Daryo

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash oqibatida vafot etganlar 3 kishiga yetdi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, portlash sabablari o‘rganilmoqda

1 daqiqa o‘qish23 180 ko‘rishlar0 izoh0

Samarqanddagi zapravkada yuz bergan portlash qurbonlari soni 3 kishiga yetdi. Bu haqda “Sevimli” telekanlining “Zamon” informatsion dasturida ma’lum qilindi.

Foto: Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumani, “Qo‘shtepa” MFYda joylashgan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash va yong‘in 7-may kuni sodir bo‘lgandi. Hodisa  AYQSHning hovlisida “ZIL” avtomashinasiga yoqilg‘i quyish vaqtida yuz bergan. Oqibatda 2 nafar fuqaro halok bo‘lgan, yana bir kishi tan jarohati bilan tibbiyot birlashmasiga yotqizilgandi.

“Zamon” informatsion dasturida xabar qilinishicha, shifoxonaga yotqizilgan shaxs 9-may kuni vafot etgan. Vafot etgan uch kishi shaxobcha rahbari, operator va “ZIL” haydovchisi bo‘lgan.

Samarqand viloyati IIB matbuot kotibi Hamidullo Sagdullayevning ma’lum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) ikkinchi qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

2025-yilning mart oyida Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanidagi yonilg‘i quyish shoxobchasida ikkita sisterna yonib ketgandi. Buning oqibatida ikki kishi kuyish jarohatini olgandi. 

Toshkentdanman. Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti Chet tillar fakultetini tamomlaganman. “Daryo”da 2019-yildan beri Mahalliy xabarlar bo‘limida muharrir lavozimida ishlayman va O‘zbekistonda ro‘y berayotgan voqealarni kuzatib, yoritib boraman. Tavsiyalarga ko‘ra kino va filmlar ko‘raman. Kitoblardan Charlz Dikkensning “Devid Kopperfild” romanini aynisa qiziqish bilan o‘qiganman.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar