Markaziy bank xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan 24-aprelda amalda bo‘ladigan qiymatini eʼlon qildi.
Unga ko‘ra:
- dollar 11,47 so‘mga ko‘tarilib, 12 890,43 so‘m bo‘ldi;
- yevro 80,92 so‘mga tushib, 14 720,87 so‘m bo‘ldi;
- rubl 2,35 so‘mga pastlab, 156,04 so‘mni tashkil etdi.
Bundan avval dollar 30,68 so‘mga pastlab, 12 878,96 so‘m bo‘lgandi. Ushbu valyuta kursi so‘nggi marta 25-fevralda 12 900 so‘mdan tushgandi.
Ba’zi iqtisodchilarning fikricha, mamlakatda valyuta kursi sun’iy ushlab turibdi, agar kurs erkinlashsa 1 dollar 20 ming so‘mgacha ko‘tariladi. Markaziy bank esa bu qarashlar noto‘g‘ri ekanligini bildirgandi. 2025-yil oxirigacha kurs qanchaga yetadi? Yaqin kelajakda qanday iqtisodiy tebranishlarga tayyor turish kerak? Quyidagi havola orqali almashuv kurslari, ularga taʼsir etuvchi omillar va kutilmalar haqida o‘qish mumkin.
2025-yil aprelida AQSH dollari indeksi so‘nggi uch yildagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketdi.
Izoh (0)