• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Shushada o‘tkazilgan sammitda G‘azo fojiasiga to‘xtalib, zo‘ravonlikni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi

    Shavkat Mirziyoyev 6-iyul kuni Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining “Transport, o‘zaro bog‘liqlik va iqlim harakati orqali barqaror kelajakni bunyod etish” shiori ostidagi norasmiy sammitida ishtirok etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev raisligida o‘tgan tadbirda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Turkiya vitse-prezidenti Javdat Yilmaz, Vengriya bosh vaziri Viktor Orban, shuningdek, Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev va TDT Oqsoqollar kengashi raisi Binali Yildirim ham qatnashdi.

    Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Davlat rahbari o‘z nutqida ushbu uchrashuv turkiy dunyoning madaniyat poytaxtlaridan biri bo‘lgan Shusha shahrida o‘tkazilayotganida chuqur ma’no mujassamligini ta’kidlab, prezident Ilhom Aliyev rahbarligida Qorabog‘da olib borilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarini yuksak baholadi.

    O‘tgan qisqa davrda Turkiy davlatlar tashkiloti doirasida 30 dan ortiq muhim yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli va keng qamrovli hamkorlik yo‘lga qo‘yilgani alohida ta’kidlandi.

    “Ushbu sammitimiz global xavf va xatarlar ortib, o‘zaro ishonch inqirozi tobora kuchayib borayotgan bir sharoitda o‘tmoqda. Bunday murakkab vaziyatda azaliy qardoshlik ruhidan kuch olayotgan aloqalarimizni sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarishni, umumiy yondashuvlarni ishlab chiqishni davrning o‘zi taqozo etmoqda”, dedi O‘zbekiston prezidenti.

    Turkiy davlatlar o‘rtasida ko‘p tomonlama va uzoq muddatli hamkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston yetakchisi qator masalalarga e’tibor qaratdi. Tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida savdo hajmi barqaror o‘sayotgani va o‘tgan yilda 27 foizga oshgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Bunday yuqori o‘sish sur’atlari joriy yilda ham kuzatilmoqda.

    “Mamlakatlarimiz bugungi kunda dunyoning asosiy bozorlariga chiqish hamda Buyuk ipak yo‘lini yangi tarixiy sharoitda qayta tiklash uchun qattiq bel bog‘lagan”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Hamkorlikning huquqiy asoslari mustahkamlangani, raqamli tizimlar ishga tushirilgani natijasida Transkaspiy xalqaro transport yo‘lagi orqali yuk tashish hajmi muttasil o‘sib borayotgani ta’kidlandi. Biznes uchun eng ma’qul tariflarni joriy etish ushbu yo‘lakning raqobatdoshligi va jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi. Bundan tashqari, “Yagona oyna” tizimini yo‘lga qo‘yish, bojxona-chegara o‘tkazish punktlarining uzluksiz ishlashini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

    O‘zbekiston prezidenti yaqinda Toshkentda tashkil etilgan Turkiy davlatlar logistika markazlari va yuk tashuvchilari alyansini TDTning transport sohasidagi kun tartibini shakllantirish va ustuvor vazifalarini amalga oshirishga keng jalb etish maqsadga muvofiqligini ta’kidlab o‘tdi. Tashkilot doirasida Temiryo‘l ma’muriyatlari kengashini tuzish va uning direksiyasini Toshkent shahrida joylashtirish tashabbusi ilgari surildi.

    Joriy yil kuzda bo‘ladigan navbatdagi sammitga qadar xalqaro koridorlar imkoniyatlaridan yanada unumli foydalanish va avtotashuvlarni to‘liq raqamlashtirish, “yashil” yo‘laklar yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish bo‘yicha savdo va transport vazirlariga topshiriq berish taklif etildi. Mamlakat yetakchisi iqlim o‘zgarishiga qarshi birgalikda kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

    Mavjud muammolarni tizimli hal etish uchun Turkiy ekologiya kengashini tuzish va uning bosh qarorgohini ekologik ofatdan eng ko‘p zarar ko‘rgan hudud – Orolbo‘yidagi yirik shahar Nukusda joylashtirish taklif qilindi. Davlat rahbari turkiy dunyo bugungi kunda iqlim bo‘yicha xalqaro hamkorlikda o‘zining baland ovoziga ega bo‘lib borayotganini ta’kidladi. Shu ma’noda, joriy yilning noyabr oyida Bokuda o‘tkaziladigan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim sammiti (COP–29) TDT mamlakatlari uchun ulkan tarixiy voqea bo‘lishiga ishonch bildirildi.

    Muqobil energiya manbalarini rivojlantirish ahamiyati haqida so‘z yuritar ekan, davlat rahbari O‘zbekiston 2030-yilgacha qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarining energetika balansidagi ulushini 40 foizga yetkazishni maqsad qilganini ma’lum qildi. Xususan, xorijiy sheriklar bilan birga yiliga 2 gigavatt quvvatdagi yangi shamol va quyosh elektr stansiyalari ishga tushirilmoqda.

    “Qo‘shni Qirg‘izistonda gidroelektr stansiyalarini Qozog‘iston bilan birgalikda qurish ishlarini ham boshlayapmiz, dedi Shavkat Mirziyoyev. Bu boradagi hamkorlikni kengaytirish maqsadida “Yashil energetika sari turkiy harakat” konsepsiyasini qabul qilish taklif etildi.

    Davlat rahbari turkiy dunyo umumbashariy sivilizatsiya rivojiga mislsiz hissa qo‘shganini ta’kidladi.

    “Nomlarini jahon ahli yaxshi biladigan ulug‘ alloma va ulamolarimiz ikkita buyuk renessansga asos solgan. Bu azal-azaldan xalqlarimiz hayotida inson kapitali naqadar yuqori bo‘lganidan darak beradi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Shu munosabat bilan zamonaviy “bilimlar iqtisodiyoti”ni qurish, kreativ iqtisodiyotni rivojlantirish uchun raqamli texnologiyalar, blok-cheyn, bulutli, kvant hisoblash texnologiyalari, robototexnika, “to‘rtinchi sanoat” kadrlarini tayyorlash sohalarida hamkorlikni kuchaytirish zarurligi ko‘rsatib o‘tildi. Buning uchun Turkiy davlatlar tashkilotining Inson kapitalini rivojlantirish ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish tashabbusi ilgari surildi.

    Shuningdek, prezident tashkilot shafeligida aniq fanlar bo‘yicha Yoshlar turkiy olimpiadasi va Butunjahon turkshunoslar kongressini kelgusi yili O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif etdi. Davlat rahbari yig‘ilganlar e’tiborini G‘azo sektorida murakkab vaziyat yuzaga kelib, qonli urush 40 mingga yaqin aholi, ayniqsa, ayollar va bolalar hayotiga zomin bo‘lganiga qaratdi. Tomonlarni zo‘ravonliklarni zudlik bilan to‘xtatishga, tinchlik jarayonlarini tezroq boshlashga chaqirdi.

    Mustaqil va ozod Falastin davlatining tashkil etilishi Yaqin Sharqda strategik barqarorlik va tinchlikni ta’minlashning eng asosiy sharti ekani qayd etildi. Mamlakat yetakchisi ko‘p millionli turkiy xalqlar istiqomat qilayotgan Afg‘onistondagi vaziyatga to‘xtalar ekan, ushbu masala bo‘yicha tashkilot a’zolarining umumiy va yakdil yondashuvlarini ishlab chiqish muhimligini alohida ta’kidladi.

    “O‘zbekiston afg‘on xalqiga zarur yordam ko‘rsatishni bundan buyon ham davom ettiradi. Afg‘onistonning xorijdagi “muzlatilgan” moliyaviy aktivlarini qaytarish mamlakatdagi ijtimoiy vaziyatni yumshatishga xizmat qilishiga ishonamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Sammit yakunida Qorabog‘ deklaratsiyasi hamda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha qator kelishuvlar qabul qilindi.

    06.07.2024, 16:29   Izoh (0)   7192
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda o‘zganing xonadonini meros sifatida rasmiylashtirib olgan shaxslar aniqlandi 

    06.07.2024, 16:20

    Nukusda qo‘lbola usulda tayyorlangan “Qaratau” nomli alkogol mahsulotlari aylanmasiga chek qo‘yildi 

    06.07.2024, 15:24

    Shavkat Mirziyoyev Nursulton Nazarboyevni tug‘ilgan kuni bilan tabrikladi

    06.07.2024, 12:45

    Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonida yong‘in yuz berdi

    06.07.2024, 12:37

    Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammiti doirasida Vengriya bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi 

    06.07.2024, 12:06

    Shavkat Mirziyoyev Eronning yangi saylangan prezidentiga tabrik yo‘lladi 

    06.07.2024, 11:48
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Daryo” dayjesti: 8-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 8 may, 23:20

    Sirdaryo, Namangan va Andijon viloyatlarida qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 23:04

    Aprelda respublika bo‘ylab 23 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:20

    O‘zbekistonda 2024-yilda foydalanishga topshirilgan uylar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 22:05

    Rossiya va Xitoy boshqa mamlakatlarni Shimoliy Koreyaga nisbatan bosim o‘tkazishdan voz kechishga undamoqda

    Dunyo | 8 may, 21:45

    Surxondaryoda 53 tup Zarafshon archasi noqonuniy kesib tashlandi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:30

    Rossiya va AQSH Yevropaga gaz yetkazib berishni tiklash yo‘llarini muhokama qilmoqda — Reuters

    Dunyo | 8 may, 21:15

    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi

    Reklama | 8 may, 21:00

    Toshkentda sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng Onix haydovchisi voqea joyidan ketib qoldi

    O‘zbekiston | 8 may, 21:00

    Isroil G‘azo aholisini ko‘chirish uchun “Gideon aravalari” maxsus operatsiyasini tayyorlamoqda

    Dunyo | 8 may, 20:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.