AQSH adliya vaziri va bosh prokurori Pem Bondi kamida 20 nafar xodimni ishdan bo‘shatdi. Ular Donald Trampga qarshi ishlarni tergov qilishda sobiq maxsus prokuror Jek Smitga yordam bergandi. Bu haqda Washington Post xabar berdi.

Prokuror fevral oyida Trampga qarshi tergov olib borgan amaldorlarga nisbatan “siyosiylashtirilgan sud ishlarini” tekshirish uchun ishchi guruh tuzgandi. Mazkur guruh faoliyati doirasida Jek Smitning harakatlarini ham ko‘rib chiqishi aytilgandi.
Bondi tomonidan ishdan bo‘shatilganlar orasida prokurorlar va yordamchi xodimlar bo‘lgan. Manbalarga ko‘ra, ayrimlari prokurorlik faoliyatida hal qiluvchi rol o‘ynamagan, balki faqat texnik yordamchi sifatida faoliyat yuritgan.
Pem Bondi uning Trampga qarshi tergovlarida ishtirok etgan kamida 20 nafar prokuror va yordamchi xodimlarni ishdan bo‘shatgan. Ishdan olinganlarning ayrimlari prokurorlik faoliyatida muhim rol o‘ynamagan, balki faqat yordamchi vazifasida faoliyat yuritgan bo‘lishi mumkin.
Jek Smit 2022-yil noyabrdan buyon Trampga qarshi bir nechta jinoiy ishlarni, jumladan, maxfiy hujjatlarni noqonuniy saqlash va 2020-yilgi saylov natijalarini bekor qilishga urinish bo‘yicha tergovlarga rahbarlik qilgan. Biroq Tramp prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongach, bu ishlar to‘xtatilgan. Chunki amaldagi prezidentni jinoiy javobgarlikka tortish mumkin emas. Shu sababli Jek Smit Trampning inauguratsiyasini kutmasdan, o‘z vakolatlarini topshirgan edi.
Tramp 20-yanvar kuni ikkinchi bor AQSH prezidenti lavozimini egallagach, Smit jamoasidan kamida 37 nafar xodim ishdan bo‘shatilgan. Shuningdek, 2021-yil 6-yanvardagi Kongressga bostirib kirishni tergov qilgan Adliya vazirligi xodimlari ham ishsiz qolgan.
Izoh (0)