Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlari tomonidan haydovchiga kuch ishlatilgani aytilgan videolar tarqaldi. Viloyat YHXB holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 5-iyun kuni Jarqo‘rg‘on tumani Surxon qishlog‘i hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari quvib o‘tish qoidasini buzib, xavfli harakat qilgan Lacetti’ga to‘xtash to‘g‘risida ishora ko‘rsatgan. Haydovchi esa harakatni davom etib qochib ketishga uringan.
Transport vositasi “qidiruvda” bo‘lgani, ilgari ham YPX xodimlarining qonuniy talablariga bir necha marotaba bo‘ysunmagani aniqlangan. Ushbu holat YPX xodimlari tomonidan transport vositasini to‘xtatib, huquqbuzarlikni bartaraf etish vaqtida sodir bo‘lgan bo‘lib, hozirda viloyat IIB mas’ul xodimlari tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Bundan avval Buxoro viloyatining Jondor tumanida haydovchi Cobalt’ni qasddan YPX xodimi ustiga haydagani haqida xabar berilgan edi. 19-yanvar kuni Navoiyda 16 yoshli bola otasining mashinasida YPX xodimini urib yuborib, uning o‘limiga sababchi bo‘lgandi.
Surxondaryoda YPX xodimi qochishga uringan haydovchiga elektroshoker qo‘llagan edi. Surxondaryoda voyaga yetmagan bola YPX xodimini sudrab, Cobalt olib qochgan edi.
Andijonda Nexia-2 “GAI”lardan qochib, ikki avtomobil bilan to‘qnashgan edi.
Izoh (0)