New York Post xabariga ko‘ra, Denzel Vashington Kann kinofestivalida fotograf bilan janjallashdi.

“Jannat yoki do‘zax” filmi premyerasiga bag‘ishlangan qizil gilamda aktyor uning qo‘liga nogahon tegib ketgan fotografga qarata qo‘pol so‘zlar aytdi. Lab harakatlarini o‘qish bo‘yicha mutaxassis Jeremi Frimenning aytishicha, aktyor quyidagilarni aytgan: “Menga ruxsat ber, aytay: to‘xta, to‘xta, hech qachon menga tegma. Men sen bilan gaplashyapman, to‘xta, yaxshimi?”. Mojaro Denzelning yonida turgan qo‘shiqchi A$AP Rokkining aralashuvi tufayli davom etmadi.
Noxush vaziyatga qaramay, kecha aktyor uchun yaxshi o‘tdi, chunki unga jahon kinematografiyasi rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi uchun faxriy “Oltin palma yaprog‘i” topshirildi.
Denzel Vashington “Buyuk tenglashtiruvchi”, “Tafsilotlardagi iblis” va “Jasorat” filmlaridagi rollari bilan mashhur. U birinchi marta 1990-yilda “Jasorat” filmidagi ikkinchi darajali eng yaxshi erkak roli uchun “Oskar” mukofotini, 12-yil o‘tgach, “O‘quv kuni” filmidagi eng yaxshi erkak roli uchun ikkinchi haykalchani qo‘lga kiritgan.
Izoh (0)