Namanganda Navro‘z bayramida 25 kilogrammli patir yopildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizbek Abduvaliyev xabar bermoqda.
Gigant patir Namangan shahridagi “Xojam dodam” novvoyxonasida tayyorlandi. Bu yerda patirlarning 15 xil turini uchratish mumkin.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
“Oldinroq ham bunday katta patirlarni tayyorlaganmiz, faqat o‘shanda ularning vazni 10 kilogrammdan oshmagandi. Farg‘onalik novvoylar 22 kilogramm tosh bosgan patir tayyorlashgani haqida eshitgandik, shu sabab biz bu ko‘rsatkichni biroz oshirdik”, deydi novvoy Ismoilxon Azizxo‘jayev.

Foto: Oqilxon Mamajonov

Foto: Oqilxon Mamajonov
25 kilogrammli patir Navro‘z ayyomi shodiyonalarida bayram tadbiri ishtirokchilariga tortiq etildi.

Foto: Humoyun Akbaraliyev
Izoh (0)