People jurnali 62 yoshli Demi Murni 2025-yilning eng go‘zal ayoli deb eʼlon e’lon qildi.
Bu dunyoda nostandart ko‘rinishga bo‘lgan eʼtibor ortib borayotgani va nafaqat yosh qizlarga, balki yoshi katta ayollarga ham eʼtibor qaratilayotganining yaqqol isbotidir.

Nafaqat kinotanqidchilar, balki ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ham o‘tgan yili “Substansiya” filmi chiqqandan keyin mashhur aktrisaning hayotini faol kuzatib borishdi. Ajoyib ijro, aql bovar qilmaydigan go‘zallik va xarizma Demiga o‘tgan yilning eng ko‘p muhokama qilingan aktrisalaridan biri unvonini taqdim eta oldi.

Qizig‘i shundaki, aynan shu kartinada jamiyat o‘z ishining keksa mutaxassislarini emas, balki yosh yulduzlarni birinchi o‘ringa qo‘yishi haqida so‘z borgan. Aftidan, Mur hayotdagi stereotiplarni inkor etishga qaror qilgan:
Meni hozirgi holatimga olib kelgan tanam boshdan kechirgan hamma narsani ko‘proq qadrlay boshladim. Bu degani baʼzida oynaga qarab “ey, xudo, men qarib qoldim” yoki “oh, yuzim cho‘zilib qolgan” deb o‘ylayman degani emas. Men hozirgi holatimda ekanligimni qabul qilganman bu mening qiymatimni yoki kimligimni belgilamaydi.

Eslatib o‘tamiz, Demi Mur “Oltin globus” va boshqa nufuzli kino mukofotlardan tashqari, yaqinda Time nashrining eng nufuzli ayoli deb topildi. Avvalroq yulduz shu nashrning “Yil ayoli” ro‘yxatini boshqargan edi.
Izoh (0)