Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 17-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 13,70 so‘mga ko‘tarilib, 12 994,59 so‘m bo‘ldi;
- yevro 38,92 so‘mga oshib, 14 761,85 so‘m bo‘ldi;
- rubl 0,99 so‘mga pastlab, 157,68 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar 11,33 so‘mga ko‘tarilib, 12 980,89 so‘m bo‘lgandi. Rubl ham oshib, yevro pastlagandi.
O‘zbekistonda dollar kursi oshishda davom etishi ehtimoli yuqori, deyiladi ayrim prognozlarda. Xo‘sh, joriy yil oxirigacha kurs qanchaga yetadi? Yaqin kelajakda qanday iqtisodiy tebranishlarga tayyor turish kerak? Quyidagi havola orqali almashuv kurslari, ularga taʼsir etuvchi omillar va kutilmalar haqida o‘qish mumkin.
Izoh (0)