• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12704.02
    • RUB162.43
    • EUR14871.33
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Boshqalar

    Onlayn makonda tartib va aniqlik: “noqonuniy kontent” tushunchasini huquqiy jihatdan mustahkamlash vaqti keldi

    Axborot texnologiyalarining tez surʼatda rivojlanishi nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy hayotga, balki huquqiy munosabatlarga ham jiddiy taʼsir ko‘rsatmoqda. Internet orqali tarqatilayotgan kontentni nazorat qilish, jamiyat xavfsizligini taʼminlash va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

    Foto: Sophos
    Foto: Sophos

    Ayni paytda O‘zbekistonda ishlab chiqilgan “Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi, ayniqsa, uning 13-moddasi mazkur muammoni huquqiy jihatdan yechishga qaratilgan muhim normalardan biri hisoblanadi.

    Hozirda O‘zbekiston qonunchiligida turli xavfli axborotlarni taqiqlovchi normalar mavjud (Jinoyat kodeksi, Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshqalarda). Biroq, ular:

    • Ø raqamli muhitga aniq moslashtirilmagan;
    • Ø internetda tarqalgan kontent uchun yakdil tushuncha va mexanizmlar yo‘q;
    • Ø platforma va veb-saytlar uchun aniq majburiyatlar belgilanmagan.

    Yaʼni huquqiy muammo shundaki, internetda tarqatilayotgan axborot va tarqatayotgan subyektlar uchun amaldagi qonunchilikda tartibga soluvchi aniq mexanizm yetishmayapti.

    Natijada, huquqni qo‘llash amaliyotida turlicha talqin va huquqiy noaniqliklar yuzaga kelmoqda. Masalan, qanday axborot “yolg‘on maʼlumot” deb baholanishi mumkin? Qaysi vaziyatda onlayn-kontent “ekstremizmni targ‘ib qiluvchi” hisoblanadi?

    Shu maʼnoda, yangi qonun loyihasi sohani tartibga solishda, ko‘plab noaniqliklarni bartaraf etishda muhim huquqiy asos vazifasini o‘taydi. Xususan, qonun loyihasining 13-moddasida birinchi marta noqonuniy kontentning aniq huquqiy taʼrifi va uning asosiy turlari belgilanmoqda. Jumladan:

    – zo‘ravonlikka, terrorizmga, adovatga daʼvatlar;

    – yolg‘on va feyk axborot;

    – o‘z joniga qasd qilish, giyohvandlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi materiallar;

    – kiberhujumlar, fishing, spam va boshqa xavfli axborotlar.

    Shuningdek, qonun loyihasida onlayn-platformalarda bunday kontent tarqalishining oldini olish bo‘yicha mexanizmlar ishlab chiqilishi va javobgarlik yuzasidan aniq tartib belgilanishi nazarda tutilmoqda.

    Qonun qabul qilinishi orqali quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kutiladi:

    1. Huquqiy aniqlik va uni bir xil qo‘llash taʼminlanadi. Platformalar va foydalanuvchilar nima mumkin, nima taqiqlangani haqida aniq maʼlumotga ega bo‘ladi;

    2. Fuqarolarning axborot xavfsizligi oshib, zararli kontentga duch kelish holatlari kamayadi;

    3. Yoshlarni muhofaza qilish kuchaytiriladi, ayniqsa voyaga yetmaganlarga zarar yetkazuvchi kontentlarga nisbatan qatʼiy choralar belgilanadi;

    4. Onlayn platformalarning javobgarligi mustahkamlanadi, ularning faoliyati shaffof va qonuniy asosda amalga oshiriladi;

    5. Milliy axborot makonida barqarorlik va ishonch mustahkamlanadi — jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

    Taʼkidlash joizki, mazkur qonun loyihasidagi normalar nafaqat zamonaviy axborot muammolariga chora, balki O‘zbekistonning raqamli makonda barqaror va xavfsiz muhit yaratishga bo‘lgan jiddiy intilishini ham ifodalaydi. Qonun qabul qilinsa, u huquqni qo‘llash amaliyotida ham, jamiyatdagi axborot madaniyatini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi.

    Shamsinur AXTAMOV,

    Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi

    bo‘limi boshlig‘i

    14 may, 15:38   Izoh (0)   2354
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Xotira Nuri” — tarix, tabiat va texnologiyalar uyg‘unligidagi yangi yodgorlik maskani

    10 may, 21:49

    O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonasida “O‘zbek milliy kiyimlari kuni” mavzusida brifing o‘tkazildi

    11 aprel, 15:43

    O‘zbekiston diplomatiyasida tarixiy voqelik: dunyo qonun ijodkorlari Toshkentda jamlanmoqda

    6 aprel, 12:19

    O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida “Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitim” imzolanadi 

    3 aprel, 10:47

    O‘zbekistonlik yosh kardiologning taqdimoti xalqaro anjumanda yuqori baholandi

    1 aprel, 18:10

    O‘zbekiston – Yevropa Ittifoqi hamkorligi yangi bosqichda: Samarqand sammiti istiqbollar eshigini ochmoqda 

    1 aprel, 14:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Svetni o‘chirib-yoqaverib, texnikalarimizni ishdan chiqaryapsiz” — aktyor Mehriddin Rahmatov energetika tizimi masʼullariga murojaat qildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 23:46

    Fransiya Isroilni ommaviy ocharchilikni keltirib chiqarishda ayblamoqda

    Dunyo | 23 iyul, 23:15

    MMA tarixidagi eng xato qarorlar top-10 ligi

    UFC | 23 iyul, 22:59

    Surxon qo‘riqxonasida yong‘in chiqdi. Besh gektar yerni qamragan olovni 250 kishi o‘chirmoqda

    O‘zbekiston | 23 iyul, 22:56

    Malayziya yashash xarajatlarining oshishi munosabati bilan fuqarolarga pul tarqatadi

    Dunyo | 23 iyul, 22:30

    Zelenskiy korrupsioner amaldorlarni himoya qilmoqchimi? Yevropa tashvish bildirgan, ukrainaliklarni esa g‘azablantirgan qonun ortida nima bor?

    Dunyo | 23 iyul, 22:10

    Eron MAGATE texnik missiyasini qabul qilishga rozi bo‘ldi

    Dunyo | 23 iyul, 21:50

    O‘zbekiston pasporti jahonda o‘z mavqeyini yaxshiladi

    Dunyo | 23 iyul, 21:35

    O‘zbekistonda olti oyda 5,6 trln so‘mlik samarasiz byudjet xarajatlari qisqartirildi

    O‘zbekiston | 23 iyul, 21:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.