tkazishga ahd qiladi.

    25 iyul, 13:25   Izoh (0)   4393
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Barcha yoddan biladigan multfilmlar ortida turgan kutilmagan haqiqatlar

    25 iyul, 12:31

    “Kalmar o‘yini” seriali yulduzi Li Byon Xon ishtirokidagi yangi film treyleri e’lon qilindi (video)

    24 iyul, 15:35

    Faqat ziyrak tomoshabinlargina payqay olgan mashhur filmlardagi yashirin ishoralar 

    24 iyul, 12:40

    So‘nggi 10 yil ichida eng ko‘p tomosha qilingan turk romantik komediyalari va melodramalari

    24 iyul, 10:35

    Sumbul og‘adan Alpagu xongacha: iroqlik aktyor Selim Bayraktar haqida nimalar ma’lum?

    24 iyul, 09:55

    Turkiyalik aktrisa Sila Turko‘g‘lu dunyoning eng go‘zal ayoli deb topildi

    23 iyul, 17:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38

    “Garovga olinganlar ozod qilinmasa, G‘azoda janglar tinmaydi” — Isroil bosh qo‘mondoni

    Dunyo | 2 avgust, 19:20

    “Manchester Siti” futbolchisi “Galatasaroy”ga o‘tadigan bo‘ldi

    Sport | 2 avgust, 18:55

    Jeyms Kemeron “Avatar” filmi asosida animatsion serial suratga oladi

    Kino | 2 avgust, 18:50

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    Dunyo | 2 avgust, 18:35

    O‘zbekiston fuqarolari qaysi davlatlarga vizasiz kira olishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 18:02

    Indoneziyada Levotobi Laki Laki vulqoni otildi (video)

    Dunyo | 2 avgust, 17:55

    Saudiya klubi “Liverpul” hujumchisi uchun kurashda yetakchiga aylanib oldi

    Sport | 2 avgust, 17:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.