• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orbanning muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Nimalar muhokama qilindi?

    “Karmelita” saroyida prezident Shavkat Mirziyoyev va Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanning tor doiradagi va rasmiy delegatsiyalar ishtirokidagi muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston-Vengriya strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari ko‘rib chiqildi.

    Davlat rahbari Vengriya yetakchisiga Budapesht shahrida O‘zbekiston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Amaliy hamkorlik barcha yo‘nalishlarda izchil rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Parlamentlar, hukumatlar, idora va hududlar darajasida samarali aloqalar yo‘lga qo‘yilgan. BMT, Turkiy davlatlar tashkiloti va boshqa xalqaro tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlik qilinmoqda.

    O‘zaro savdo hajmi ortmoqda, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida yetakchi korxonalarning kooperatsiyasi kuchaymoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Tovar ayirboshlash hajmini, shu jumladan import o‘rnini bosish va “GSP+” maqomi hisobiga birinchi bosqichda 500 million yevroga yetkazish muhimligi qayd etildi.

    Shu maqsadda laboratoriyalar Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiq akkreditatsiyadan o‘tkaziladi, tovarlarni oldindan sertifikatlash dasturi va eksport qiluvchi kompaniyalarga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shma platforma ishga tushiriladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Taʼkidlash joizki, bugungi kunda qo‘shma investitsiya loyihalari portfeli 500 million dollarni tashkil etadi. Bu galgi tashrif uchun yana 1,5 milliard yevrolik yangi loyihalar tayyorlangan.

    Vengriyaning “OTP” banki O‘zbekiston moliya bozoriga chiqqani Vengriya va Yevropa biznesi uchun kuchli rag‘bat bo‘lgani taʼkidlandi. Bank bilan moliyalashtirish vositalarini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. Avtokreditlashni rivojlantirish uchun qo‘shma kompaniya tashkil etish va biznesni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushirish shular jumlasidan. Sirdaryo viloyatida parrandachilik klasterini tashkil etish ham faol bosqichda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ertalab ishbilarmon doiralar vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, avtomobil yo‘llari va logistika markazlarini qurish, kommunal tarmoqlarni rivojlantirish, tayyor to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, kimyoviy tovarlar, farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish, raqamli texnologiyalar, baliqchilik kabi sohalarda yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

    Bunday ishlab chiqarishlarni O‘zbekistonda joylashtirish uchun Vengriyaning “Inpark” operatori boshqaruvida Yevropa kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasi tashkil etilayotgani taʼkidlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Umuman, iyul oyida Budapesht shahrida bo‘lib o‘tadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishida Investitsiyaviy sheriklik dasturini tayyorlash va qabul qilishga kelishib olindi.

    Shuningdek, O‘zbekiston-Vengriya Ishbilarmonlar kengashi faoliyatini qayta tiklash va yaqin fursatda uning navbatdagi yig‘ilishini biznes vakillarining keng ishtirokida o‘tkazish taklif qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘tgan yil oktyabr oyida Qo‘qon shahrida o‘tgan birinchi Hududlar forumining samarali natijalari mamnuniyat bilan qayd etildi. Hududlararo aloqalarni rag‘batlantirish maqsadida Vengriyada ikkinchi forumga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan kelishuvga erishildi.

    Ishbilarmonlik, turizm va madaniy almashinuvlarni faollashtirish maqsadida ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Madaniy-gumanitar sohadagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.

    O‘tgan yilning oktyabr oyida Lakitelek shahrida buyuk shoir Alisher Navoiy byusti ochildi. Joriy yilning yanvar oyida Budapeshtda O‘zbek kinosi kunlari o‘tkazildi.

    Kelgusi yilni O‘zbekiston va Vengriya madaniyati yili deb eʼlon qilish taklifi bildirildi. Vengriya davlat opera teatri sahnasida “Lazgi” baletini sahnalashtirish va Budapeshtdagi Etnografiya muzeyida o‘zbek madaniyati ko‘rgazmasini o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Taʼlim almashinuvi bo‘yicha "Stipendium Hungaricum" dasturi doirasidagi hamkorlik davom ettiriladi. Shuningdek, ikki mamlakatda tan olinadigan diplomlar berish tizimini joriy etish va mamlakatimizda Vengriya oliy taʼlim muassasalarining filiallarini tashkil etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

    Shu maʼnoda, joriy yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchi forumini o‘tkazish taklif qilindi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati
    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yetakchilar xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi. Terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasi, odam savdosi va xavfsizlikka tahdid solayotgan boshqa zamonaviy xatarlarga qarshi kurashish borasidagi hamkorlikni davom ettirish muhim ekani taʼkidlandi.

    Erishilgan kelishuvlar ijrosi ustidan nazorat o‘rnatish maqsadida mutasaddi vazirliklarga qo‘shma "yo‘l xaritasi"ni tayyorlash topshirildi.

    Uchrashuv yakunida prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir Viktor Orbanni javob tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishni taklif etdi.

    20 may, 20:17   Izoh (0)   1874
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Shavkat Mirziyoyev#Viktor Orban#Vengriya

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev SPEKA birinchi sammitida hamkorlikka hissa qo’shayotgan ayollarni taqdirlash tashabbusini ilgari surdi 

    24.11.2023, 19:05

    O‘zbekiston xalqi va prezidentiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda

    31.12.2023, 22:02

    Shavkat Mirziyoyev beshta davlat elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qildi (foto)

    07.05.2024, 14:36

    Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi 

    06.07.2024, 12:06

    Shavkat Mirziyoyev Shushada o‘tkazilgan sammitda G‘azo fojiasiga to‘xtalib, zo‘ravonlikni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi 

    06.07.2024, 16:29

    Shavkat Mirziyoyev Shusha shahriga amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi (foto)

    06.07.2024, 20:03

    Dunyo yetakchilari Donald Trampga qilingan suiqasdni qoraladi

    14.07.2024, 16:41

    Shavkat Mirziyoyev 67 yoshda: O‘zbekiston prezidentini kimlar tabrikladi?

    24.07.2024, 17:10

    Jo Baydendan Vladimir Putingacha: Shavkat Mirziyoyevga qutlovlar kelmoqda 

    31.08.2024, 22:08

    Shavkat Mirziyoyev va Viktor Orban hamkorlikni rivojlantirishni muhokama qildi

    06.11.2024, 16:00

    Prezidentning Yaqin Sharqdagi nizo bo‘yicha fikrlari, Cobalt ustiga tog‘dan tushgan tosh, viloyatlarda hokimlar tasdiqlanishi: 6-noyabrning eng muhim xabarlari 

    06.11.2024, 22:45

    Namanganda 1 sutkada bolalar avtomobil haydashiga oid 45 ta holat aniqlandi

    18 may, 18:51

    “O‘zbekinvest” Italiya va Ispaniya sug‘urta kompaniyalari bilan hamkorlik bitimlarini imzoladi

    19 may, 09:00

    Shavkat Mirziyoyev qurilish materiallari sifatini nazorat qilishni topshirdi

    19 may, 15:43

    O‘zbekistonda ayrim o‘qituvchilar 20 mln so‘m maosh olayotgani ma’lum qilindi

    19 may, 18:19

    Toshkent metropolitenini TTZ dahasigacha olib borish 2 bosqichda amalga oshiriladi

    19 may, 16:13

    Shavkat Mirziyoyev Vengriyaga jo‘nab ketdi

    19 may, 17:36

    Namanganda esdalikka video olmoqchi bo‘lgan bitiruvchilarga chora ko‘rildi (video) 

    19 may, 19:03

    “Daryo” dayjesti: 19-mayning eng muhim xabarlari

    19 may, 22:55

    Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga Budapeshtga yetib bordi (foto)

    20 may, 00:04

    O‘zbekiston—Ozarbayjon ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma ratifikatsiya qilindi

    20 may, 11:27

    O‘zbekistonda Bahrayn, Kuvayt va Ummon fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etiladi 

    20 may, 10:33

    Shavkat Mirziyoyev umumiy aktivlari qiymati 200 mlrd dollardan ortiq bo‘lgan Vengriyaning yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashdi

    20 may, 15:50
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26

    O‘zbekistonga zargarlik buyumlarini noqonuniy tarzda olib kirmoqchi bo‘lgan shaxs to‘xtatib qolindi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:20

    Navoiyda bir guruh notanish qizlar istirohat bog‘ida janjallashdi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:10

    Microsoft 9 mingga yaqin xodimini ishdan bo‘shatdi

    Dunyo | 3 iyul, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.