O‘zbekistonda ichki turizm xarajatlarini qoplash uchun subsidiya olish maqsadida arizalar qabul qilina boshladi. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.
Subsidiya sayohat tashkilotchisining mahalliy turistlarga O‘zbekiston bo‘ylab tashkil etilgan sayohatlarning transport chiptalari hamda mehmonxona xizmatlari xarajatlarining bir qismini qoplash uchun taqdim etiladi.
Vazirlar mahkamasining nizomiga muvofiq shaklda har oy yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay ariza bilan yozma yoki elektron shaklda O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga murojaat qilishi talab etiladi.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
- ariza beruvchining nomi, joylashgan joyi (pochta manzili), STIR va xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankidagi hisobraqami rekvizitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- avia va temir yo‘l chiptalari uchun to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxalari;
- sayohat tashkilotchilari tomonidan joylashtirish vositalarida mahalliy turistlarga ko‘rsatilgan xizmatlar uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- turistik vaucherlarning nusxalari;
Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan 2021-yil may oyidan shu kunga qadar 69 ta ariza qanoatlantirilgan bo‘lib, mehmonxona va transport xarajatlari uchun jami 521 mln so‘m miqdorda subsidiyalar ajratilgan.
Avvalroq O‘zbekistonda jamoa shartnomalariga xodimlar uchun yiliga bir marotaba mahalliy sayohatga chiqish qoidasi kiritilishi haqida ma'lum qilingan edi.
Izoh (0)