• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Ikki marta uylangan, xalq artistlari tan olgan “Xorazm bulbuli”. Og‘abek Sobirovning sinovlarga to‘la hayoti va ijodi haqida (foto, video)

    O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirov 24-iyun kuni 50 yoshini qarshiladi. Faoliyati davomida 30 dan ortiq musiqiy albom, 300 dan ortiq mualliflik qo‘shiqlar ijod qilgan Og‘abek Sobirovning ijodi va hayoti haqida so‘z yuritamiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Og‘abek Sobirov 1972-yil, 24-iyun kuni Xorazm viloyati, Urganch shahrida, temiryo‘lchi Karim ota xonadonida dunyoga kelgan. Ilk musiqiy saboqlarni akasi Maqsud Sobirovdan olgan. 1978-yil 9-o‘rta maktabiga, 1983-yilda 3-musiqa maktabiga o‘qishga kiradi. Musiqa maktabidan so‘ng Urganch shahrida joylashgan san’at kollejida tahsil olgan. Og‘abek Sobirov ko‘plab musiqiy tanlovlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Filarmoniya binosidan AQShgacha…

    Ilk yakkaxon konsertini 21 yoshida Filarmoniya binosida taqdim qilgan xonandaning bu boradagi natijalari hayratlanarlidir. Og‘abek Sobirov poytaxtda 30 ga yaqin, viloyat va tumanlarda 200 dan ortiq yakkaxon konsertlar muallifi bo‘lgan.

    Bundan tashqari AQSh, Germaniya, Fransiya, Belgiya, Kanada, Turkiya, Malayziya, Hindiston, Rossiya, Eron, Janubiy Korea, Vengeriya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, BAA, Isroil, Xitoy, Turkmaniston davlatlarida bir necha marotalab yakkaxon konsert dasturlarini taqdim etgan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    “Xorazm bulbuli” e’tirofidan davlat unvonlarigacha…

    Davlat mukofotidan avval muxlislarning “Xorazm bulbuli” degan e’tirofiga muyassar bo‘lgan Og‘abek Sobirov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoniga 2002-yilda, O‘zbekiston xalq artisti unvoniga esa 2020-yilda munosib ko‘rilgan.

    O‘zbekiston xalq artisti unvonini nisbatan kech olgani haqidagi gap-so‘zlarga xonandaning o‘zi quyidagicha munosabat bildirgan edi.

    San’atkor uchun unvon “Avvalroq berilishi kerak edi” deyilgan gaplarni eshitishning o‘zi katta baxt. Masalan, “Iye, sizga ham berdimi? Tavba”, desa nima qilardim. Unda bu narsani keragi bo‘lmasdi. Chunki u sharaf bo‘lmaydi. Odamlarning ko‘zida soxta san’atkor bo‘lib gavdalanib qolasiz.

    Og‘abek Sobirov, O‘zbekiston xalq artisti

    Tilla otdan pulchambargacha…

    Odamlar orasida “Turkmaniston prezidenti Og‘abek Sobirovga tilla ot sovg‘a qilgani uchun, uni davlat tadbirlariga qo‘yishmayapti”, degan gap-so‘zlarga Og‘abek Sobirov uydirma, bo‘lmagan mish-mishlar deya munosabat bildirgan edi.

    Og‘abek Sobirov unga qo‘shiq qilib aytish topshirilgan she’rni aytmagani uchun uni yoqtirmaydiganlar ko‘paygani, davlat tadbirlaridan chetlashish sabablari haqida shunday deydi:

    Birovga yoqish-yoqmaslik hamma davrda ham bo‘lgan. Masalan, meni ham to‘g‘risini aytishim kerak, o‘sha paytda 15-16 yillar avval kimlarningdir she’rini aytishim kerak bo‘ldi. Shu she’r menga yoqmadi, tanamga singdirolmadim. Qo‘pol qilib aytganda, o‘sha she’rni qo‘shiq qilib aytgim kelmadi. Keyin bu qo‘shiq aytilmadi, shundan boshlandi bu narsa.

    Xalqimizning to‘ylarida ko‘proq bo‘lamiz, bir-ikki kun qolganda “tezda tadbirga yetib keling”, degan davlat chaqiriqlari bo‘lib qoladi. Bormaslikning iloji yo‘q, lekin bu yerda to‘yga aytilganmiz, oylab kutgan odamlar bor, odamlar niyat qilishadi, qancha harakat va orzu niyatlar bilan qilinayotgan to‘yga bir kun qolganda “Borolmayman”, deb aytishni tasavvur qilib ko‘ring. Ularni o‘rniga o‘zingizni qo‘yib ko‘ring. Vijdonim qiynalardi, to‘yni tashlab, u yerga borolmasdim. Har kim har xil tushunishi mumkin. Birov “Pulni deb, ozgina mablag‘ ko‘ziga yaxshi ko‘rindi-yu, davlatning bepul tadbiri ko‘ziga ko‘rinmadi”, deyishi mumkin, lekin unaqa emas.

    Har kimning sharoiti har xil. Kambag‘al odam niyat qiladi. Men borolmasam yuzimga shart aytadi: “Va’da berdingmi? To‘yning sanasini o‘zing belgiladingmi? So‘ragan pulingni berdimmi? Kelasan. Tamom”.

    Xo‘sh nima deb javob qaytarish mumkin? Ushbu savolga hali hanuzgacha hech kimdan qoniqarli javob eshitmaganman. Shu narsalar asta-sekin meni davlat tadbirlaridan chetlashishimga sabab bo‘ldi deb o‘ylayman.

    Og‘abek Sobirov, O‘zbekiston xalq artisti

    Og‘abek Sobirov o‘zbek to‘ylaridagi eng talabgir xonandalardan biri hisoblanadi. 2022-yilda 50 yoshni qarshilagan bo‘lishiga qaramasdan, xonanda ushbu reytingda peshqadam bo‘lib turibdi. Uni muxlislari juda yaxshi ko‘radi, shu qadar yaxshi ko‘rishganidan AQSh dollarlaridan tayyorlangan pulchambarlarni to‘ylarda uning bo‘yniga ilib qo‘yishadi.

    Ikkinchi marta uylangani rost, qaynisinglisga uylangani esa yolg‘on…

    Og‘abek Sobirovning hayotida ko‘pchilik o‘ylagandek faqat yutuqlar, g‘alabalardan iborat bo‘lmagan. U hayotidagi eng yomon hodisa haqida shunday deydi:

    Qaynsinglimga uylanmaganman. Ayolim qarindoshimiz, tog‘amni qizi bo‘lgan. Eslasam boshqacha bo‘lib ketaman. Hayotda eng ezilgan davrim, bu davrni eslasam xuddiki o‘sha hayotga yana qaytgandek bo‘laman. Yaram yangilanadi. Bu hayotda mening yuragimni jarohatlagan eng katta hodisa shu yo‘qotish bo‘ladi. Bunday taqdirni hech kimga, hech qachon ravo ko‘rmayman.

    Og‘abek Sobirov, O‘zbekiston xalq artisti

    Kinodagi birinchi va oxirgi bosh roli haqida

    Og‘abek Sobirov o‘zini kino olamida ham sinab ko‘rgan. U aktyor sifatida “Qizg‘aldoq” deb nomlangan filmda bosh rolni ijro etadi. Ushbu film ham, film uchun yozilgan maxsus qo‘shiq ham juda ommalashgan. Film haqida Og‘abek Sobirov quyidagi fikrlarni aytib o‘tgan.

    Oilamizdagi mudhish voqea, farzandlarimizning onasi olamdan o‘tgandan keyin ularni bir umrga eslatib turadigan yodgorlik sifatida kino suratga olsak degan maslahatlar bo‘lgan. Bu taklifni kutmagan edim. O‘ylab qarasam bu ham savob, ibrat bo‘ladi. Mikoyil Sulaymonov film ssenariysini yozgan, Ibrohim Rasulov filmni suratga olgan. Bu film asosan real voqealarga asoslangan.

    Og‘abek Sobirov, O‘zbekiston xalq artisti

    Xalq artistlari tan olgan Og‘abek Sobirov

    Xalq artistlari Og‘abek Sobirov haqida, uning o‘zbek san’atida tutgan o‘rni, salohiyati haqida quyidagi fikrlarini gapirib berishdi.

    Har kasbda o‘zining kasbini topgan insonga Alloh omadini beraverar ekan. Menimcha, bu kasbda Og‘abek Sobirov ham o‘zini topganlardan. U nafaqat san’atkor, balki ko‘p san’atkorlarga rahbarlik qilib kelayotgan ijodkordir.

    Yulduz Usmonova, O‘zbekiston xalq artisti

     

    Og‘abek haqida ko‘p gapirish mumkin. Og‘abek ulug‘ san’atkor, Xorazmning baxti u. Ko‘plab shogirdlari uning ketidan boradi, chunki u to‘g‘ri yo‘lda, ustozlarning yo‘lidan yurgani uchun, uning ham yo‘lidan yuradigan shogirdlari chiqaveradi.

    G‘ulomjon Yoqubov, O‘zbekiston xalq artisti

     

    Har bir san’atkor hayotda maqsad bilan yashaydi, Og‘abek maqsadiga erishgan san’atkorlardan bittasidir. Xalq uchun, yurt uchun qo‘shiq aytib, o‘z o‘rnimni topishim kerak degan maqsadiga erishgan san’atkor. Aytganda ham o‘zbekni, millatni yuragidagi dard, nolani topib aytdi. Boshqa millatni kuyiga so‘z qo‘yib aytayotgani yo‘q. Uni yurtimiz, xalqimiz sevadi.

    Abduhoshim Ismoilov, O‘zbekiston xalq artisti

     

    Ma’lumot uchun, O‘zbekiston xalq artisti Og‘abek Sobirov bugungi kunda “Lazgi” badiiy ashula va raqs ansanbli rahbari hisoblanadi.

    27.06.2022, 12:23   Izoh (0)   58039
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Onamga 33 so‘mlik mehr bera olmadim”. O‘zbek shou-biznesi vakillarining ota-onasi haqidagi ta’sirli hikoyalari (foto, video)

    24.06.2022, 13:54

    Foto: Saida Mirziyoyeva Turkiya madaniyat va turizm vaziri o‘rinbosari bilan “Lazgi” baleti tomoshasida

    22.06.2022, 12:56

    Fransuz haykaltaroshi Luiza Burjuaning po‘lat “O‘rgimchak” asari 40 million dollarga sotildi

    17.06.2022, 16:49

    O‘zbekiston “Design Miami/Basel” xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda

    16.06.2022, 22:10

    “Ruslan Sharipov darvesh odam edi”. Javohir Zokirov “Ruslan Sharipovni do‘stlari yo‘qlamay qo‘ygan”, degan gaplarga izoh berdi

    12.06.2022, 14:51

    O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan teatrlar soni 50 taga yetdi

    08.06.2022, 07:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:51

    Bektemir Residence — oilaviy turmush uchun mo‘ljallangan uy-joy majmuasi

    Reklama | 7 iyun, 18:00

    Kelgusi hafta boshida ob-havo qanday bo‘lishi maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:35

    Surxondaryoda YPX xodimlari qochishga uringan haydovchiga kuch ishlatdi (video)

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:00

    Ronaldu klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etadimi? Futbolchining o‘zi bu haqda gapirdi

    Sport | 7 iyun, 16:33

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    Dunyo | 7 iyun, 16:20

    So‘nggi 30 yilda ikki baravarga ko‘paydi: O‘zbekistonda yosh ayollar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 15:30

    Mehnatga yaroqli har ming aholining 224 nafarida kredit bor — Markaziy bank

    Iqtisodiyot | 7 iyun, 14:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.