• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Otasiz ulg‘aygan, G‘ulomjon Yoqubovning sozandasiga ko‘ngil qo‘ygan va unvon olish borasida boshqalardan o‘zib ketgan Gulsanam Mamazoitova 43 yoshda (foto)

    O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitovaga, aslida, Navro‘zoy deb ism qo‘yilishi kerak edi. Chunki u 22-mart sanasida dunyoga kelgan. Bu yil 43 yoshni qarshilaydigan xonanda ijodda ham, hayotda ham muvaffaqiyatga erishgani bilan ko‘pchilikka o‘rnak bo‘ladi. Xo‘sh, sevimli xonanda muvaffaqiyatga erishish uchun qanday qiyinchiliklarni yengib o‘tgan?

    “Onam bizni yolg‘iz katta qilgan”

    Foto: Gulsanam Mamazoitova arxividan

    Gulsanam Mamazoitovaning san’atkor bo‘lishiga hech kim shubha qilmasdi. Chunki u farg‘onalik hofiz Mamadali Mamazoitov xonadonida dunyoga kelgan. U oilaning kenja farzandi bo‘lib, Otabek ismli akasi va Go‘zalxon ismli opasi bor. Gulsanam otasi haqida intervyularida deyarli gapirmaydi. Buning boisi uning bolalik yillari ota mehridan ayro o‘tganligida bo‘lsa kerak. Gulsanam Mamazoitovaning onasi o‘z davrining eng talabchan rahbarlaridan biri bo‘lgan. Xonanda san’atga qiziqishiga aynan onasining rahbar bo‘lgani ham sabab bo‘lgani haqida so‘zlab bergan:

    Foto: Gulsanam Mamazoitova arxividan

    — Rahbar insonning ishi ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun singillarga qarash vazifasi akamga yuklatilgandi. U paytlarda akam musiqa maktabiga ham qatnardi. Ko‘pincha meni o‘zi bilan maktabga olib ketardi. U yerdagi muhit menga ham ta’sir etib, san’atga mehrim yanada ortgan. Ilk ustozim akam bo‘lgan. U ovozimdagi o‘ziga xoslikni aniqlab, qo‘shiq aytishga mehr uyg‘otgan.

    Foto: Gulsanam Mamazoitova arxividan

    Bizni onamizning yolg‘iz o‘zi o‘stirib, katta qilgan. Ota mehrini deyarli ko‘rmaganmiz. Lekin, shunday bo‘lsa ham, onam bizni kam qilmagan. Qo‘ldan kelgancha tarbiya qilib, o‘qitib, kerak bo‘lsa, ko‘chada erkak, uyda ayol bo‘lib o‘stirgan. Shu narsaning ta’siri bor. Onamning lafzi kuchli, “Bolam, bir narsani kuching yetsa, qilaman degin. Kuching yetmagan narsaga va’da berma!” deb, haligacha o‘rgatadi Tarbiyamda shu narsa bor. Men yillar o‘tib shakllanmaganman, bu narsa qon-qonimga singib ketgan, — deydi xonanda Gulsanam Mamazoitova.

    “Qo‘shiq aytmay, raqs bilan shug‘ullanganman”

    Gulsanam Mamazoitova bir muddat professional raqs bilan ham shug‘ullangan. U O‘zbekiston xalq artisti Ma’mura Ergasheva va Sug‘diyona Isroilovaga shogirdlikka tushib, keyinchalik o‘z ansamblini ham tashkil etgan.

    Foto: Gulsanam Mamazoitova arxividan

    — Qo‘shiq kuylashni erta boshlaganim uchun o‘smirlikka o‘tish vaqtida ovoz o‘zgarishi — mutatsiya vaqti bo‘lgan. Bu davrda vaqtincha qo‘shiq kuylamaslik kerak. “Bo‘sh qolmasin”, degan maqsadda onam meni raqs to‘garagiga berganlar. Uch-to‘rt yil raqs bilan shug‘ullandim, ustoz ko‘rdim. Raqs bilan professional shug‘ullanish istagi bo‘lmagan, bo‘sh vaqtni to‘ldirish uchun xizmat qilgan, xolos, — deydi xonanda.

    Gulsanamga akasi qanday shart qo‘ygan?

    Gulsanam Mamazoitovaning san’atkor bo‘lishiga onasi qarshi bo‘lmagan. Ammo akasi Otabek Muhammadzohid unga bir nechta jiddiy cheklovlarni qo‘ygani ko‘pchilikka sir emas. Xususan, Otabek Muhammadzohidning o‘zi intervyusida cheklovlar haqida quyidagilarni ma’lum qilgan.

    Foto: Gulsanam Mamazoitova arxividan

    — Avvalo, singlimning milliy qo‘shiqlar ijro etishini so‘raganman. Chunki o‘sha paytda san’atda har tomonga yo‘rg‘alash, “ohangi tushsa, qo‘shiq bo‘ladi-da”, qabilida ish qilish urfga aylangandi. Keyin liboslariga e’tiborli bo‘lishini tayinlaganman. Bu mening ham akalik, ham ustozlik talabim edi, — deydi xonanda Otabek Muhammadzohid.

    Tanlovlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydigan biografiyasi

    Gulsanam Mamazoitova 2000-yili O‘zbekiston davlat konservatoriyasining “Sharq musiqasi” fakultetiga o‘qishga kiradi. 2006-yili esa magistrlik darajasini yoqlab, shundan keyin bor e’tiborini ijodga qaratadi.

    Foto: Gulsanam Mamazoitova arxividan

    Gulsanam Mamazoitova deganda ko‘z oldimizda davlat tadbirlarida faol va turli ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etadigan xonanda keladi. Haqiqatan ham, uning biografiyasini tanlovlarsiz tasavvur etish qiyin. U ilk g‘alabasini kollejda o‘qib yurgan kezlari qo‘lga kiritgan. Ya’ni 1999-yil o‘tkazilgan Yunus Rajabiy nomidagi ko‘rik-tanlovda ishtirok etib, ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan. “Nihol” mukofotini esa O‘zbekiston davlat konservatoriyasining 4-bosqichida o‘qiyotganida olgan.

    To‘ydagi sozandaga qo‘yilgan ko‘ngil

    Foto: Gulsanam Mamazoitova arxividan

    Gulsanam Mamazoitova sozanda Sanjar Ahmedov bilan oila qurgan. Sanjar Ahmedov O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov bilan to‘y-xizmatlari va konsertlarida qatnashardi. U to‘yda Gulsanam bilan tanishgach, bir oliygohda o‘qishlarini bilishgan.

    Sanjar Ahmedov O‘zbekiston davlat konservatoriyasining zarbli cholg‘ular fakultetida tahsil olgan. U bir muddat ijod bilan shug‘ullangan, xonanda bilan oila qurgach, bor e’tiborini uning ijodiga qaratgan. U ayni kunda turmush o‘rtog‘ining ish boshqaruvchisi hisoblanadi.

    “Qiyinchiliklar hammada bor”

    Bir qarashda Gulsanam Mamazoitova hammasiga osonlik bilan erishgandek tuyuladi. Ammo u ham ko‘plab qiyinchiliklarni boshidan o‘tkazgan. Jumladan, ikki yosh oila qurgach, moddiy jihatdan qiynalishgan. Chunki o‘sha vaqtda ikkisi ham talaba edi.

    Foto: Gulsanam Mamazoitova arxividan

    — Hammada ham bunday qiyinchiliklar bo‘ladi. Balki hayot shunisi bilan ham qiziqdir. Muhimi, ko‘ngil xotirjam bo‘lsa bo‘ldi. Biror ishni boshlayotgan inson moddiy ehtiyojini birlamchi deb hisoblamasligi kerak. Agar shunday deb bilsa, u maqsadidan chalg‘iydi, — deydi xonanda.

    “20 kunlik chaqalog‘im bilan konsertga borganman”

    Xonandaning Mohijahonbegim va Abdug‘affor ismli farzandlari bor. Ammo uning ilk homilasi nobud bo‘lgan va bundan ruhiy tushkunlikka tushgan. Gulsanam Mamazoitova ikki farzandini dunyoga keltirgandan keyin ham tezda sahnaga qaytishga majbur bo‘lgan. Xususan, o‘g‘li Abdug‘affor bilan chillalik davridan boshlab gastrol safarlariga borganini kulib eslaydi.

    Foto: Gulsanam Mamazoitova arxividan

    — O‘g‘lim 20 kunlik chaqaloqlik paytida “Universiada” sport musobaqalari o‘tkaziladigan bo‘ldi. Tashkilotchilar bolam kichikligini inobatga olib, shifokor, hamshira va haydovchilarni tayyorlab qo‘yishgan. Xullas, bolalarim juda kichikligidan boshlab menga hamroh bo‘lishgan, — deydi xonanda intervyularining birida.

    “Allani aytolmay, yig‘laganman”

    Gulsanam Mamazoitovaga omad olib kelgan qo‘shiqlar ko‘p. Ammo uni ruhiy tushkunlikka tushirganlari ham yo‘q emas. Xonanda bu borada quyidagilarni ma’lum qilgan.

    Foto: Gulsanam Mamazoitova arxividan

    — “Alla” qo‘shig‘imning yozilish jarayoni juda og‘ir kechgan. Chunki bu qo‘shiqda farzandini yakka o‘zi o‘stirgan yolg‘iz ayol dardini kuylash kerak bo‘lgan. Bu dard o‘z hayotimga begona emasdi. O‘sha dardni ko‘nglimdan o‘tkazib kuylaganman. Holatimni ko‘rib, ovoz operatorimiz ham yig‘lab yuborgan. Yig‘lasangiz, ovozingiz o‘zingizga bo‘ysunmaydi, hattoki gapirolmay qolasiz. Qiyinchilik bilan yaratilgan qo‘shiq ko‘pchilikka ma’qul kelgan, — deydi xonanda.

    “Men omadliman”

    Ko‘pchilik bu xonandani faqatgina davlat tadbirlari uchun ijod qiladigan xonanda deya tanqid qiladi. Bunday tanqidlarga xonanda o‘z munosabatini bildirdi.

    Foto: Gulsanam Mamazoitova arxividan

    — Tanqid o‘rinli bo‘lsa, e’tibor beraman. Davlat tadbirlarida ishtirok etish baxt. To‘y xizmatlariga ham boraman. Ammo ijodimning asosini konsertlar tashkil etadi. Bu baxt hamma xonandaga ham nasib etmaydi. Demak, men omadliman, — deydi xonanda.

    Gulsanam unvon olish borasida hamkasblaridan ancha o‘zib ketgan. U 2006-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2013-yilda O‘zbekiston xalq artisti unvonlarini qo‘lga kiritgan.

    22.03.2024, 12:28   Izoh (0)   160950
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Bo‘yi pastligi sabab mazax qilingan, qo‘shiqchilikda omadi kulmagan va unvonni sotib olishni istamagan ijodkor Dilshodbek Kattabekov 34 yoshda (foto, video) 

    06.03.2024, 19:35

    Omadsiz farzand bo‘lib tug‘ilgan, bozorda “pishgan” va otasiga qarshi borib aktrisalikni tanlagan Xonzoda Qambarova 25 yoshda (foto, video)

    14.03.2024, 12:50

    “Avaz Oxunni yomon ko‘raman” — Nikulinning “nabirasi” bo‘lgan Botirxon Imomxo‘jayev teatrga ishga kirmaganidan afsuslanadi (foto, video) 

    15.03.2024, 17:47

    Instagram: 68 ming dollarga mashina olgan Maryam Tillayeva, ikkinchi bor ota bo‘ladigan Zohid Risqiyev, Kumush Razzoqova hozir qayerda?

    22.03.2024, 05:55

    Bayramni ko‘ngildagidek o‘tkazing: poytaxt aholisi va mehmonlari dam olish kunlari qayerlarda hordiq chiqarishi mumkin? (foto)

    20.03.2024, 15:20

    Xurram obrazi Neslihan Atagulga ko‘proq mos tushardi — aktrisa tarjimayi holidagi ma’lumotlar buni tasdiqlaydi

    20.03.2024, 12:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Andijonda 811 ta holatda jamoat joylarida tig‘li buyumlar olib yurgan fuqarolar aniqlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 00:05

    Buxoroda ikki yilda bir marta xalqaro sanʼat biyennalesi o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:50

    “Ishlamasa, ana katta ko‘cha” — Erkinjon Turdimov Sirdaryoda boqimandalar ko‘payib ketganini aytdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 23:41

    Ruminiya ittifoqchilarga harbiy bazalarini ochishga tayyorligini bildirdi

    Dunyo | 22 avgust, 23:35

    Venesuela AQSH bilan urushga tayyorlanyapti

    Dunyo | 22 avgust, 23:25

    O‘zbekiston real ish haqi oshishi bo‘yicha qo‘shni davlatlardan ortda qolmoqda — hisobot

    Iqtisodiyot | 22 avgust, 23:15

    Xitoyda o‘tkaziladigan SHHT sammitiga 20 dan ortiq davlat rahbarlari tashrif buyuradi

    Dunyo | 22 avgust, 23:05

    AQSH Federal qidiruv byurosi agentlari Trampning sobiq maslahatchisi Jon Boltonning uyida tintuv o‘tkazgan

    Dunyo | 22 avgust, 22:55

    Koinotda Quyosh tizimining sirlarini saqlayotgan vaqt kapsulasi topildi

    Dunyo | 22 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.