Farg‘onada qarama-qarshiga chiqib harakatlangan Tahoe yo‘l-transport hodisasini sodir etdi. Ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan videolar tarqaldi.

Viloyat IIB JXX YHXB matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, 2003-yilda tug‘ilgan Y.M Tahoe’ni boshqarib Marg‘ilon shahar Ahmad Yassaviy va Tinchlik ko‘chalari kesishgan chorrahaga yaqinlashib kelayotgan vaqtida, yo‘lning qarama-qarshi yo‘nalishiga chiqib harakatlanishi oqibatida o‘z yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan, 1992-yilda tug‘ilgan T.S boshqaruvidagi Tico bilan to‘qnashgan.

Oqibatda Tico haydovchisi va bir nafar yo‘lovchisi tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan Marg‘ilon shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)