Toshkent shahar Shayxontohur tumanida Tico uch yashar bolani urib yubordi. Bu haqda YHXB xabar berdi.

Unga ko‘ra, holat 8-iyul kuni soat 13:30 larda Shayxontohur tumani Ko‘kcha Darvoza ko‘chasida sodir bo‘lgan. Haydovchi F.X. Tico’ni boshqarib ketayotib, yo‘lni belgilanmagan joyidan yugurib o‘tayotgan 2022-yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan.
YTH oqibatida bolaga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Millar” dasturida ma’lum qilinishicha, bolakay bog‘chadan tashqariga chiqib ketgan bo‘lgan. Bog‘cha mas’ullari bolakay uch-to‘rt kundan beri moslashish uchun kelayotgan bo‘lgan. Bolakay ayni vaqtda jonlantirish bo‘limida, og‘ir ahvolda.
Yo‘llarda bolalar o‘limi
2024-yil noyabr oyida Jizzax viloyatining Baxmal tumanida Cobalt katta tezlikda voyaga yetmagan ikki qizni urib yubordi. Shuningdek, Samarqandda avtobus maktab yaqinida yo‘lni kesib o‘tayotgan bolani urib yuborib, uning o‘limiga sabab bo‘lgandi. Surxondaryoda 1-sinf o‘quvchisi Nexia urib yuborishidan vafot etgandi.
Senat bergan ma’lumotga ko‘ra, 2024-yilning 5 oyi davomida jami 359 nafar o‘quvchi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir etilgan va 65 nafar o‘quvchi halok bo‘lgan, 294 nafar o‘quvchi esa turli darajada tan jarohatlari olgan. 2023-yilda bolalar bilan bog‘liq 1 794 ta YTH yuz berib, ularda 1 568 nafar bola jarohatlangan, 263 nafari vafot etgan.
Sentyabrda Toshkentda BYD 9 yoshli maktab o‘quvchisini urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi. Xuddi shu kabi holat iyul oyida Navoiy viloyati Xatirchi tumanida sodir bo‘lgan. Katta tezlikda harakatlanayotgan BYD piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan 9 yoshli qizaloqni bosib ketgan. O‘sha oyda Samarqandda 7 yashar bola avtomobil urib ketishi oqibatida vafot etdi. Aprelda Jizzaxda sodir bo‘lgan YTH oqibatida ikki nafar maktab o‘quvchisi halok bo‘ldi.
Bolalar ishtirokida ayanchli YTHlar ko‘paygach, jamoat faollari yo‘llarda bolalar o‘limi uchun siyosiy javobgarlik bo‘lishi kerakligini aytdi.
- Namanganda 16 yoshli qiz boshqaruvidagi Spark kanalga tushib ketdi.
- Yana Namangan: 4-sinf bola 10-sinf o‘quvchisi boshqaruvidagi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi.
- “Tormoz ishlamay qoldi”. Namanganda ikki sinfdosh ijaraga olingan mashinada YTHga uchradi (video).
- Sirdaryoda yuqori tezlikda harakatlangan haydovchi 2 bolaning o‘limiga sababchi bo‘ldi (video)
- Yangiyo‘lda yuk mashina haydovchisi velosipeddagi 9 yoshli bolani bosib ketdi (video)
- Andijonda Onix haydovchisi 13 yoshli bolani urib yubordi
- Farg‘onada Nexia haydovchisi bosib ketgan velosipeddagi 12 yoshli bola vafot etdi (video)
Izoh (0)