Mirobod tumani hokimligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan issiq suv quvurida avariya yuz bergani tasvirlangan video yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarini gidravlik sinovdan o‘tkazish ishlari davom etmoqda. Ayni holat gidravlik sinov vaqtida “Fayziobod GAI” hududida ro‘y bergan va shu joyning o‘zida barcha choralar ko‘rilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
20-iyundan 2-avgustgacha Toshkent shahrida issiqlik tarmoqlarining gidravlik sinovlari (mexanik kuch va zichlik uchun yuqori bosim ostida issiqlik tarmoqlarining sinovlari) o‘tkaziladi. Sinovlar davomida issiqlik tarmoqlari quvurlarining shikastlanishi, issiq suv yo‘llar va yo‘laklarga chiqishi mumkin.
Nosozliklar aniqlangan taqdirda (78) 129-01-85 telefon raqami orqali maʼlum qilish mumkin.
- Avvalroq Toshkentning Yunusobod tumanidagi Moyqo‘rg‘on va Qoraqamish ko‘chalari kesishmasi ostidan o‘tgan 800 diametrli magistral suv quvuri teshilib, atrofni suv bosgani haqida xabar berilgan edi.
- “O‘zsuvtaʼminot” AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida Yunusoboddagi quvur yorilishi oqibatida qancha ichimlik suvi yo‘qotilgani maʼlum qilingan.
Izoh (0)