• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12915.9
    • RUB162.44
    • EUR14658.25
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Kino Shou-biznes

    Mukofotlar bo‘yicha rekord o‘rnatgan, Bollivudning eng boy aktrisalaridan biri va Raj Kapurning nevara kelini Aliya Bhatt 32 yoshda

    Iste’dodli aktrisa va xonanda Aliya Bhatt karyerasi shiddat bilan rivojlanib borayotgan aktrisalardan biridir. U allaqachon millionlab muxlislar tomonidan e’tirof etilgan va Bollivudning boshqa yulduzlarining olqishlariga sazovor bo‘lgan.

    Foto: The Indian Express

    Aktrisaning bolaligi va kinoga ilk qadam

    Bo‘lajak Bollivud aktrisasi 1993-yil 15-mart Mumbayda Mahesh Bhatt va Soni Razdanning oilasida dunyoga kelgan. Aliya o‘smirlik yillarini Arab dengizi sohilidagi shaharda o‘tkazdi. Bolaligida to‘ladan kelgani uchun uni yaqinlari Alu (kartoshka) deb chaqirishgan. Qizning kelajagi hayotining ilk kunlaridanoq oldindan belgilab qo‘yilgan edi, chunki u kino olami bilan yaqindan faoliyat yuritadigan oilada tug‘ilish baxtiga muyassar bo‘lgandi.

    Foto: The Indian Express

    Bhatt ota-onasining har ikkisi ham kino sanoatining mashhur vakillaridan bo‘lgan. Aliya va uning singlisi Shahin ijodiy muhitda ulg‘aygan. Ularning otasi Mahesh Bhatt rejissyor, prodyuser va ssenariy muallifidir. Uning mehnati ortida ellikdan ortiq filmlar mavjud. Mahesh Bhatt hatto Hindistondagi eng nufuzli Milliy kino mukofotiga ham sazovor bo‘lgan.

    Aliyaning onasi Soni Razdan aktrisa bo‘lgan. Uning Shahin ismli singlisidan tashqari o‘gay akasi Rahul va singlisi Puja ham bor.  Ular Mahesh Bhattning Loren Brayt bilan birinchi nikohida tug‘ilgan. Rejissyor aktrisa Soni Razdanni sevib qolganidan so‘ng Islom dinini qabul qilgan va shu tariqa birinchi nikohidan ajralmay, yana bir marta uylangan.

    Foto: India Today

    Jajji Aliya 6 yoshligida “Jinoiy roman” filmida debyut qildi, unda bosh qahramonlar sifatida taniqli aktyorlardan Akshay Kumar va Priti Zinta ishtirok etdi. Aliya Priti Zintaning singlisi sifatida ko‘rinish bergan.

    Aliya Bombey shahridagi Jamnabai Narsi maktabini tamomlagandan so‘ng, qaysi kasbni tanlash haqida uzoq o‘ylab o‘tirmadi: uning taqdiri kino bilan bog‘liq edi.

    Aliya Bhatt ishtirokidagi filmlar

    Foto: India Today

    2012-yilda “Yil talabasi” filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film uchun aktrisa 16 kilogramm vazn tashlashiga to‘g‘ri keldi. Avvaliga u bosh rol uchun o‘zini juda ham yosh deb hisoblagani sababli kastingdan o‘tishiga shubha bilan qaragan. Boz ustiga, Aliya suratga olish jarayonlari sabab 12-sinfni tugata olmagan.

    Uning ijrosi turli muhokamalarga sabab bo‘lgan. Ba’zi tanqidchilar uni Karina Kapurning debyuti bilan solishtirgan. Ammo aynan shu loyiha orqali rejissyor Karan Johar va bosh rollarni ijro etgan aktyorlar Hindistonda tanila boshladi. Do‘stlik va sevgi haqidagi komediyali melodrama xitga aylanib, kino kassalarida 12 million dollar ishlab topdi, bu ko‘rsatkich o‘sha vaqtdagi hind kinosi katta yutuq edi.

    Foto: Airtel

    Oradan ikki yil o‘tgach, Aliya Bhattning filmografiyasiga Imtiaz Alining “Shosse” filmi qo‘shildi. Loyiha 64-Berlin kinofestivalida taqdim etildi. Qizig‘i shundaki, ssenariy suratga olish boshlanishidan oldin tugallanmagan edi. Rejissyor hikoyaga improvizatsiya muhitini bergan va film yakuni syomka jarayonida o‘ylab topilgan. Aliyaning ushbu filmdagi ijrosi ikkita mukofot: “Stardust” va “Filmfare”ga sazovor bo‘ldi.

    Chetan Bhagatning romani asosida ishlangan “Ikki shtat” melodramasidagi roli uchun aktrisa tamil tilini o‘rganishi kerak bo‘lgan. Aliya Bhatt taniqli hamkasbi Arjun Kapur bilan birga ishlagan. Tanqidchilar aktrisaning navbatdagi ijrosini ham yuqori baholadilar.

    Foto: Airtel

    “Hampti Sharmaning kelini” nomli romantik komediyasi muvaffaqiyati bo‘yicha o‘zidan avvalgi ikkita loyihadan o‘zib ketdi. Unda Aliya to‘yiga bir hafta qolganda notanish yigitni sevib qolgan panjoblik Kavya ismli qiz rolini ijro etgan. Mazkur rol unga “Eng yaxshi ayol roli” nominatsiyasida Stardust mukofotini olib kelgan. Shuningdek, film katta kassa tushumlariga ham ega bo‘lgan.

    Foto: IMDb

    2014-yil oxirida Bhatt Shahid Kapur bilan birga “Tunlari uyqusiz” melodramasida suratga tushdi. Film prokatda muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Tanqidchilarning fikriga ko‘ra, kinodagi qahramonlar o‘rtasidagi tuyg‘ular ishonarli ko‘rinmagan.

    Ammo “Uchayotgan Panjob” trilleri hind kinosi tarixida xitga aylandi. Shunga qaramay, Aliya Bhattning muvaffaqiyat unga qimmatga tushdi: aktrisa film byudjeti taqchilligi tufayli juda kichik gonorar olishga rozi bo‘lgan edi. Loyiha unga ajoyib ijrosi uchun “Filmfare” va “Zee Cine Winners” marosimidagi eng mukofotini taqdim etdi.

    Foto: Business Recorder

    2018-yilda Bhatt 2008-yilda suratga olingan “Josus ayol” trillerining remeykida suratga tushish orqali muxlislari quvontirdi. Film real voqealarga asoslangan bo‘lib, ma’lumot beruvchi agent bo‘lish uchun pokistonlik amaldorga turmushga chiqqan josus ayol hikoyasiga asoslangan. Blokbaster aktrisaga yana bir karra “Filmfare” mukofotini olib keldi va mashhurlikning yangi cho‘qqilariga olib chiqdi. Loyihaning kassa tushumlari esa aktrisa ilgari ishtirok etgan barcha filmlarni ortda qoldirdi.

    Foto: Business Recorder

    Shuningdek, Aliya o‘zining ko‘pqirrali san’atkor ekanini isbotlash maqsadida filmlarda saundtreklarni ham ijro eta boshladi. Aliyaning “Sooha Saaha” qo‘shig‘i bunga yaqqol dalildir. Hozirda Aliya Bhatt eng katta maosh oladigan Bollivud yulduzlaridan. Uning gonorari 720 ming dollardan 960 ming dollargacha yetadi.

    2019-yilda aktris Abxishek Varmanning “Payg‘ambar” romantik melodramasida ishtirok etdi, ushbu film Bollivud yulduzlaridan Madhuri Dikshit, Sonakshi Sinxa va Varun Dxavanni suratga olish maydonchasida birlashtirdi.

    Foto: IMDb

    2022-yil qishda bo‘lib o‘tgan 72-Berlin kinofestivalida aktrisa bosh ijrosidagi “Gangubay Katavadi” biografik filmi namoyish etildi. Unda kino sohasida ishlashni orzu qilgan bosh qahramon butunlay boshqa dunyoga tushib qoladi va o‘z tanasini sotishga majbur bo‘ladi. Shu orqali u kinoda ma’lum bir maqomga erishadi, ammo oxir-oqibat yo‘ldan adashgan ayol bu ishlarini tashlaydi va unga o‘xshab aldanganlarga va yetimlarga yordam berishga qaror qiladi.

    Shaxsiy hayot

    Foto: Business Recorder

    Aktrisa o‘zining qisqa bo‘yi va doim yosh ko‘rinishi bilan ajralib turadi. 160 sm balandlikka ega Aliya Bhattning vazni 54 kilogrammdan oshmaydi. Buning uchun u yoga va kardio mashqlarini bajarishga odatlangan.

    Aliya mashinani haydashni yaxshi ko‘radi va uning eng sevimli dam olish shakli — uzoq vaqt uxlash. Aktrisa 12 soat davomida to‘xtovsiz uxlashi mumkin.

    Foto: Hindustan Times

    2017-yilda Aliya Bhatt Bollivudning yorqin yulduzi Ranbir Kapur bilan ishqiy munosabatlari haqida xabarlar tarqala boshladi. Juftlik 2018-yilda unashtirilgan edi, ammo oradan bir yil o‘tgach, Bhatt va Kapurning rishtalariga putur yetdi. Ranbir va uning onasi Aliyaning kino karyerasidan voz kechib, uy Bekasi bo‘lishini istaydi, ammo aktrisa bunday qila olmaydi.

    Foto: Hindustan Times

    2021-yilda ularning to‘yi haqidagi yangi xabarlar aktrisaning muxlislarini quvontirdi. Uzoq kutilgan to‘y 2022-yilning bahorida bo‘lib o‘tdi. Tez orada yulduz homiladorligini e’lon qildi va noyabr oyida Raxi ismli qiz farzandli bo‘ldi.

    Bugungi kunda Aliya Bhatt

    Foto: The Statesman

    Aktrisaning kundalik tartibi va ish jadvali bir yil avval belgilab qo‘yilgan. Hozirda Bhattga rejissyorlar tomonidan muntazam ravishda yangi loyihalar taklifi kelib tushmoqda. Uning karyerasi esa jadal rivojlanib bormoqda.

    2023-yilda Aliya o‘zining kino sanoatiga kirib kelishi munosabati bilan 10 yillik yubileyini nishonladi. Uning karyera va oilasiga bag‘ishlangan intervyusi Femina nashrida chop etildi. Filmlardagi qiziqarli rollardan tashqari, Bhatt boshqa sohalarda ham yutuqlarga erishgan: u Gucci brendining ambassadori hisoblanadi.

    Foto: Vogue

    Shuningdek, afsonaviy Met Gala qizil gilamiga ham taklif etilgan kamyob mashhurlardan hisoblanadi. Aliya moda sohasida ham faol bo‘lib, o‘zining “Ed-a-Mamma” nomli kiyim brendiga ega. Ushbu brend ekologik toza kiyim ishlab chiqarishga ixtisoslashgan

    18 mart, 14:40   Izoh (0)   54035
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Bollivud#Hind#aktrisa

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Hind kinosining eng badavlat aktrisalari reytingi (foto)

    18.12.2024, 14:57

    Hind kinosining eng pazanda aktrisalari (foto)

    19.12.2024, 16:53

    Instagram: Ota-onasiga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilgan Ra’no Shodiyeva, Porsche’sida YTHga uchragan Dili.me, Dilnozning to‘yi qachon?  

    26.12.2024, 12:50

    Dipika Padukone 39 yoshda: dunyodagi eng nufuzli 100 kishidan biri, badminton bo‘yicha Hindiston chempioni, 4 ta tilda so‘zlasha oladigan hind aktrisasi haqida

    9 yanvar, 09:37

    Ritik Roshan 51 yoshda: Bolaligida skoliozga chalingan, musulmon qizga uylangan va bir kechada mashhur bo‘lgan aktyorning murakkab hayot yo‘li

    11 yanvar, 13:15

    Hind kinosi qiroli Shohrux Xon bugungi kunda qanday ko‘rinishda? (foto)

    13 yanvar, 16:45

    Hind kinosi yulduzi Saif Ali Xon o‘z uyida pichoqlab ketildi 

    16 yanvar, 16:06

    O‘z uyida pichoqlangan Bollivud yulduzi Saif Ali Xon ahvoli haqida ma’lumot berildi

    17 yanvar, 11:54

    Instagram: Ziyodaga muxlislari osmondagi yulduzni sovg‘a qilishdi, baby Mohi yangi biznes boshladi, Munisa Rizayeva viloyatlarga to‘yga qanchaga boradi?

    21 yanvar, 10:32

    Instagram: 300 ming dollarlik avtomobil xarid qilgan Ziyoda, o‘g‘lining 2 oyligini nishonlagan Munisa Rizayeva, nevarali bo‘lgan Sultonposhsha O‘dayeva

    25 yanvar, 22:29

    Hindistondagi eng mashhur oilada tug‘ilgan, bolaligida nevrologik kasallikdan aziyat chekkan va “Dunyo go‘zali”ga uylangan Abhishek Bachchan 49 yoshda (foto, video...

    7 fevral, 10:32

    Bir vaqtlar unashtirilgan, ammo munosabatlari to‘ygacha yetib bormagan Bollivud yulduzlari 

    12 fevral, 13:50

    Xonlar sabab karyerasidan ayrilgan “Qasos o‘ti” yulduzi Sonu Valiya haqida nimalar ma’lum? 

    13 fevral, 11:35

    Hind kinosining bir nechta tilda erkin so‘zlasha oladigan yulduzlari  

    21 fevral, 15:49

    Instagram: Valijon Shamshiyev 12-marta ota bo‘ldi, Manzura tug‘ilgan kunini nishonladi, Feruza Yusupovaga qimmatbaho avtomobil sovg‘a qilishdi 

    23 fevral, 13:44

    Kinotavsiya: Bollivud qiroli Shohruh Xon va Kajol ishtirokidagi eng yaxshi filmlar (treyler)

    28 fevral, 13:15

    “O‘g‘irlanmagan kelin”, “PiKey” va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan boshqa hind filmlari

    8 mart, 11:45

    Hind kinosi yulduzlarining bolaligidagi ko‘rinishiga ikki tomchi suvdek o‘xshaydigan farzandlari (foto)

    10 mart, 11:55

    Instagram: Yusufxon Nurmatov san’atni tashlab, AQSHda trak haydamoqchi, Zarina Yo‘ldoshevaga tahdid qilishdi, Jasur Umirov o‘g‘lini ko‘rsatdi

    11 mart, 10:15

    Bollivud yulduzlaridan badavlat merosxo‘rlargacha: Hindistonda o‘tkazilgan eng qimmatbaho va dabdabali to‘ylar top-10 taligi

    15 mart, 11:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz IQAir havo sifati datchigini o‘rnatdi


    ANORBANK Xususiy sektorni rivojlantirish bo‘yicha Islom korporatsiyasi bilan 10 million AQSH dollariga teng kelishuv imzoladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    AKFA Medline University Hospital AHA rasmiy o‘quv markazi maqomini qo‘lga kiritdi


    Huawei O‘zbekistondagi “Tech Carnival”da Intellektual dunyo rivojini jadallashtirmoqda


    Tarmoqda bolalar xavfsizligi : Octobankdan maslahatlar


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Kapitalbank xodimlarining raqamli ko‘nikmalarini rivojlantirmoqda 


    Jamg‘armalar bilan qanday ishlash zarur: bank omonatlari, aksiyalar yoki investitsion paketlar? (davomi)


    Huawei Cloud TechWave Summit 2025: Yaqin Sharq va Markaziy Osiyoda muvaffaqiyatni oshirish uchun intellektuallikni tezlashtirish 


    ZTE korxonasi GSMA M360 Yevrosiyo forumida suniy intellekt raqamli iqtisodiyot rivojiga qo'shayotgan hissasi haqida ma’lumot berdi


    Centrum Air Istanbul va O‘zbekistonning uch shahri o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda


    APEX BANK Toshkentda Bosh ofis va Markaziy sotuv ofisini ochdi


    TBC Uzbekistan o‘zining sun’iy intellektga asoslangan yechimlari orqali samaradorlikni oshirib, o‘sish sur’atlarini tezlashtirmoqda 

     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh atrofida Yerdan o‘n barobar katta “qush” ko‘rindi

    Dunyo | 26 may, 00:18

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 64-xalqaro gullar festivali boshlandi

    O‘zbekiston | 26 may, 00:06

    O‘zbekiston U-17 terma jamoasining Jahon chempionatidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

    Sport | 26 may, 00:02

    Iroqda suv zaxiralari rekord miqdorda kamaydi

    Dunyo | 25 may, 23:30

    Superliga. “Dinamo” kambek amalga oshirib, “Qizilqum”dan ustun keldi

    Sport | 25 may, 23:27

    Qoraqalpog‘istonda inspektor quvgan yigit maktab o‘quvchisi emasligi aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 25 may, 23:17

    APL. Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan Angliya chempionati bronza medaliga ega chiqdi

    Sport | 25 may, 22:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.