• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Rossiyada migrantlarga nisbatan yangi diskriminatsiya holatlari kuzatilmoqda — OAV (foto)

    Rossiya viloyatlarida Crocus City Hall dagi teraktdan so‘ng muhojirlarga nisbatan yangi diskriminatsiya holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Insider xabar berdi.

    Foto: Eurasia

    “Shermetyevo” aeroportida qirg‘izlar ushlanib qolmoqda

    23-mart kuni kechqurun Moskvaga kelgan Qirg‘izistonning o‘ndan ortiq fuqarosi “Sheremetyevo” aeroportidan chiqarilmagan.

    Biz kecha Bishkekdan uchib, Moskva vaqti bilan 18:40 da “Sheremetyevo”ga yetib keldik. Bu yerda pasportlarimizni yig‘ishdi va bizni bir xonaga olib kirishdi. To‘rt soat davomida telefonlarni tekshirib, qaytarib berishmadi. Barmoq izlarimizni olib, bir qancha qog‘ozlarga imzo chekishga majburlashdi. Ukrainlar va tojiklar odatda kaltaklanadi. Sutkalab och o‘tirdik, suv ham berishmadi.
    Jinoyatchilarday xonaga qamashdi, bir xonada 10 dan ortiq qirg‘izistonlik o‘tiribdi, boshqalarda esa ko‘proq. Avvaliga ular buni “qo‘shimcha tekshiruvlar” deb aytishdi, keyin esa umuman tushuntirishni to‘xtatishdi. Biz elchixona bilan bog‘landik, ular bizga yordam bera olmasligini aytdi, — deydi jabrlanuvchilardan biri. 

    Jurnalistlarning xabar berishicha, “Sheremetyevo”dan shaharga kiritilmagan bir necha kishi Qirg‘izistonga chipta olib, uchib ketishgan. Biroq ko‘pchilik bunday qila olmagan, chunki so‘nggi ikki kun ichida chiptalar narxi sezilarli darajada oshgan.

    Avia Sales xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ertaga, 25-martga “Sheremetyevo”dan Bishkekka eng arzon chipta 11 608 rubl (taxminan bir million 577 so‘m), “Aeroflot”ning kechki parvozi esa allaqachon 43 658 rubl (salkam 5 million 932 ming so‘m). Aeroportda qancha Qirg‘iziston fuqarosi borligi haqida aniq ma’lumot yo‘q. Qirg‘izistonning Rossiyadagi elchixonasi bu masalani ko‘rib chiqayotganini maʼlum qildi.

    Taksi haydovchilariga tahdidlar, korxonalarda tekshiruvlar

    X ijtimoiy tarmog‘ida hududlarda ishlovchi taksichilarga yo‘lovchilar tomonidan yozilgan xabarlar skrinshoti tarqalmoqda: 

    “Sizning millatingiz nima? Agar Tojikistondan bo‘lsangiz, buyurtmani bekor qiling”,  “Tojikistonlik bo‘lsangiz, buyurtmani bekor qiling, men siz bilan ketmayman yoki “GAI”ni chaqiraman, yo‘lovchi tashish bo‘yicha litsenziyangizni tekshirib ko‘rsin”, deb yozadi yo‘lovchilar haydovchilarga. 

    Skrinshotlar “Govorit NeMoskva” kanali tomonidan nashr etilgan.

    Yekaterinburgdagi savdo markazlarida ijarachilardan Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkmanistondan bo‘lgan xodimlarining ro‘yxatini taqdim etishlari so‘ralgan e’lonlar paydo bo‘lgan.

    “24-mart soat 16:00 ga qadar Markaziy Osiyo (Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston) fuqarolari bo‘lgan barcha xodimlar ro‘yxatini tayyorlash zarur”.

    Buyurtmada aytilishicha, talabni bajarmaslik 3000 rubl (salkam 408 ming so‘m) miqdorida jarimaga olib keladi. Tegishli e’lon fotosuratlari Telegram kanalida paydo bo‘lgan, e’lon qilinayotgan vaqtda ularning haqiqiyligini tasdiqlash yoki inkor etish imkoni bo‘lmagan.

    Yekaterinburgdagi E1 nashrining yozishicha, Grinvich savdo markazidagi muassasalardan birining vakili migrantlar haqida maʼlumotlar to‘planayotganini tasdiqlagan:

    “Avval xavfsizlik xizmati xorijlik xodimlar haqidagi maʼlumotlar bilan qiziqar edi. Lekin pasport ma’lumotlari ilk bor, shunday qisqa vaqt ichida yig‘ilmoqda”, — deydi u.

    23-mart kuni Moskva viloyatidagi Crocus City Hall da sodir etilgan terakt yuzasidan 11 kishi qo‘lga olindi. OAVda hibsga olinganlar orasida Tojikiston fuqarolari ham borligi haqida maʼlumotlar paydo bo‘ldi.

    Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi Rossiya rasmiylaridan mamlakat fuqarolarining teraktga aloqadorligi haqida maʼlumot olmaganini maʼlum qildi. Mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi vatandoshlarini ommaviy tadbirlarda qatnashmaslikka chaqirdi.

    Gumonlanuvchilar qo‘lga olingan kuni bir qator Telegram kanallarida Tojikistonning to‘rt fuqarosi teraktda ishtirok etgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqalib, ularning surati e’lon qilindi. Jumladan, Rivojiddin Islomov va Maxmadrasul Nasriddinovlarning ism-shariflari va fotosuratlari chop etildi.

    Keyinroq Tojikiston Ichki ishlar vazirligi Telegram kanallaridagi maʼlumotni rad etib, ushbu respublika fuqarolari 2023-yil 26-noyabr kuni Rossiyadan qaytib kelgani, terakt sodir bo‘lgan vaqtda Tojikistonda yashash joyida bo‘lganini maʼlum qildi. Respublika Ichki ishlar vazirligi ham ularning pasportlar bilan tushgan suratlarini chop etdi.

    Crocus City Hall dagi terakt 22-mart kuni kechqurun sodir bo‘ldi. Bir necha qurollangan kishi konsert zali binosiga bostirib kirib, olomonni otib tashlagan, keyin esa binoni yoqib yuborgan. Terakt oqibatida 137 kishi halok bo‘ldi, 154 kishi yaralandi.
    24.03.2024, 23:02   Izoh (0)   20610
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #migrant#diskriminatsiya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Rossiya tomonidan teraktga tojikistonliklarning aloqasi bo‘yicha tasdiqlov olinmadi” — Tojikiston TIV

    23.03.2024, 14:45

    Moskva viloyatidagi teraktda gumonlanib ushlanganlardan biri bu ishni nega qilganini tan oldi (video)

    23.03.2024, 16:10

    Putin Crocus City Hall’dagi teraktdan so‘ng rossiyaliklarga murojaat qildi

    23.03.2024, 18:01

    Zelenskiy: “Putin Crokus-City’ni Ukraina bilan bog‘lashga harakat qilmoqda” 

    24.03.2024, 10:06

    Medvedev Crocus'dagi teraktni tashkillashtirishda ishtirok etgan barchadan o‘ch olishga vaʼda berdi  

    24.03.2024, 15:45

    Rossiyaga migrantlarning kirishini cheklash taklif qilindi 

    24.03.2024, 18:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Ukrainada urush natijasida halok bo‘lgan tinch aholi soni so‘nggi 3 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetdi — BMT

    Dunyo | 14 avgust, 22:10

    Balenciaga g‘ijimlangan paket ko‘rinishidagi 995 dollarlik yangi sumkani taqdim etdi (foto)

    Layfstayl | 14 avgust, 21:55

    Isroilning yangi turar joylar qurish rejasi Falastin davlatini qiyin ahvolga solishi mumkin

    Dunyo | 14 avgust, 21:45

    Zelenskiy va Putin bilan ikkinchi uchrashuv Ukraina masalasida kelishuvga erishish imkoniyatini yaratishi mumkin - Tramp

    Dunyo | 14 avgust, 21:35

    YouTube yoshni sun’iy intellekt yordamida tekshirish tizimini ishga tushirdi

    Dunyo | 14 avgust, 21:25

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Surxondaryoda joriy yilda 606 mlrd so‘mlik soliq qarzdorligi MIB orqali undirildi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    O‘zbekiston | 14 avgust, 21:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.