• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    “Ular — ongsiz odamlar”. G‘ulomjon Yoqubov qo‘shiq talashayotgan xonandalar va o‘zini o‘ldiga chiqarayotganlar haqida

    O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 1-mart kuni 75 yoshni qarshilaydi. U qo‘shiqchi nabirasi, 25 yildan buyon konsert berishi, qo‘shiq talashish ongsiz odamlarning ishi ekani va uni o‘ldi deya yolg‘on xabar tarqatganlar haqida “Daryo”ga intervyu berdi.

    G‘ulomjon Yoqubov 50 yildan ortiq vaqtdan buyon san’atda. U 25 yildan buyon doim 1-2-mart kunlari konsert berib, tug‘ilgan kunini muxlislari davrasida nishonlaydi.

    — Tug‘ilgan kunimda menga ko‘pchilik bilan u yer bu yerda o‘tirib bazm qilish ma’qul emas, uni o‘rniga sahnada kuylasam, xalq meni eshitsa, dardlarimni to‘kib sochsam, deyman. Kimdir restoranni ma’qul ko‘rar, lekin menga muxlislar bilan bo‘lish yoqadi. Endi bu yil tavallud kunim Ramazon oyining ilk kuniga to‘g‘ri kelayotgani sababli, bu oyning hurmatidan konsertni bir kun avvalga ko‘chirdik, ertasiga esa yaqinlar bilan iftorlik qilamiz, deydi ustoz xonanda.

    Foto: “Daryo”

    G‘ulomjon Yoqubov farzandlari san’atkor bo‘lishiga tish-tirnog‘i bilan qarshi bo‘lgan. Ammo nabiralarga bu sohaga kirishga ruxsat berdi. Uning o‘g‘il nabirasi bir necha konsertlarda qo‘shiq kuylab chiqayotgan bo‘lsa-da, bu yigit san’atkorning nabirasi ekani haqida ommaga aytilmadi.

    — Qo‘shiqchi nabiram haqida hech qayerda gapirmasligimning sababi ko‘z tegmasin deyman. U hali go‘dak, ovozi o‘zgarishi bor. Yoshligidan tanilgan qanchadan qancha mashhur xonandalar bor, ovozi bilan dunyoni hayratga solgan. Ammo birozdan so‘ng ovozi o‘zgarib ketgan. Hali yosh bolaning ovozi rasta bo‘ladi, shu jarayondan o‘tib olgani — hisob. Bu yilgi konsertda chiqish qilmaydi, ovozi o‘zgaryapti. Bunday vaqtda ovozni asrab turish kerak, deydi G‘ulomjon Yoqubov.

    Xalq artisti o‘zining qo‘shiqlarini boshqa xonandalar kuylashiga qanday qaraydi?

    — Yorqinxo‘jaga ruxsat berdim, “Dilorom”ni kuyladi. Kaverda ham o‘zim o‘tirgandim, menga yoqdi, bo‘ldi, kuylayver, dedim. Qayerga borsak ham birgalikda aytib beringlar, deyishadi. U qanday aytgan bo‘lsa, men ham unga qo‘shilib kaver qilib aytib beraman. Bunga hech qarshiligim yo‘q, faqat qo‘shiqni buzib tashlamasa bas. Hech kim kuylamasin, deyish noto‘g‘ri, dedi san’atkor.

    Hozir avj olayotgan qo‘shiq talashish, ustoz san’atkorlarning qo‘shig‘i kuylansa, taqiq qo‘yish kabilarga G‘ulomjon Yoqubov nima deydi?

    — San’at — xalqniki. Xalqning ichidan chiqdimi, unga berish kerak. Qo‘shiq qayta kuylansa, ko‘proq yashaydi, hech kim aytmagandan keyin bora-bora yo‘q bo‘lib ketadi. Bu qo‘shiqni sen kuylama deyish ongsiz odamlarning fikri, ongsiz odamlarning da’vati. O‘sha gapni gapirganlar — eng ongsizlar! Ularni faqat ongsiz deb o‘ylayman. Ular fahm-farosati yo‘q odamlar! Bemalol aytaverish kerak, faqat qo‘shiq buzilmasa bo‘lgani. Men hammaga qo‘shiqlarimni aytishga ruxsat beraman, ma’qul kelgan bo‘lsa, bemalol, dedi xalq artisti.

    Odamlarning san’atga munosabati bugun qanchalik o‘zgargan? Bugungi shou-biznesning ahvoli haqida san’atkor quyidagicha fikrda

    — Bizga maqom maktab paytidan o‘rgatilgan. Hozirgilar shov-shuvni orqasidan ergashadi. Bu o‘zbek san’ati emas, shou-biznes, pul topish yo‘li. Qo‘shiqda o‘zbek ohangi, nolasi va dardi, avji bo‘lishi kerak. Bugungi qo‘shiqlarda dard yo‘q, nola yo‘q. Bitta gapni qaytaveradi, “ura-ura” qilib bir narsani aylantiraveradi. O‘tirgandayam, yotgandayam shu qo‘shiq, klipi ham aylanaveradi. Yosh bolaning qulog‘i xohlasa, xohlamasa shuni eshitadi. Menga necha marta hakam bo‘ling deyishadi. Bormayman, chunki undaylarni eshitib g‘ashim keladi. Qaysi birini maqtay olaman keyin? Ovozi mustahkam yigit-qizlar bor, o‘shalarni qo‘llab-quvvatlash kerak. “Shaldir-valdir”lar nimaga kerak? Men 20-30 yildan beri qarab yuribman — besh yil chiqadi yo‘q bo‘ladi, uch yil chiqadi yo‘q bo‘ladi. Lov etib yonib, puf etib o‘chadi. O‘zbekning san’ati tamoman boshqacha! Ba’zi qo‘shiqlarga quloqni yopib olish kerak, umuman eshitib bo‘lmaydi. Lekin aynan shularga o‘rtaga tushib olib o‘ynashadi, yoshlarni buzyapti bular. To‘y deb faqat bir xil narsa qilish kerakmas, deydi xalq artisti.

    Foto: “Daryo”

    Bir necha oy ilgari G‘ulomjon Yoqubov haqida tarqalgan yolg‘on noxush xabar ko‘pchilik singari san’atkorning o‘ziga ham qattiq botdi...

    — Hayotda har xil odam bor, ajrata olmaysiz. Tirik odamni o‘ldi deyish nimaga to‘g‘ri keladi? Men birovni bekordan bekorga o‘ldi deb gap tarqatsam, menga Xudo ko‘rsatadi. Bu bir misol. Avval tekshirish kerak, rost bo‘lsa keyin aytish kerak. Orqadan valdir-vuldir gap nega kerak? Bu noxush xabar qalbimga og‘ir botdi. Tushunsa tushunmasa, yana shunday xabar tarqatishyapti. Yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi. Ularga gapirishning foydasi yo‘q ekan, insof bersin. Meni “o‘ldi”ga chiqarishsa ham, ijodimni qilib kelyapman. Shunday deganlarga ham umr tilayman. Ijodimni to‘xtatmoqchimasman, umrimning so‘nggigacha xalqqa xizmat qilaman, deydi G‘ulomjon Yoqubov.

    San’atkor haqida gap ketar ekan, uning garderobi alohida mavzuga aylanadi. G‘ulomjon Yoqubov kostyumlari haqida barcha uchun qiziq savollarga javob berdi:

    Foto: Instagram

    — Men chet elga borsam, faqat do‘kon qidiraman. O‘zimizdagi do‘konlarga kirmasligim mumkin, lekin chetdan, albatta, o‘zimga mos narsa topib chiqaman. Bir yilda 3-4 marta boraman, Yaqinda ham garderobimni ko‘rsatishimni so‘rashdi. Yo‘q, ko‘rsatmayman, nima qilaman ko‘rsatib? Odamlar uyi bilan, mashinasi bilan maqtanadi, menga yoqmaydi bunday qilish, shuning uchun garderobimni ham ko‘rsatmayman. Kiyganimda ko‘rishsin, yoqsa, qabul qilishsin. Shuning o‘zi yetadi. Eng qimmat kostyumim narxini ham aytmayman. Qurbi yetadigan odam bor, yetmaydigani bor. Birovning g‘ashiga tegib nima foyda topaman? 30-40 yil avval kiyganlarim ham turibdi, mendan keyin muzey qilishadi (kulib), deydi ijodkor.

    Suhbatni Daryo Lifestyle YouTube sahifasida to‘liq tomosha qiling.

    22 fevral, 21:20   Izoh (0)   31731
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #G‘ulomjon Yoqubov

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Istiqlol” saroyi direktori: Jonli ijroda qo‘shiq aytaman degan xonanda likopchada ham qo‘shiq aytaveradi

    09.09.2017, 14:46

    #bookchallenge: Sherali Jo‘rayev va Yulduz Usmonova Toshkentdagi maktablarga kitoblar taqdim etdi

    28.03.2019, 10:14

    Lola Karimova tug‘ilgan kunida o‘ziga nimani tiladi? Rayhon farzand kutyaptimi? Instagram yangiliklari

    05.07.2020, 22:35

    Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 29 yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at va OAV xodimlarini mukofotladi

    27.08.2020, 22:42

    “Ichgani suvi ham yo‘q — u yerdagi suv ichishga yaroqsiz ekan”. Shoir Shamsiddin Sadoiy og‘ir ahvolda Zangiotadagi YuKShda yotgani ma’lum bo‘ldi

    30.09.2020, 15:42

    Ko‘ksaroyda tashkil etilgan davlat mukofotlarini topshirish tadbirining e’tiborga molik lahzalari — suratlarda

    28.12.2020, 23:58

    O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov bir yilda farzandi, ayoli va onasidan ayrilgani hamda 50 yoshda yana farzandli bo‘lgani haqida so‘zlab berdi (video)

    14.04.2021, 13:20

    Instagram: Ijodga qaytgan Shahnoz, qimmat mashina sotib olgan Ozod Xurramov, farzandli bo‘lgan juftlik

    29.10.2021, 22:36

    Sherali Jo‘rayevning ko‘p yillik hamkori, 22 yoshida unvon olgan, “Bahor”da charxlangan: taniqli raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova 56 yoshda (fot...

    29.11.2021, 12:51

    Yulduz Usmonovadan Lobodagacha: Toshkentda kutilayotgan konsertlarning chipta narxi qancha?

    11.02.2022, 11:41

    Instagram: Turmush o‘rtog‘ining yuzini ko‘rsatgan Zarina Nizomiddinova, Shahzod Sultonov Feruza Normatovaga uylanyaptimi? Parizodaga qizlarining romantik sovg‘asi

    14.02.2022, 22:12

    Mahmud Namozovdan Ra’no Yarashevagacha. Farzandidan bevaqt judo bo‘lgan o‘zbekistonlik san’atkorlar (video)

    23.02.2022, 15:14

    Instagram: Marjona Mirzaaliyevaga Malibu sovg‘a qilishdi, Moskvada yashagisi kelmayotgan Lola, serial syomkasi vaqtida oyog‘ini sindirib olgan aktrisa

    03.03.2022, 09:20

    Suratga olish maydonchasida tanishib, bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    10.05.2022, 19:54

    Ikki marta uylangan, xalq artistlari tan olgan “Xorazm bulbuli”. Og‘abek Sobirovning sinovlarga to‘la hayoti va ijodi haqida (foto, video)

    27.06.2022, 12:23

    Instagram: Yulduz Usmonovaning Ozarbayjondagi konserti, sariq bolaga atab qo‘shiq kuylagan Jahongir Poziljonov, qo‘rqib ketgan Durdona Qurbonova

    30.07.2022, 22:39

    Instagram: Feruza Normatovaga qozonkabob tayyorlagan Shahzod Sultonov, Mehriddin Rahmatov xonadonida to‘y, Ziyodadan yangi qo‘shiq

    08.08.2022, 22:33

    Instagram: Shukurulloh domla bilan quda bo‘lgan Ozodbek Nazarbekov, Munisa Rizayevaning dabdabali tug‘ilgan kuni, qizini uzatgan “Qalpoq”chi Maraymamat

    22.10.2022, 22:55

    Instagram: Ozodbek Nazarbekov o‘g‘lining to‘yidagi yulduzlar yog‘dusi, yangi mashinali bo‘lgan Liil Xurramov, Yigitali bilan yarashgan Muqaddas

    23.10.2022, 22:50

    Suratga olish maydonchasida tanishib, bir-biriga ko‘ngil qo‘ygan o‘zbek shou-biznesi vakillari (video)

    06.01.2023, 11:52

    Yetimlikda ulg‘aygan, bir kunda ikki o‘g‘lidan ayrilgan: O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 73 yoshda (foto)

    02.03.2023, 13:13

    Instagram: Avariyaga uchragan aktrisa, G‘ulomjon Yoqubovga to‘n kiydirgan vazir, farzand kutayotgan Hulkar Abdullayeva 

    03.03.2023, 22:45

    G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga turmushga chiqqan, 32 yoshida “xalq artisti”ga aylangan Gulsanam Mamazoitova 42 yoshda

    22.03.2023, 21:28

    Xonanda Yorqinxo‘ja Umarov madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning qizi Zinnuraga uylandi (foto, video)

    19.09.2023, 21:36

    “Ikki farzand dog‘ini ko‘tarishimga san’at yordam bergan”. Mahoratli suxandon O‘tkir Siddiqov zamondoshlari xotirasida 

    27.11.2023, 18:44

    Otasiz ulg‘aygan, G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan va unvon olish borasida boshqalardan o‘zib ketgan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto)

    22.03.2024, 12:28

    “Tilanglar tilaklaringni, prezident bu gapni boshqa aytmaydi!”: Islom Karimov bilan bog‘liq qiziq voqealar

    02.09.2024, 15:50

    Qizil yo‘lakchadagi ilk qadamlar, hayajon, muxlislar e’tirofi — “Zamin yulduzlari” taqdirlash marosimidan reportaj (video, foto)  

    08.10.2024, 20:39

    Instagram: O‘zbek shou-biznesidagi to‘ylar, Durdona Qurbonovaning singlisiga qimmatbaho sovg‘asi, G‘ulomjon Yoqubovning yoshlik siri nimada?

    14.10.2024, 10:40

    Ozoda Nursaidova, Hamdam Sobirov va Lola. “O‘zbegim — 2024” mukofoti qaysi san’atkorlarga nasib etdi? (video)

    26.12.2024, 21:11
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Britaniyaliklar Trampning harakatlarini mamlakat xavfsizligiga eng katta tahdid deb bilmoqda — Politico

    Dunyo | 18 iyul, 00:10

    “Rossiya va Xitoy bilan urush 2027-yilda boshlanishi mumkin” — NATO generali

    Dunyo | 17 iyul, 23:55

    Zelenskiy Tramp bilan “mega kelishuv” rejalashtirilayotganini bildirdi

    Dunyo | 17 iyul, 23:45

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    Sport | 17 iyul, 23:16

    Suriyada arab badaviylarining ommaviy qirg‘ini sodir bo‘ldi

    Dunyo | 17 iyul, 23:14

    Pul savdosi: o‘zbekistonliklar banklarga qancha valyuta sotmoqda?

    Iqtisodiyot | 17 iyul, 23:07

    “SSKA” sobiq darvozabonlar murabbiyi: “Fayzullayev ketayotganidan afsusdaman”

    Sport | 17 iyul, 21:35

    AQSH Senati Trampning USAID tashkiloti va ikki OAV xarajatlarini bekor qilish haqidagi qonun loyihasini ma’qulladi

    Dunyo | 17 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.