Futbol bo‘yicha Yevropa Chempionlar Ligasining yarim final javob bahsida “Manchester Siti” va “Real” jamoalari 17-may, chorshanba kuni o‘zaro to‘qnash keldi.
Uchrashuv “shaharliklar”ning keskin hujumlari bilan boshlandi. Ketma-ket hujumlardan so‘ng, 23-daqiqada Bernardu Silva hisobni ochdi. 37-daqiqada portugaliyalik futbolchi dublni rasmiylashtirdi. Birinchi bo‘limdan so‘ng “Siti” katta ustunlikka ega bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limda madridliklar faollashdi. Biroq, 76-daqiqada Akanjining bosh bilan urgan zarbasi Militaoga tegib, darvozadan joy oldi. O‘yin so‘ngida zaxiradan maydonga tushgan Xulian Alvares yakuniy hisobni o‘rnatdi. 4:0 va Pep Gvardiola jamoasi finalga yo‘l oldi.
Jamoalar o‘rtasidagi birinchi uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etilgandi. “Manchester Siti” finalda “Inter” bilan bahs olib boradi.
YCHL
Yarim final, javob bahsi
17-may, chorshanba
“Manchester Siti” (Angliya) – “Real” (Ispaniya) 4:0
Gollar: 1:0 – 23 Bernardu Silva, 2:0 – 37 Bernardu Silva, 3:0 – 76 Militao (avtogol), 4:0 – 90 Alvares.
“Manchester Siti”: Ederson, Uoker, Ruben Diash, Akanji, Stounz, Gundo‘g‘an (Mahrez, 79), de Bryuyne (Foden, 84), Grilish, Bernardu Silva, Rodri, Holand (Alvares, 89).
“Real Madrid”: Kurtua, Karvaxal (Vaskes, 80), Alaba, Militao, Kamavinga (Tchuameni, 80), Modrich (Ryudiger, 63), Kroos (Asensio, 70), Valverde, Vinisius Junior, Rodrigo (Sebalyos, 80), Benzema.
Ogohlantirishlar: Ruben Diash (50), Karvaxal (55), Gundo‘g‘an (62), Kamavinga (75), Grilish (90).
Izoh (0)