• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Sherali Jo‘rayevning ko‘p yillik hamkori, 22 yoshida unvon olgan, “Bahor”da charxlangan: taniqli raqqosa, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova 56 yoshda (foto)

    O‘zbek raqs maktabining munosib davomchilaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Rushana Sultonova 27-noyabr sanasida tavallud topgan. Hamisha yosh va go‘zal ko‘rinuvchi raqqosa bugungi kunda ham o‘zining nozik, nafis va ba’zan jo‘shqin harakatlari bilan odamlarga zavq bag‘ishlab kelmoqda. Quyida 56 yoshga to‘lgan Rushana Sultonovaning hayoti va ijodiy faoliyatiga nazar tashlaymiz.

    “Ustozlar borasida omad kulib boqqan”

    Rushana Sultonova 1965-yilda Buxoro viloyatining Gazli shahrida ziyoli oilada tug‘ilgan. Otasi energetika sohasida, onasi ta’lim tizimida faoliyat yuritgan. Bolaligidan raqs tushishni yaxshi ko‘rgan Rushanani yaqinlari kichkinaligida hech qanday to‘garakka olib bormaydi. 1979-yili hozirgi Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabiga o‘qishga kirgach, professional raqqoslardan saboq ola boshlaydi.

    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    “Menga ustozlar borasida omad kulib boqqan, deb bemalol ayta olaman. O‘z vaqtida va o‘z joyida o‘z ishining ustalari qo‘liga tushish baxt! Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida o‘zbek raqsidan ilk ustozim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Zulayho Rahmatullayeva dars bergan.

    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    Keyinroq xoreograf, baletmeyster, O‘zbekiston xalq artisti Halima Komilova (taniqli doirachi, o‘zbek raqsining asoschilaridan biri usta Olim Komilovning qizi) meni yoniga olib, yangi raqslar o‘rgata boshladi. Ta’til vaqtlari ustozim meni o‘zi ishlaydigan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatriga olib borardi. O‘shanda birinchi marta bu teatrning hashamatli sahnasini, balet zallarini ko‘rganman va hayratlanganman. Halima opa menda teatrga muhabbat uyg‘otgan.

    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    1984-yil o‘qishni tamomlayotgan vaqtimizda turli ansambllar, teatrlar rahbarlari kelishib, raqqosalarni saralab olishdi. Shunda meni Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrining bosh baletmeysteri Galiya Izmaylova tanlab oldi va teatrga ishga taklif etdi. Men bilan birga Malika Ahmedova hamda Klara Yusupova ham bor edi.

    Shuningdek, SSSR xalq artisti Bernora Qoriyeva bilan ishlash baxtiga muyassar bo‘lganman, ularni ham ustozim deb bilaman”, — deydi Rushana bir intervyusida.

    “Bahor”da ishlaganimdan faxrlanaman”

    Vaqt o‘tib, taqdir Rushanani O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova tomon yetaklaydi. U taniqli raqqosani o‘zining ikkinchi onasi, deb biladi.

    “Men juda kamsuqum, kamtar qiz bo‘lganman. O‘zimni ko‘rsatishni bilmasdim, birov so‘ramasa gapirmasdim. Viloyat opa menga ‘San’atda odam jasurroq bo‘lishi kerak, eshikdan haydasalar, teshikdan kirish lozim’ derdi.

    Rushana Sultonova ustozi, O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova bilan

    Rushana Sultonova ustozi, O‘zbekiston xalq artisti Viloyat Oqilova bilan
    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    Bu inson bilan birga hayotimning, ijodimning qaynoq damlari o‘tgan. Ustozim menga turli raqslarni o‘rgatdi, liboslarni ham birga tikardik, har qanday kunimda yonimda bo‘ldi, ko‘p safarlarga birga bordik. Bir so‘z bilan aytganda, Viloyat opa menga ikkinchi onamdek bo‘lib qoldi. Meni Rushana Sultonova qilgan Viloyat Oqilova bo‘ladi”, — deydi raqqosa.

    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    Rushana Sultonova 1987-yili 22 yoshida “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist” unvoni bilan taqdirlanadi. U teatrda ishlash barobarida hozirgi O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutida tahsil oladi. 1994-yilda teatrdagi o‘n yillik faoliyatiga nuqta qo‘yadi va huddi shu yildan “Bahor” ansambliga ishga o‘tadi.

    “O‘zbekiston xalq artisti Ma’mura Ergasheva taklifi bilan “Bahor”ga o‘tganman. Ular u yerda rahbar edi. Ma’mura opaga rosa havas qilardim. Ustoz hamma raqslarni shunaqa yengil ijro etardi va kuchli pedagog edi. “Bahor”da shunday san’atkor bilan birga ishlash juda qiziqarli bo‘lgan. Ma’mura opa menga Mukarrama Turg‘unboyeva uslubini o‘rgatgan.

    Rushana Sultonova hamksablari bilan

    Rushana Sultonova hamksablari bilan
    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    “Bahor”da ishlaganimdan doim faxrlanib kelaman. Ansambldagi muhit, men ko‘rgan maktab, ustozlar, qizlar – baridan ko‘nglim to‘lgan. Har bir raqs ustida qayta-qayta ishlardik. Qizlar orasida eng kichigi bo‘lganman, ustozlar meni namuna qilib ko‘rsatishardi. Qizlar chertib-chertib, saralab olingani edi, har biri kuchli raqqosa edi. Hayotimda “Bahor” menga “tashrif qog‘ozi” kabi xizmat qildi”, — deya xotirlaydi Rushana Sultonova.

    Aktrisalik faoliyati

    Taniqli raqqosa o‘zidagi aktrisalik qobiliyatini ham yuzaga chiqarish niyatida ikkita filmda suratga tushadi. Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya oliy maktabida o‘qib yurgan kezlari, ya’ni 1980-yili “O‘zbekfilm” rejissorlari tomonidan o‘tkazilgan kastingda ishtirok etadi. Sinovdan muvaffaqiyatli o‘tib, “Komila” nomli filmda Guli rolini talqin qiladi.

    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    1986-yili “Tojikfilm” kinostudiyasi tomonidan “Ming bir kecha” ertagi asosida “Shahrizodaning yangi ertagi” filmida suratga tushadi. Tohir Sobirov rejissorligidagi mazkur kartinada bosh baletmeyster Galiya Izmaylova bo‘ladi. Uning taklifi bilan epizodik rolga tasdiqlangan Rushana filmda arabcha raqs ijro etadi. “Shahrizodaning yangi ertagi” Qrim va Dushanbeda syomka qilinadi.

    19 yoshli “Sanam”

    1998-yil “O‘zbekiston xalq artisti” unvoniga loyiq ko‘rilgan Rushana Sultonova bir yil davomida “Yetti go‘zal” ansamblida ijod qiladi. U 2002-yildan buyon turmush o‘rtog‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuhrat Vohidov bilan Temiryo‘lchilar san’at saroyi qoshida tashkil etgan “Sanam” raqs ansamblida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Rushana Sultonova shogirdlari davrasida

    Rushana Sultonova shogirdlari davrasida
    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    “Yoshlar bilan ishlash menga yoqadi. Mana hozir ular orasida Dilrabo Bozoraliyeva, Sitora Avezova, Nigina Abdukarimovalar yetuk raqqosalar bo‘lib yetishdi. Biz ansambl bilan temiryo‘llari bo‘ylab safarga chiqamiz va konsertlar beramiz, chet ellarga boramiz. AQSh, Xitoy, Belgiya, Fransiya, Gollandiya va Turkmanistonda bo‘ldik.

    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    Men asosan mumtoz maktabni davom ettirishga harakat qilayapman. Shakl o‘zgargani bilan mohiyat o‘zgarmaydi. Milliy raqsimizni Mukarrama Turg‘unboyeva Ma’mura Ergashevaga, Ma’mura Ergasheva menga o‘rgatdi. Men esa “Sanam”dagi qizlarimga o‘rganib kelyapman. Ertaga ular ham yangi avlod raqqosalarini yetishtiradi. Raqs maktabimiz shu tariqa davom etyapti. Bu juda yaxshi an’ana”, — deydi taniqli san’atkor o‘z intervyularida.

    Sherali Jo‘rayevdan Ozodbek Nazarbekovgacha...

    Rushana Sultonova muxlislari orasida katta avlod vakillari ko‘pchilikni tashkil etishi shubhasiz. U faoliyatining ilk yillarida Sherali Jo‘rayev, G‘ulomjon Yoqubov kabi ustoz san’atkorlar va “Yalla” ansambli bilan hamkorlik qilib, raqslari bilan tomoshabinlar nazariga tushgan. Bugungi kunda ham yuqorida nomi qayd etilgan san’atkorlar ishtirokidagi loyihalarning ayrimlarida hirom aylaydi.

    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    Bundan tashqari, shogirdlari bilan Ozodbek Nazarbekov, Hulkar Abdullayeva, Avazbek Olimov singari taniqli xonandalarning konsert va kliplarida ham chiqish qiladi.

    Rushana Sultonova barcha viloyatlar bo‘yicha folklor raqslarni ijro etgan. “Doira chorlaydi”, “Buxorocha”, “Qizbola”, “Xorazm raqsining tug‘ilishi”, “Bahor ayyomi”, “Sarvinoz”, “Orazibon lazgisi”, “Gulsanam”, “Uchrashuv”, shuningdek, tojikcha, afg‘onacha va boshqa ko‘plab xalqlar raqslari ijrochisi sifatida tanilgan.

    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    Uning ijrosidagi “Tanovar”, “Munojot”, “Nahori nashta”, “Sho‘x qiz” kabi milliy o‘zbek raqslari ham minglab tomoshabinlariga ega. 1986-yilda u haqda “Rushana Sultonova raqsga tushadi” filmi suratga olingan.

    “Qattiqqo‘l bo‘lganman”

    To‘rt farzandning onasi, qator nabiralarning buvisi bo‘lgan Rushana Sultonova bir intervyusida o‘g‘il-qizlarining tarbiyasida onasining o‘rni katta ekanini ta’kidlaydi.

    Rushana Sultonova turmush o‘rtog‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuhrat Vohidov bilan

    Rushana Sultonova turmush o‘rtog‘i, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Shuhrat Vohidov bilan
    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    “Farzandlar tarbiyasida juda qattiqqo‘l bo‘lganman. San’atkor uchun yaqinlarining yordami juda muhim. Yordamchilaring bo‘lmasa, ham oilani eplash, ham san’atda faoliyat yuritish qiyin. Chunki biz juda ko‘p safarlarda bo‘lamiz. Bu borada menga ota-onam katta yordam qilishgan.

    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    Men onamga bolalarimni bemalol ishonib ketardim. Onam bolalarimni bog‘chaga, maktabga, til o‘rganish uchun repetitorlarga olib borardi. Hatto onam nevaralarga qarash uchun nafaqaga erta chiqqan. Volidam xotirjam ishlashim uchun sharoit yaratib bergan. Shu bois yutuqlarimning yarmi, onamga tegishli, desam yanglishmagan bo‘laman.

    Foto: Facebook / Rushana Sultonova

    Farzandlarimga kattalarni hurmat qilishni, ularga  gap qaytarmaslikni o‘rgatganman. Albatta, ularga o‘ziga yarasha erkinlik ham berganman. Chunki bola to‘polon ham qilishi kerak. Ammo bu uning boshga chiqib ketishini bildirmaydi. Vaziyatga qarab ish tutish joiz. Buvisi erkalatsa, men qattiqqo‘llik qilganman, shunday qilib muvozanatni ushlab turganmiz”, —  deydi u.

    Mavzuga doir:

    • O‘zini mashhur qilgan obrazidan uyaladi, muxlisiga turmushga chiqqan, O‘zbekistondagi “eng qimmat” boshlovchi — Dilnoza Kubayeva 35 yoshda (foto)
    • Yetti farzandning kenjasi, 18 yoshida turmushga chiqqan, 8 tilda qo‘shiq kuylagan: O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva 60 yoshda (foto)

    29.11.2021, 12:51   Izoh (0)   70790
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bobur Yo‘ldoshev — hokim, Yulduz Rajabova — soqov: “Diydor”da “Kapalak tushi” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi

    26.11.2021, 20:22

    19 yoshida tanilgan, beayb sud zaliga chaqirilgan, “qirolichalar sahnasi”ga chiqqan ilk Sharq san’atkori: O‘zbekiston Qahramoni Munojot Yo‘lchiyeva 61 yoshda (foto...

    26.11.2021, 18:22

    Fahsh sahnalar, “konfet” aktyor-aktrisalar, saviyasiz ssenariylar. Qo‘ziqorindek bolalagan o‘zbek seriallari haqida

    26.11.2021, 12:47

    Xitoy hukumati media yulduzlarining noma’qbul xatti-harakatlariga qarshi kurashni kuchaytirdi. Ularning ijtimoiy tarmoqlardagi postlari qat’iy nazorat qilinadi

    25.11.2021, 06:32

    Parijda Eynshteynning qo‘lyozma qaydlari rekord qiymatda sotildi

    24.11.2021, 15:20

    “O‘zimga qo‘yilgan qabrtoshdayman”. Edgar Po, Silviya Plat, Frans Kafka — ruhiy muammolardan aziyat chekkan buyuklar

    23.11.2021, 10:43
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Uklonda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Mobiuz “MazzaFest”da yangi “Mazza” va “Mazza 2.0” tarif rejalarini taqdim etadi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Siberian Wellness — O‘zbekistonda 15 yil


    Moliyaviy savodxonlik maktab ostonasidan boshlanadi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar

     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH moliya vaziri mamlakat avgust oyiga qadar defoltga duch kelishi mumkinligini tasdiqladi

    Dunyo | 10 may, 10:20

    Qimor o‘yinlarini reklama qilayotgan “Mash’al”, bloklangan “OKMK” va 2 yildan beri tugamaydigan “Qizilqum”—“Metallurg” uchrashuvi — professional klublarimizning no...

    Sport | 10 may, 10:10

    Ro‘zg‘orbop go‘sht 90–95 ming so‘m — Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston go‘sht arzon davlatlardan biriligini eslatdi

    O‘zbekiston | 10 may, 09:57

    “Kalmar o‘yini” seriali qahramonlari 3-mavsumda omon qolmasligi mumkin

    Madaniyat | 10 may, 09:35

    O‘zbekiston oltin-valyuta zaxiralari qiymati bir yilda 14,1 mlrd dollarga ko‘paydi

    Iqtisodiyot | 10 may, 09:07

    Pokiston havo zarbalari orqali Hindistonning muhim obyektlarini yo‘q qildi

    Dunyo | 10 may, 08:50

    Tong sehri: Jennifer Lopes, Opra Uinfri va boshqa mashhurlar nega soat 5 da turadi?

    Layfstayl | 10 may, 08:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.