• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino

    Mashhurlik olib kelgan obrazlarini yoqtirmagan sovet aktyorlari (foto)

    Faqat birgina obraz bilan tomoshabin xotirasida qolish har qanday aktyor faoliyati uchun halokatdir. Ekrandagi qahramon boshqa filmlarda butkul o‘zga rolni ijro etishi ba’zi muxlislarning salbiy munosabatiga olib kelishi mumkin. Quyida ularga mashhurlik keltirgan obrazlarni ijro etgandan afsuslangan aktyorlar haqida so‘z boradi.

    Archil Gomiashvili

    Foto: Lisa.ru

    Rejissyor Leonid Gaydayning “12 ta stul” komediyasida Ostap Bender ismli qahramonni ijro etgan Archil mazkur rolga katta raqobatdan so‘ng sazovor bo‘lgan. Bosh qahramon roli  uchun ikki yuzdan ortiq aktyorlar, jumladan, Spartak Mishulin, Vladimir Visotskiy, Muslim Magomayev va Andrey Mironov kabilar kastingdan o‘ta olmagan.

    Rejissyor avvaliga Visotskiy bilan filmni suratga ola boshlagan, ammo natijalar Gaydayga yoqmagach, unga Archil Mixaylovichni taklif etishgan. U o‘sha vaqtlar “Ostap Benderning sarguzashtlari” monospektaklida chiqish qilayotgan edi. Yuz ifodalaridan tortib ayyor nigohigacha Benderni mahorat bilan ijro etganini ko‘rgan rejissyor Archilni filmga taklif etdi va “12 ta stul” filmi ulkan muvaffaqiyatga erishdi

    Biroq Gomiashvili o‘z rolidan qoniqmadi. Aktyor so‘zlariga ko‘ra, filmdan ko‘ra uning teatrdagi ijrosi yaxshiroq chiqqan.

    “Film yaxshi montaj qilingan, rejissyor Leonid Gayday esa komediya janri qonunlarini juda yaxshi biladi. Ammo loyiha kamchiliklardan xoli emas. Asarda Ostapning ruhiyatiga e’tibor berilmadi. Men bu rolni shoshgan holatda — filmni suratga olish ritmida ijro etdim”.
    Qolaversa, menga boshqa aktyor ovoz bergandi. Filmni boshqa ovozda ko‘rgach o‘zimni juda yomon his qildim. Premyeradan so‘ng Gaydayga qarata: Bu rolni qanchalik o‘ynashni istamayin, agar nihoya shunday bo‘lishini bilganimda edi, suratga tushishga hech qachon rozi bo‘lmas edim, dedim. Shundan so‘ng biz besh yil davomida gaplashmadik”.

    Aleksandr Demyanenko

    Foto: Lisa.ru

    1965-yilda “I operatsiyasi” filmi ekranlarga chiqishidan avval aktyor Aleksandr Demyanenkoga boshqa filmlar uchun bosh rollar taklifini berishgan. U “Davlat jinoyatchisi”, “Dima Gorin karyerasi” filmlarida suratga tushgan.

    Tabiatan kamtarin va kamgap Aleksandr Shurik obrazini mahorat bilan ijro etdi. Mazkur rolni o‘ynash aktyorga umuman qiyinchilik tug‘dirmadi, biroq kelgusida rejissyor Gayday bilan tuzilgan loyiha yana davom etishi haqida aktyor bexabar edi.

    Doimo drama yo‘nalishida ishlashni istasa-da, “I operatsiyasi va Shurikning boshqa sarguzashtlari” filmi uchun Demyanenko Gamlet rolidan voz kechishga majbur bo‘ldi. Ko‘chalarda uni ko‘rib qolganlar “Ana, Shurik kelyapti” deya baqirishlari unga hech ham yoqmas edi:

    “60 yoshga to‘lgan bo‘lsam-da, hamon meni Shurik deb chaqirishlari doim yoqimsiz edi. Ammo sekin-asta bunga ko‘nika boshladim va muxlislar meni yuzda tabassum bilan yodga olishlari ham aslida bir baxt ekanligini angladim”, — deydi Aleksandr Demyanenko.

    Mixail Kononov

    Foto: Lisa.ru

    Sovet aktyori Mixail Kononov “Katta tanaffus” filmida o‘qituvchi Nestor Petrovichni ijro etgach, aktyor faoliyatida katta ziddiyatlar yuzaga keldi. Mixail so‘zlariga ko‘ra, u odamlar ongida birgina obraz bilan gavdalanar, aktyorni esa boshqa loyihalarga olishni istashmas edi.

    Filmni suratga olish jarayonida aktyor boshqa ishtirokchilar bilan kelishmas, ssenariyga o‘zgartirishlar kiritishga urinar va hamkasblarini doimiy tanqid qilib borar edi. Aktyor so‘zlariga ko‘ra, “Katta tanaffus” filmi uni jiddiy rollarni o‘ynash imkoniyatidan mahrum qilgan. Kononovga faqatgina “Andrey Rublyov” filmidagi Foma ismli kichik obrazi ma’qul kelgan.

    Irina Muravyova

    Foto: Lisa.ru

    Irina Vadimovnaga “Moskva ko‘z yoshlarga ishonmaydi” filmida o‘ynagan Lyudmila Sviridova obrazi qo‘polligi va odobsiz ekanligi bilan yoqmaydi. “Eng maftunkor va jozibali” filmiga esa u avvaldan qarshi bo‘lgan va rejissyorlardan jiddiyroq filmda suratga tushish taklifini olmoqchi bo‘lgan.

    Film direktori Galina Belinskaya uni rozi qilish uchun Irinaning uyiga borgan va mazkur loyihaning afzalliklari haqida aytib bergan. Muravyovaning turmush o‘rtog‘i rafiqasini qo‘llagach, aktrisa mazkur rolni ijro etishga rozi bo‘ladi va “Eng maftunkor va jozibali” filmi sovet davrining klassikasiga aylanadi.

    Andrey Myagkov

    Foto: Lisa.ru

    “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” (1975) filmidagi Jenya Lukashin obrazi aktyorga umuman yoqmaydi. Ushbu loyihadan so‘ng Myagkov haqida noto‘g‘ri tasavvurlar uyg‘ongan va rejissyorlar tomonidan yaxshi takliflar kelishi to‘xtagan.

    “ ‘Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling’ filmi mening faoliyatimga nuqta qo‘ydi. Garchi spirtli ichimliklarni yoqtirmasam ham, hamma meni alkogolga mukkasidan ketgan deb o‘ylaydi! Bu filmni har yili Yangi yil arafasida tomosha qilishdan charchamaydigan tomoshabinlarni hech tushunmayman”, — deydi aktyor.
    16.04.2024, 19:31   Izoh (0)   13078
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Biz ungacha Kanada chegarasiga yetib olamiz”. “Ishbilarmon kishilar” filmidagi to‘polonchi bolakay — aktyor Sergey Tixonov haqida

    13.09.2023, 19:24

    Noodatiy go‘zalligi tufayli hayoti jahannamga aylangan sovet davrining sohibjamol aktrisalari (foto)

    31.12.2023, 14:20

    “Brilliant qo‘l” filmidagi ko‘pchilik eʼtibor qilmaydigan noodatiy detal: bu rejissor g‘oyasimi yoki xatolik? 

    09.02.2024, 17:45

    Sevimli Alisa — Natalya Gusyeva nega to‘satdan ekranlardan g‘oyib bo‘lgan va uning keyingi hayoti qanday kechgan?

    19.02.2024, 12:50

    Yelim, bo‘yoq, hatto benzin: grim tufayli tashqi ko‘rinishiga zarar yetgan sovet aktyorlari (foto)

    07.03.2024, 11:50

    O‘zga millat vakili bo‘lsa-da, turk kinosida shuhrat qozongan aktyor va aktrisalar (foto)

    16.04.2024, 16:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkentda Cobalt haydovchisi Lacetti’ni “dubinka” bilan urib qochib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:20

    “Yuventus” Sanchoni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

    Sport | 12 iyul, 16:02

    Chinozda o‘z opasini o‘ldirib, 7 kun gilam ichida saqlagan ukaga hukm o‘qildi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 16:00

    Lego “Transformerlar”dagi Saundveyv deseptikon ko‘rinishidagi yangi konstruktorni taqdim etdi

    Qo‘ziqorin | 12 iyul, 15:20

    Messi Levandovski bilan o‘rtasidagi mojaroga oydinlik kiritdi

    Sport | 12 iyul, 14:45

    Kanadalik olimlar saraton to‘qimasini 3D printerda chop etdi

    Ilm-fan | 12 iyul, 14:30

    Toshkentda 7 bola uydagi hovuzda cho‘kib, ikki nafari halok bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 14:05

    “Kalmar o‘yini” yulduzi Xo Son Txe rus tilida kuyladi

    Layfstayl | 12 iyul, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.