• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Daqiqalar, soniyalardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganing” — senatorlar, deputatlar hamda vazirlar maktab bitiruvchilarini tabrikladi

    O‘zbekistonda 25-may — umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘qishning so‘nggi kuni. Ushbu kunda maktablarda so‘nggi qo‘ng‘iroq bayrami nishonlanadi. “Daryo” nashri mazkur kun munosabati bilan Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi a’zolari, hukumat vakillari, Sudyalar oliy kengashi raisi, Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi rahbariyatidan maktabni tamomlab, katta hayot ostonasida turgan o‘quvchi-yoshlarga tilaklarini jamladi.

    Illustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    Illustratsiya: “Daryo” / Dilzoda Hamidjonova

    “Hayotingizdagi yana bir mas’uliyatli bosqichga qadam qo‘yayotganingiz bilan tabriklayman”

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Sizlarni beg‘ubor o‘quvchilik davringizni ortda qoldirib, shu yillar davomida qadrdon bo‘lib qolgan maktabingiz, ota-onadek g‘amxo‘r ustoz-u murabbiylaringiz bilan xayrlashib, ezgu orzu-niyatlar bilan hayotingizdagi yana bir mas’uliyatli bosqichga qadam qo‘yayotganingiz bilan samimiy tabriklayman.

    Ishonamanki, sizlar o‘qib-o‘rganishda davom etib, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanib, kelajakda yurtimiz taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shadigan fidoyi va vatanparvar insonlar bo‘lib yetishasizlar.

    Barcha orzu-niyatlaringiz amalga oshsin, mustaqil hayot sari qo‘ygan qadamingiz qutlug‘ bo‘lsin!

    Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva

    “To‘xtamay yasha, to‘xtagan kuning hamma narsangdan mahrum bo‘lasan va erishishing mumkin bo‘lganlaridan ham quruq qolasan!”

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    2022-yilda 390 ming nafar yoshlar maktabni bitirmoqda. Bitiruvchi yigit-qizlarimizga bir qancha tavsiyalarimizni berib o‘tsam:

    1. Xorijiy tillarni o‘rganing. Shiddat bilan rivojlanayotgan hozirgi davrda, texnologiyalar asrida bu juda muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, ingliz tilini o‘rganib, IELTS sertifikatini olish orqali yoshlarimiz ko‘plab yutuqlarga erishishlari mumkin. Zo‘r dasturchi bo‘lish uchun ham til bilish kerak. Nafaqat IELTS, balki boshqa xorijiy tillarni ham o‘rganish lozim.

    Bu borada yigit-qizlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun 2021-yil 1-maydan boshlab IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT kabi 5 ta; 2022-yil 1-yanvardan esa arab, xitoy, fransuz, rus, ispan, koreys, yapon, italyan, turk va nemis tillari bo‘yicha 13 ta xalqaro imtihon tizimlarida (jami 18 ta xalqaro imtihon tizimlarida) yuqori natijaga erishgan yoshlarning imtihon xarajatlarini Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab berish tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

    2. IT sohasi va zamonaviy kasblarni o‘rganing. 2021-yilgi ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda IT mutaxassislarning yillik o‘rtacha maoshlarini keltirib o‘taman:

    • Java: 3600 dollar — 24,000 dollar,
    • Python: 4800 dollar — 24,000 dollar,
    • C#: 3300 dollar — 20,000 dollar,
    • C++: 4000 dollar — 30,000 dollar,
    • NET: 3600 dollar — 22,000 dollar,
    • JavaScript: 3800 dollar — 20,000 dollar,
    • PHP: 2500 dollar  — 18,000 dollar.
    Albatta, bu o‘rtacha maoshlar, xolos. Dasturchilarimiz orasida bundan bir necha barobar ko‘p daromad topayotganlari ham bor.

    IT sohasini o‘rganish uchun hammada ham imkon bo‘lmasligi yoki kompyuter (noutbuk) olishda mablag‘ bo‘lmasligi mumkin. Bu borada ham yoshlar uchun imkoniyatlar bor. 2019-yil O‘zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash bo‘yicha One Million Uzbek Coders (“Bir million o‘zbek dasturchilari”) loyihasi ishga tushirildi. Bu loyiha 2017-yilda BAAda ishga tushirilgan One Million Arab Coders loyihaning analogi hisoblanadi.

    Loyihaning birinchi bosqichida https://uzbekcoders.uz onlayn platformasi orqali o‘zbek tilida global mehnat bozoridagi to‘rtta eng talabgir mutaxassislik — Data Analysis, Android Programming, Full-Stack Development va Frontend Development bo‘yicha bepul onlayn kurslar tashkil qilingan.

    Prezident farmoniga ko‘ra, 2021-yil, 1-iyundan “Xalq banki”, “Aloqa bank” va “Mikrokreditbank” tomonidan ushbu loyiha doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun BHMning 25 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda iste’mol kreditlari ajratiladi. Bu kredit 2 yilga beriladi va uning foizi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan qoplab beriladi. Asosiy qarz esa kredit oluvchining o‘zi tomonidan to‘lanadi.

    3. O‘z ustingizda doim ishlashdan, harakat qilishdan va kitob o‘qishdan hech qachon to‘xtamang! Qaysi soha bo‘lmasin, uning o‘z ilmi va kitobi bor. Quruvchi, dasturchi, shifokor, matematik, iqtisodchi, huquqshunos, pedagog, qishloq xo‘jaligi bo‘yicha mutaxassis, umuman, qaysi sohani tanlasangiz ham, shu sohaning eng zo‘r mutaxassisi bo‘ling. Buning uchun doim inson harakatda va izlanishda bo‘lishi kerak. Eng muhimi esa, doim kitob o‘qish kerak. Xorijiy tillarni o‘rganish ortidan siz uchun butun dunyo eshiklari, kitoblari ochiladi. Eng yaxshi kitoblarni, manbalarni bemalol o‘qib, tushunib, sohangizning eng yaxshisi bo‘lasiz. Bir qoidani doim yodingizda tutib, shunga amal qiling: “To‘xtamay yasha, to‘xtagan kuning hamma narsangdan mahrum bo‘lasan va erishishing mumkin bo‘lganlaridan ham quruq qolasan!”

    Yuqorida yoshlar uchun yaratilgan bir qancha imkoniyatlarga qisqacha to‘xtalib o‘tdik. Aslida bugungi kunda yigit-qizlarimiz uchun 100 dan ortiq imkoniyatlar bor. Maktabni tamomlayotgan yoshlarimizga https://yoshlarportali.uz platformasiga kirib ko‘rishni va o‘zlari uchun mos imkoniyatlardan unumli foydalanishni so‘rab qolaman. Hamma sohada yoshlarimiz uchun yaxshi imkoniyatlar bor va ularning barchasi ushbu portalda taqdim etilgan.

    Senator, Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev

    “Ilojsiz qolsangizgina davlat xizmatida ishlang”

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Maktab bitiruvchilariga aytmoqchi bo‘lganim: imkon darajasida umringizni, tirikchilikni davlat xizmatchisi sifatida o‘tkazishga olib keladigan kasb tanlashdan yiroq bo‘lishga intiling, ilojsiz qolsangizgina davlat xizmatida ishlang. Erkingizni, ichki potensialingizni ro‘yobga chiqarishga olib keladigan hayot yo‘lini tanlashga kuch topa oling, bu yo‘lda o‘zingizni chiniqtiring.Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev

    “Doimo o‘z ustingizda ishlash, o‘rganishdan charchamang”

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Maktab bitiruvchilarining baxtiyor chehralariga boqarkansiz, shoirning quyidagi mashhur satri yodga tushadi: “Oh, sening yoshliging menda bo‘lsaydi?!” Birgina satrda nafaqat uning muallifi, balki umrning ma’lum dovonidan oshgan barcha insonlarning dard-u armonidan tashqari havasi mujassamdek...

    Nega havas qilmaydik sizlarga?

    Maktabni bitirmoq – mustaqil hayotga ilk qadam qo‘yishdir. Ne baxtki, sizlar mustaqil O‘zbekistonning mustaqil hayotga ilk qadamini qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlaridirsizlar! O‘qib, kamol topishingiz uchun davlat va jamiyat barcha choralarni ko‘rayotirki, bunday saodatni notinchlik hukm surayotgan dunyoning bir talay davlatlari yoshlari faqat orzu qilishlari mumkin, xolos. Demak, sizning zimmangizdagi birinchi vazifa – tinchlik va farovonlikning qadriga yetib, chuqur ilm bilan kasb egallash, kelajakda ota-ona, el koriga yaraydigan farzand bo‘lmoqlikdir.

    Yurtga munosib farzand bo‘lmoq, avvalo, shu yurtni tanasiz va ta’masiz sevmoq deganidir.

    Kelajak bugundan boshlanishi e’tiborga olinsa, Yangi O‘zbekistonning tayanchlari sizlar ekaningiz yanada oydinlashadi.

    Qaysi soha yoki kasbni egallamang, sizlarda qonunga hurmat hissi shakllanishini juda-juda istar edim. Chunki, har qanday soha faoliyati qonun bilan tartibga solinadi. Ikkinchidan, huquqiy-demokratik jamiyat deganda birinchi navbatda qonunga itoatkorlik tushuniladi. Qonunga itoatkorlik esa kishining huquqiy madaniyatida aks etadi.

    O‘rganish, intilishga ko‘p narsa bog‘liq. “Intilganga tole yor” degan hikma bejiz emas. Doimo o‘z ustingizda ishlash, o‘rganishdan charchamang. Shunda hayot sinovlari sizni hech qachon bukib qo‘yaolmaydi, o‘z yo‘lingizdan adashmaysiz.

    Mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk dadil qadamingiz qutlug‘ va muborak bo‘lsin!

    Xolmo‘min Yodgorov, Sudyalar oliy kengashi raisi

    “Boy-badavlat, baxtli yashamoqchi bo‘lsangiz ilm oling, hunar o‘rganing”

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Hurmatli bitiruvchilar! Siz bugun katta va uzun yo‘lning boshida turibsiz. Bu yo‘lda barchangizga omad yor bo‘lishini tilayman.

    Agar hayotda o‘z o‘rningizni topmoqchi bo‘lsangiz, ilm va hunar oling. Boy-badavlat yashamoqchi bo‘lsangiz ham ilm va hunar oling. Baxtli yashamoqchi bo‘lsangiz ham albatta ilm oling. Oilangiz, farzandlaringiz sog‘lom bo‘lishini xohlasangiz albatta bilimli bo‘lishga intiling.

    Albatta yaxshi o‘qimasdan hayotda o‘z o‘rniniga ega bo‘ganlar ham topiladi. Lekin bunday sanoqli holatlar juda mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishga, alal-oqibat baribir bilim o‘rganishga majbur qiladi. Lekin ilm yoki hunar har qanday maqsadga tezroq yetishga orzularga osonroq erishishga yordam beradi.

    “Ilm olishga imkoniyat yo‘q, maktabda yomon o‘qitishdi, ta’lim yaxshi emas”, degan gaplarning hammasi g‘irt bahona. Bu sizni yupatadi, faqat orqaga qaytaradi, bu sizning oldingizdagi to‘siq. Agar siz shu to‘siqni yengib o‘ta olsangizgina, hech narsani o‘ylamay ilm olsangiz, hunarli bo‘lsangiz, shunda yutasiz.

    Yana bir bor aytaman, yaxshi yashamoqchimiz? Orzularingizga yetmoqchimisiz? Unday bo‘lsa ilm yoki hunar oling. Eng zo‘ri bo‘ling. Shunda siz hammaga kerak bo‘lasiz.

    Alloh hammangizni omadingizni bersin!

    Komil Allamjonov, Mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi

    “Atrofingizdagi olam qanday bo‘lishi avvalo o‘zingizga bog‘liq”

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Aziz yoshlar! Bugun siz maktabni tark etib, mustaqil hayotga qadam qo‘ymoqdasiz. Oldinda sizni katta hayot kutmoqda. Uning o‘ziga yarasha baland-pastliklari bo‘ladi. G‘alabalar-u, mashaqqat, xursandchilik-u, ko‘ngilsizlik, omad-u xatarlar, bularning barchasiga duch kelasiz.

    Mustaqil hayot ostonasida har bir yigit-qizning olam-olam orzulari bo‘ladi. Biroq vaqt o‘tgan sari, u yoki bu sababga ko‘ra, ko‘p qizlarning orzulari armonga aylanadi, umidlari puchga chiqadi. Singillarim! Yodingizda bo‘lsin, siz baxtli bo‘lishga, umringizni o‘zingiz istagandek yashab o‘tishga loyiqsiz!

    Atrofingizdagi olam qanday bo‘lishi avvalo o‘zingizga bog‘liq. Ezgu niyat, aniq maqsadlar, o‘ziga ishonch, qat’iyat va albatta,bilim doimiy hamrohingiz bo‘lsa, albatta murodingizga yetasiz!

    To‘laqonli ta’lim olgan, ilmli, dunyoqarashi boy qizlar oilada ham, jamiyatda ham munosib o‘rnini topadi. Ayol zukko umr yo‘ldoshi, farosatli kelin, oqila ona bo‘lishidan tashqari, kuchli, o‘z ishini yaxshi biladigan, kerakli mutaxassis bo‘lsa, o‘zini har tomonlama baxtli his qiladi!

    Shunday ekan, ta’lim olishdan to‘xtamang, aziz qizlar! Yo‘lingizni mustaqil tanlashdan cho‘chimang! Oldinga dadil qadam qo‘ying!

    Barchangizga baxt, sihat-salomatlik va muvaffaqiyat tilayman! Ko‘zlaringiz doim chaqnab tursin, omad sizga hamisha yor bo‘lsin!”

    Saida Mirziyoyeva, Mass-media fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari

    “Daqiqalar, soniyalardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganing”

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Yoshlarga tilagimiz – qanday sinovlar bo‘lmasin, qanday natija bo‘lmasin olg‘a intilishga o‘rganishsin. Ba’zan inson xato qiladi, ba’zan esa yutuqqa erishadi. Xatolardan to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rganasiz. Yutuqlar esa yana yangi tashabbuslarga chorlaydi.

    Daqiqalar, soniyalardan to‘g‘ri foydalanishni o‘rganing. Vaqtni to‘g‘ri taqsimlashga odatlaning. Bir kunlik ish rejalaringiz orasida kitob o‘qish albatta o‘rin olsin. Bilimlarni mustahkamlashda kitobdan ham kuchli vosita yo‘qligi bu isbot talab qilmaydigan aksioma. Chunki kitob o‘qish orqaligina g‘oyalaringizni shakllantirasiz. O‘ylaymanki, hozirgi yoshlarda o‘z imkonlarini namoyon etishlari uchun sharoitlar yetarli.

    Davlat va jamiyat tomonidan motivatsiya kuchli. Ulardan talab qilinadigani —  shijoat va tashabbuskorlik.

    Hammamizning boshimizdan o‘tgan. Yoshlikda oddiy narsalarga ham siqilaverardik. Hozir o‘sha voqealarni tahlil qilsak bular arzimas holatlar ekanligini ko‘rib, yuzimizga tabassum yuguradi. Yoshlik shunchalik tez o‘tib ketadgan fursatki, uni siqilish, kimningdir gapidan ta’sirlanib xafa bo‘lishga arzimaydi. Unda hammamiz chiroyli iz qoldirib yashashimiz kerak. Aytmoqchimanki, hayotdan lazzatlanib yashanglar!

    Mustaqil hayot ostonasida turgan bugungi bitiruvchi yoshlarga kelajakka ishonch bilan qadam tashlashlarini, o‘z bilimi va salohiyati bilan davlatimiz taraqqiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishlarini tilaymiz!

    Adliya vaziri Ruslanbek Davletov

    “Siz ota-onangiz va jonkuyar ustozlaringiz ishonchini oqlaysiz”

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Bugun beg‘ubor o‘quvchilik davrini ortda qoldirib, qadrdon maktab, ustoz va murabbiylar bilan xayrlashib, hayotning yanada mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotgan o‘g‘il-qizlarimizni tabriklashdan mamnunman. Ishonchim komilki, siz Yangi O‘zbekistonning munosib poydevorlari sifatida ota-onangiz va jonkuyar ustozlaringiz ishonchini oqlaysiz.

    Mamlakatimizda kechayotgan ulkan bunyodkorlik ishlariga o‘z hissangizni qo‘shasiz. Zero, bugun sizni erkin va mukammal ta’lim olishingiz, kelajagingiz va porloq istiqbolingiz uchun mustahkam sharoit yaratildi va bu ishlar izchil davom etmoqda. Sizdek, qalbi pok orzu-umidlar bilan to‘lgan azmu shijoatli yoshlar timsolida xalqimiz va vatanimiz keljagini ko‘ramiz. Sizga faqat omad va baxt hamroh bo‘lsin.

    Qurilish vaziri Botir Zokirov

    “Birgina kitob o‘qitish bilan ish bitmaydi”

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    “Har bir ibtidoning o‘z intixosi bo‘lgani kabi bugun oliy ta’lim muassasalari bag‘rida o‘qib-izlanayotgan talabalar ertaga bizning mehnatimiz mahsulini namoyon etuvchi bitiruvchiga aylanadi. Bu davr yoshlar uchun eng sinovli palla ekanini e’tirof etish joiz.

    Men yoshlarimizdagi bu o‘tish davri iztiroblarini qalban his etaman. Biz ham bu zinalarni bosib o‘tganmiz, bir maslahatgo‘yga, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatguvchiga ehtiyojimiz bo‘lgan.

    Bugun auditoriyalarni to‘ldirib o‘tirgan, ko‘zlari ishonchdan yonayotgan, bizlarga ustoz degan sharafni bergan har bir talabaning hayotdan umidlari katta. Chunki ular jamiyatning bir parchasi bo‘lgan oilalarning vakillari. Ular shu oilalarning niyat va rejalari, orzularini ro‘yobga chiqarish, bu yo‘lda shaxsiy, jamoaviy vazifalarni ado etish uchun qarshimizda turibdilar. Demak, haqiqat shuki, ular bitirganda bu maqsadlar amalga oshishi kerak, ularni bunga qodir qila olishimiz kerak.

    Nazariya bilan barcha rejalarimizga erisha olmasligimizni hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi. Auditoriyalarda endilikda maktab bitiruvchisi emas, ishchi-xodimlar, amaliyotni ko‘rib qo‘yganlar o‘qiyapti. Birgina kitob o‘qitish bilan ish bitmaydi. Tashqarida, oyna ortidagi haqiqiy manzara ichida bo‘lishimiz zarur. Shunda o‘rganmoqni o‘rgatmog‘i, sochmoqni termog‘i, yozmoqni yaratmog‘i, boshlamoqni bitirmog‘i borligi teran anglanadi. Hayot go‘zalliklari, yashamoq ne’mati, yoshlikning oltin damlari aynan manashu mashaqqatlarda yoshlarga shirin tatiydi. Prezidentimiz tomonidan talabalarning ish bilan ta’minlanishi, bandligiga qaratilayotgan alohida e’tibor zamirida ham uzoqni ko‘zlash, yoshlarni jamiyat bag‘rida asrash, ularga hamisha mamlakat uchun kerakliklarini anglatish, kelajakka talabalalik davridanoq cho‘chimay shahdam qadam tashlashni o‘rgatishday ezgu maqsadlar mujassamdir.

    Biz talabalarimizga xatolardan umidni, mashaqqatdan zavq olishni o‘rgatishimiz zarur. Zero, ular umrning eng g‘unchalagan davrida bizga suyanadilar.

    Bugun hayot xatarlari kuchayib bormoqda. Bir bolaga mehr bilan bilim berib, kamolga yetkazib, elga qo‘shib, qaddi bo‘yini ko‘targanimizda vaqt o‘g‘rilari bo‘lgan – axborot huruji, dangasalik, loqaydlik, vatanparvarlik hissining yo‘qligi, beqarorlik, vaqtichog‘lik, tushkunlik kabi tuzoqlar farzandlarimiz atrofida aylanmoqda. Agar vaqtida bu hatarlarni oldini olmasak u o‘z domiga butun mehnatimizni tortib ketadi, kelajakni yutib yuboradi. Yoshlarni yaxshilar orasiga, niyati, maqsadi bir bo‘lgan jamoa ichiga olib kirishimiz lozim. Shundagina u haqiqiy bitiruvchi sifatida taqdirini to‘g‘ri hal qilishni, boshlaganini bitirishni o‘rganadi.

    Oliy ta’lim vaziri Abduqodir Toshqulov

    “Fidoyilik hamda halollik kabi xislatlarni namoyon qila oladigan davlat xizmatchisi bo‘lishingiz tarafdoriman”

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Aziz bitiruvchilar, jonajon maktabingiz, qadrdon ustozlaringiz va bir partada yonma-yon o‘tirib, oila a’zolaridek bo‘lib qolgan sinfdoshlaringiz bilan xayrlashib, hayotingizning yangi, yanada mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan samimiy tabriklayman.

    Bunyodkorlik, yaratuvchanlik, har doim o‘qish va izlanishda bo‘lib, yurtimiz taraqqiyoti, uning rivoji, ertangi kuni uchun kerakli insonlar bo‘lib yetishishingizda omadlar tilayman.

    Albatta fikr erkinligi, xilma-xilligi ko‘p va ularni hurmat qilamiz. Lekin, bugun sizning shaningizga bildirilayotgan ezgu tilaklar qatorida, kimlardir davlat xizmatchisi bo‘lishni tanlamang degan maslahatlarni ham berishdi.

    Xalqimizning xizmat qilgan elda aziz, degan iborasi bejizga aytilmagan. Shu o‘rinda davlat xizmatchisi bu — xalq xizmatkoridir.

    Yangi O‘zbekiston me’mori va tashabbuskori hisoblanuvchi prezidentimiz tomonlaridan belgilangan bugungi va ertangi avlodlarimizning “Uchinchi Renessans” poydevorini birgalikda qurishimiz uchun yuksak kasbiy mahorat, kuchli iroda sohibi, o‘rni kelganda mardlik, fidoyilik hamda halollik kabi xislatlarni namoyon qila oladigan davlat xizmatchisi bo‘lishdek eng sharafli kasbni tanlashingiz tarafdoriman.

    Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev

    “Iqtidor o‘zidan o‘zi paydo bo‘lmaydi, uni namoyon qilish uchun harakat qilish kerak”

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova

    Foto: “Daryo” / Dilruh Isomiddinova
    25-may – an’anaviy “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni. Yurtimizning minglab bitiruvchilar shu kuni maktab darslari bilan xayrlashib, katta hayotga qadam tashlaydilar. Katta hayot muborak bo‘lsin, aziz bitiruvchilar!

    Bugungi kunning ramziy belgisi  qo‘ng‘iroq ekan, men sizga har kuni, har onda atrofingizdagi “qo‘ng‘iroqlar”ga quloq tutishingizni, sergak bo‘lishingizni tilab qolaman. Dunyo qay yo‘nalishda rivojlanyapti? Umumbashariy va yurtimizdagi  muammolarni hal qilishga men qanday hissa qo‘sha olaman? Atrofimdagi do‘stlarim, yaqinlarim nimalar bilan band? Mana shu va ko‘plab boshqa savollarga javob izlang, o‘qing, o‘rganing, mehnat qiling. Hech bir ishga loqayd qaramang. Maqsadlarni katta oling, qadamlaringiz keng bo‘lsin, shunda ulkan yutuqlarga erishasiz. Iqtidor o‘zidan o‘zi paydo bo‘lmaydi, buni ham unutmang. Iqtidorni namoyon qilish uchun harakat qilish kerak. Hech qachon uddalolmayman, bu ishni bajarib bo‘lmaydi, deb negativ fikrlamang – negativ bor joyda rivojlanish bo‘lmaydi. Katta-katta ishlarni bajarishni va shu orqali yutuqlarga erishib yurishni orzu qiling. Va orzularingiz ro‘yobi uchun tinimsiz harakatda bo‘ling!

    Yangi g‘oyalaringiz, fikrlaringiz, loyihalaringiz bormi? Ularni tashlab qo‘ymang. Shu g‘oyalarni rivojlantirish uchun hozirda yaratilayotgan barcha imkoniyatlardan foydalaning. O‘zingiz tanlagan sohadagi eng yetakchi markazlar, oliy ta’lim muassaslari, mutaxassislar, olimlar, ekspertlarga intiling. Shu bilan bir qatorda xorijda o‘qishingizni davom ettirasizmi, O‘zbekistonda ta’lim olasizmi o‘zligingizni unutmang, doimo shu yurt farzandi ekaningizdan g‘ururlaning. Yurtimiz ravnaqi, Yangi O‘zbekistonimiz rivoji uchun bilimli mutaxassis bo‘lib yetishing!

    Innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov

    “Maqsadlaringizga erishish yo‘lida sobitqadam bo‘lishingizni tilab qolaman”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”
    Bugun yurtimizning barcha umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq jaranglamoqda. O‘quvchilar qalbidagi hayajon hamda sinfdoshlari, ustozlari va qadrdon maktabi bilan xayrlashish onlaridagi ko‘zyoshlarni hech bir so‘z bilan ta’riflab bo‘lmaydi. Bu kunlarning gashti bo‘lak, bu onlarning quvonchi, zavqi o‘zgacha...

    Qadrli maktab bitiruvchilari!

    Bugun katta hayot ostonasiga yetuklik shahodatnomalari ila shahdam qadam bosyapsiz. Bu umringizning yanada mas’uliyatli, sinovli pallalariga yetib keldingiz degani. Ulg‘ayishlik baxti bilan tabriklayman!

    Shaxsiy hayotini qurish hech kimda oson bo‘lmagan, siz ham bu jarayonda turli to‘siq va qiyin pallalarga duch kelishingiz mumkin. Endi sinfdoshlaringiz ham yo Oliy ta’limda o‘qishni davom ettiradi, yoki halol mehnati bilan biror kasbni o‘rganib, oilasiga qanot bo‘ladi. Eng muhimi, bu yo‘ldagi sinovlar qarshisida yengilmasligingizni, maqsadlaringizga erishish yo‘lida sobitqadam bo‘lishingizni tilab qolaman!

    Maktabda olgan bilimlaringizni kelgusida yana-da mustahkamlab, Vatamizga, el-yurtimizga munosib xizmat qiladigan yetuk insonlar bo‘lishingizga tilakdoshman. Maktabdagi so‘nggi, katta hayot ostonasidagi ilk qo‘ng‘irog‘ingiz muborak bo‘lsin.

    Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin

    Mavzuga doir:

    • “Inson muvaffaqiyatining 90 foizi uning aynan o‘ziga bog‘liq”. Xalq ta’limi vaziri maktabni bitirayotgan yoshlarga murojaat yo‘lladi
    • “Bugungi chalinayotgan qo‘ng‘iroq so‘nggisi emas, aksincha birinchisidir”. Mashhurlardan bitiruvchilarga tilaklar

    25.05.2022, 11:12   Izoh (0)   23482
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 26-may kuni qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    25.05.2022, 10:42

    Madaniyat vazirligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari nimalarga sarflanishi belgilandi

    25.05.2022, 10:25

    Rossiya Mehnat vazirligi O‘zbekistondan kelishi mumkin bo‘lgan migrantlar soniga qo‘yilgan cheklovni olib tashlashni rejalashtirmoqda

    25.05.2022, 09:22

    Farg‘onada o‘quvchi qiz o‘qituvchidan tanbeh eshitgach sinf derazasidan sakradi (video)

    25.05.2022, 08:50

    Buxoroda “Xalqaro zardo‘zlik, zargarlik va kashtachilik san’ati” festivali yakunlandi

    25.05.2022, 08:43

    Jizzaxda to‘yxonaning ikkinchi qavatida noqonuniy faoliyat yuritib kelgan tungi klub faoliyatiga chek qo‘yildi

    25.05.2022, 07:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Sistit — bu uyat emas!


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.