• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12578.21
    • RUB160.31
    • EUR14633.49
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +42°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston Qashqadaryo

    Ko‘kdaladagi portlash: voqea joyidan kechikkan reportaj

    Qashqadaryo viloyatining Ko‘kdala tumanidagi aholiga suyultirilgan gaz ballonlari tarqatish shoxobchasida portlash sodir bo‘ldi. Masʼullarga ko‘ra, mazkur portlash 4 kishining umriga zomin bo‘lgan. Voqea joyida bo‘lib, tafsilotlarni o‘rgangan “Daryo” jurnalistining maʼlum qilishicha, rasmiylar o‘limlar sonini ochiqlashda jamoatchilikni chalg‘itmoqda.

    “O‘zimiz tanigan odamlardan besh kishi o‘ldi”

    Foto: “Daryo”
    Foto: “Daryo”

    “Daryo” jurnalisti bilan suhbatda bo‘lgan aholi vakillarining aytishicha, portlash ushbu hududda yashovchi, ular tanigan va bilgan besh kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”
    Shaxsan o‘zimiz tanigan va bilgan besh kishi portlash oqibatida o‘ldi. Biri gaz tarqatish shoxobchasining boshlig‘i bo‘lsa, qolgan to‘rt nafar marhum shoxobcha yonidagi restorandagi odamlar bo‘lgan. Shu kuni restoran egasi xotini va bolalari bilan Toshkentda dam olishda bo‘lgan. Yong‘inda restoranga vaqtincha qarab turgan onasi, oshpaz, restoran boshqaruvchisi va ofitsiant bola vafot etgan, deydi ismi sir qolishini so‘ragan suhbatdoshlardan biri.
    Foto: “Daryo”

    Aholining bu gapini ushbu restoran egalaridan biri Ulug‘bek Hasanov ham tasdiqladi.

    Foto: “Daryo”
    Ammam banket zalida uxlab yotgan joyida yonib ketgan va o‘sha joyda jon bergan. Oshpaz bobom va ishboshqaruvchi esa karovotda yotgan bo‘lgan. Ofitsiant bola va ayni paytda komada yotgan marhum ammamga qarab yuruvchi qiz esa oshxona atrofida bo‘lgan. Ammam, oshpaz, ishboshqaruvchi va ofitsiant bola voqea joyida vafot etgan bo‘lsa, ammamga qarab yuruvchi qiz yong‘indan qochib chiqib, o‘z oyog‘i bilan shifoxonaga borgan. U ayni paytda komada. Shifokorlar ahvoli og‘ir deyishmoqda,  deydi Ulug‘bek Hasanov.
    Foto: “Daryo”

    Yosh qiz komada, bosh shifokor buni yashirmoqda

    Odil Shaymanov.
    Odil Shaymanov
    Foto: “Daryo”

    Ko‘kdala tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Odil Shaymanovning “Daryo”ga bildirishicha, 19-iyul holatiga ko‘ra tuman shifoxonasi 7 nafar bemor qolgan.

    Foto: “Daryo”
    Tuman tibbiyot birlashmasiga 15 nafardan ko‘proq odam murojaat qilgan. Ayni kunda shifoxonada 7 nafar bemor qolgan. Shundan bir nafarining ahvoli og‘ir bo‘lib, shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolayotgan bo‘lsa, qolgan 6 nafari kuyish bo‘limiga o‘tkazilgan. Kuyish bo‘yicha Toshkent, Samarqand va Qarshi shahridan mutaxassislar jalb qilingan. Har bir bemorga bir nafardan shifokor biriktirilgan. Davolash davlat tomonidan amalga oshirilmoqda. Viloyat hokimi tomonidan dori-darmonlar olib berildi, deydi Odil Shaymanov.
    Foto: “Daryo”

    Masʼul jurnalistning savoliga javob berar ekan, ayni paytda shifoxonada qolayotgan bemorlar gaz tarqatish shoxobchasining ishchilari ekanini aytdi.

    Foto: “Daryo”
    Ular (shifoxonada qolayotgan bemorlar) asosan ichkaridagi xodimlar bo‘lgan. Shu sabab ularning kuyish darajasi ko‘proq, 70-80 foiz. Tashqarida o‘tib-qaytayotgan odamlarga ham tekkan. Ularga hech narsa qilmagan. Ular shifoxonadan ketgan. Hozirda bizda qolgan bemorlarning barchasi yoshi katta erkaklar, qolgan barchaga javob berdik, deydi tumanning bosh shifokori.
    Foto: “Daryo”

    Odil Shaymanov Ulug‘bek Hasanov aytgan bemorni yaʼni yong‘in sodir bo‘lgan paytda oilaviy restoranda bo‘lgan, asli shahrisabzlik Dilnoza ismli bemorni yashirmoqda.

    Foto: “Daryo”

    Portlashda kuyish jarohatini olgan va ayni paytda komada qolayotgan Dilnozaning otasi Abduhakim Xalilovning “Daryo”ga bildirishicha, qizi o‘sha kuni soat 15:30 larda qo‘ng‘iroq qilib, yong‘in haqida aytgan.

    Abduhakim Xalilov
    Foto: “Daryo”
    O‘sha kuni qizim menga telefon qilib, “dadajon tez keling”, dedi. Nima bo‘ldi desam, “yong‘in bo‘ldi, yong‘in bo‘ldi”, dedi-da telefonni o‘chirdi. Shundan so‘ng yarim soat o‘tgach, opasiga telefon qilib, oyisini so‘ragan ekan. Bir gaplashay degan ekan. Men o‘sha kuni shifoxonaga soat 18:00 larda keldim. Shu kuni qizimni ko‘rolmadim. Ertasi kuni ko‘rdim. Ahvoli og‘ir, 100 foiz kuyish deyishdi, deydi Dilnozaning otasi.
    Foto: “Daryo”

    Odamlar sog‘liqni saqlash vaziridan minnatdor

    Yaqinlari sog‘lig‘idan xavotir olib, shifoxona binosida to‘plagan fuqarolarning “Daryo”ga bildirishicha, ayni paytda portlashdan jabrlangan bemorlarning 8 nafari shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolmoqda. Yengilroq tan jarohati olganlar esa palatalarda.

    Foto: “Daryo”
    Qolgan bemorlarning ahvoli ularga nisbatan yaxshi bo‘lgani bois, ular palatalarga olingan. Ammo bemor yaqinlarimiz oldiga kiritishmayapti. Bu yaxshi albatta. Sababi ularga hozir tinchlik kerak. Tez sog‘ayib olishlari uchun biror infeksiya yuqtirib olmasliklari juda muhim, deydi o‘zlarini tanishtirishsa bemor yaqinlariga jabr bo‘lishidan qo‘rqqan fuqarolar.
    Foto: “Daryo”

    Bemorlar yaqinlarining aytishicha, sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov shaxsan ular bilan muloqotda bo‘lib, bemor haqida maʼlumot berib turibdi.

    Baraka topsin shaxsan vazirning o‘zi yaqinlarimizning ahvoli haqida aytib, vaziyatdan xabardor qilib turibdi. Toshkent va Samarqanddan shifokorlar chaqirtirib, yordamini ayamayapti. Biz bundan xursandmiz, deydi ayni paytda eri shifoxonaning jonlantirish bo‘limida qolayotgan ayol.
    Foto: “Daryo”

    “Zapravka”da ishlovchi, portlash oqibatida kuyish jarohatini olgan yana bir bemorning opasi ukasining ahvoli haqida shaxsan vazirning o‘zi unga axborot berganini qo‘shimcha qildi.

    Bosh vazir o‘rinbosari Ramatov ham voqea joyiga borgan

    Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari Ochilboy Ramatov Ko‘kdala tumanida bo‘lib, yong‘in sodir bo‘lgan gaz shoxobchasi va oilaviy restoranga borgan. Bu haqda jurnalistga restoran egalariga yaqin manba maʼlum qildi.

    Foto: “Daryo”

    Bosh vazir o‘rinbosarining yong‘in oqibatida kuyib kul bo‘lgan restoranga kelganini tasdiqlagan yana bir manbaning aytishicha, amaldorning hududga tashrifi bir necha masʼulning ishdan olinishiga, katta ehtimol bilan qamalishiga ham sabab bo‘lgan.

    Foto: “Daryo”
    Ramatov shaxsan voqea joyiga kelib, holatni o‘zi o‘rgangan. Shu kuni yig‘ilish qilib, ko‘pchilikni ishdan ham olgan. Ammo aynan kimlarni ishdan oldi bunisi bizga qorong‘i, deydi ismi sir qolishini so‘ragan suhbatdosh.

    Tadbirkor 15 milliard so‘mga yaqin zarar ko‘rganini aytmoqda

    2025-yilning 16-iyul kuni soat taxminan 14:30 da Ko‘kdala tumanidagi aholiga tarqatiladigan suyultirilgan gaz ballonlarini “zapravka” qiluvchi gaz shoxobchasida jamoatchilikka nomaʼlum holatda chaqnash sodir bo‘lgan. Oqibatda gaz ballonlari portlay boshlagan. 30 tonna og‘irlikdagi, sig‘imi 60 tonnani tashkil qiluvchi gaz saqlovchi bochka restoranga uchib tushishi oqibatida oilaviy restoranda ham kuchli yong‘in boshlangan.

    Ulug‘bek Hasanov.
    Ulug‘bek Hasanov
    Foto: “Daryo”
    O‘sha kuni soat 14:30, 14:35 larda onam telefon qilib, tez yetib kel restoranda yong‘in bo‘lyapti, “zapravka” portladi dedi. Yetib kelsam, ko‘chada odamlar ko‘p, ichkarida esa odamlar yonyapti. 1,5 kilometr gradus bo‘ylab, aylana holatda yong‘in sodir bo‘lmoqda. Mayda gaz ballonlari yo‘lning narigi tomonidagi issiqxonalarga ham otilmoqda. Olov yo‘lda o‘tayotgan Damas’larga ham o‘tdi, katta Fura’larning tentlari ham yona boshladi, deydi oilaviy restoran egalaridan biri Ulug‘bek Hasanov.

    Tadbirkor Hasanovning aytishicha, ushbu oilaviy restoran qurilishiga 15-16 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflangan.

    Restoranning yong‘indan oldingi holati.
    Restoranning yong‘indan oldingi holati.
    Foto: Telegram
    Restoranning yong‘indan oldingi holati.
    Restoranning yong‘indan oldingi holati.
    Foto: Telegram
    Restoranimiz nafaqat tumanda, viloyatda ham o‘z o‘rniga ega restoranlardan biri edi. O‘tgan safar viloyatimizga aynan tumanimizga tashrif buyurgan viloyat hokimlari ham aynan bizning restoranimizda mehmon bo‘lgandi, deydi u.

    Eslatib o‘tamiz, Ko‘kdaladagi gaz zapravkadagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Jinoyat ishi doirasida sud-tibbiy, yong‘in kelib chiqishini aniqlash bo‘yicha sud-kimyoviy, biologiya, kriminalistika va yong‘in texnikaviy ekspertizalari tayinlangan. Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra hodisa oqibatida 4 kishi vafot etgandi. Shu bilan birga, 15 kishi jarohatlangani aytilmoqda. Vafot etganlar oila aʼzolariga 100 mln so‘mdan, jarohat olganlarga 50 mln so‘mdan moddiy yordam berilgan.

    20 iyul, 22:41   Izoh (0)   4995
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Qashqadaryo#portlash#Ko‘kdala#zapravka#o‘lim#mashina

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    So‘nggi 70 yildagi birinchi toj kiyish marosimi, O‘zbekistonda yog‘gan qor, referendumda qatnashgan kelin-kuyov — hafta suratlari

    07.05.2023, 20:40

    Qashqadaryodagi xonadonda yuz bergan yong‘inda bir kishi halok bo‘ldi

    10.05.2023, 09:32

    Toshkent viloyatidagi metan zapravkada Nexia’ning gaz balloni portlab ketdi 

    09.06.2023, 11:20

    Qashqadaryoda Isuzu avtobusining gaz balloni portlab ketdi

    16.10.2023, 10:58

    Qashqadaryoda Isuzu gaz balloni portlashi oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot berildi

    16.10.2023, 12:46

    Surxondaryoda propan gaz balloniga metan quymoqchi bo‘lgan “Jiguli” portlab ketdi 

    23.10.2023, 08:52

    “Talimarjon” IESda yong‘in yuz bergani rad etildi

    02.04.2024, 08:36

    Tuman hokimidan prezidentgacha: O‘zbekistonning yaqin tarixida joniga qasd qilingan olti amaldor

    02.12.2024, 12:45

    Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

    11 may, 09:16

    Shahrisabzda ikkita do‘kon yonib ketdi (video)

    30 iyun, 23:40

    O‘zbekistonga 17-iyuldan juda issiq havo oqimlari kirib keladi

    16 iyul, 11:55

    O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomashinalar soni e’lon qilindi 

    16 iyul, 13:45

    Raqobatga zid harakatlar sabab 43 mlrd so‘mlik davlat xaridlari bekor qilindi

    16 iyul, 14:40

    O‘zbekistonda 18-iyul kuni 45 darajagacha issiq bo‘ladi

    17 iyul, 12:16

    Ko‘kdaladagi gaz zapravkadagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    17 iyul, 10:30

    O‘zbekistonda xususiy klinikalarga organ ko‘chirib o‘tkazishga ruxsat berilishi mumkin  

    17 iyul, 16:10

    O‘zbekistonda olti oyda 872 ming kishi o‘zini o‘zi band qildi

    17 iyul, 20:10

    Qamoqdan chiqish uchun “Vagner”da Ukrainaga qarshi jang qilgan o‘zbekistonlik sud qilindi 

    17 iyul, 18:49

    O‘zbekistonda tadbirkorlarga Mo‘g‘ulistondan mayda shoxli mollarni import qilish xarajatining bir qismi qoplab beriladi

    18 iyul, 11:59

    Qashqadaryoda Nexia-3 haydovchisi fuqarolarni sudrab ketdi (video)

    18 iyul, 15:01

    Ko‘kdaladagi zapravka portlashida halok bo‘lgan va yaralanganlarga tovon puli to‘lanadi

    18 iyul, 20:07

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    20 iyul, 12:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokiston va Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 13:20

    Janubiy Koreyada suv toshqinlaridan halok bo‘lganlar soni 26 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 21 iyul, 13:10

    O‘zbekiston nega Osiyoning eng qimmat terma jamoasiga aylandi?

    Sport | 21 iyul, 13:05

    Netflix 2025-yilning birinchi yarmida eng ko‘p tomosha qilingan serial va filmlar ro‘yxatini e’lon qildi

    Kino | 21 iyul, 13:00

    “O‘zgidromet” 22-iyulda necha daraja issiq bo‘lishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 21 iyul, 12:54

    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

    Reklama | 21 iyul, 10:33

    Gollivudning eng shov-shuvli 7 ta to‘yi

    Layfstayl | 21 iyul, 12:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.