• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    Yetimlikda ulg‘aygan, bir kunda ikki o‘g‘lidan ayrilgan: O‘zbekiston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 73 yoshda (foto)

    O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti G‘ulomjon Yoqubov 1-mart kuni 73 yoshni qarshiladi. Bahorning ilk kunida tug‘ilgan ijodkor salkam 50 yildan buyon katta sahnada ijod qiladi. Ko‘rinishidan viqorli ko‘ringan ijodkor hayotda ko‘plab qiyin kunlarni boshdan kechirgan. Yetimlikdan tortib, farzandidan ayrilish azobinini ham his qilgan.

    Foto: Instagram / @gulomjon_yoqubov_official

    — Toshkentda, oddiy oilada dunyoga kelganman. Mahallamizda urush paytida yetim bolalarni asrab olgan Shomahmudovlar oilasi ham yashardi. Ularning bir nechta o‘g‘illari bilan tengdosh bo‘lganman. Mahallamizda ko‘pchilik insonlar terini qayta ishlash bilan shug‘ullanishgani uchun mahallamizni ko‘nchilar deb atashardi, — deydi xonanda.

    G‘ulomjon Yoqubovning tug‘ilishi juda qiziq kechgan. U uydagi kichik tancha yonida tug‘ilganini va qo‘shni ayol onasiga doyalik qilgani haqida ham aytib o‘tdi.

    Foto: Skrin

    — Uyimizning orqa tomonida Salima degan ayol yashardi. Uni esimni taniganimdan buyon buvi deb atardim. Keyinchalik bilsam u onamga doyalik qilib, meni dunyoga keltirgan ekan. Oilada to‘rt nafar farzand bo‘lganmiz. Ammo akamdan keyingisi juda erta vafot etgan. Bolaligim bilan bog‘liq shirin xotiralar juda ko‘p, ammo armonlarim ham yetarlicha. Uch yoshimda otadan yetim qolganman. Onam rahmatli 28 yoshida 3 farzand bilan beva qolgan. Otam bilan bog‘liq xotiralarim juda kam. Yelkasiga mindirib meni o‘ynatgani va o‘lgach vidolashuv uchun meni olib kirishganda atrofdagi erkaklar “O‘g‘li kirganda ko‘zini ochdi”, deyishganini eslayman, xolos, — deydi xonanda.

    Urush yillaridan so‘ng juda ko‘p ayollar boquvchisini yo‘qotgani va oilalar qiyin kunlarni boshdan kechirishganini xonanda o‘z hayoti misolida quyidagicha taʼriflaydi.

    Foto: Skrin

    — Mahallamizda turmush o‘rtog‘i urushdan qaytmagan ayollar juda ko‘p edi. Onam rahmatliga ham ko‘p joydan sovchilar kelgan. Ammo hamisha rad javobini berardi. “Mening 3 ta erim bor, ular uchun yashayman”, derdi. O‘zi esa mahallamizdagi shapka to‘qiydigan sexda oddiy ishchi bo‘lib ishlardi. Kun bo‘yi ishda bo‘lar, ro‘zg‘or kamko‘stini to‘ldirish bilan ovora edi.

    Juda kichik yoshimda qiziq voqea bo‘lgan. Mahalladan o‘tayotgan mashinani poylab turib, “temir tosh”ni otganman. U haydovchi o‘tirgan tomon oynasini sindirib, boshini yorgandi. U jahl bilan ikki oyog‘imdan ko‘tarib “Oynani kim to‘lab beradi?” deb onamga baqirgani ham ko‘z oldimdan ketmaydi, — deydi xonanda G‘ulomjon Yoqubov.

    G‘ulomjon Yoqubov bolaligida sho‘x va o‘yinqaroq bo‘lgani, hatto bir necha marta maktabdan ham haydamoqchi bo‘lishgani va shunchaki tasodif sabab musiqaga qiziqib qolgani haqida quyidagilarni aytdi.

    — Sho‘xligimdan mahalla-ko‘ydagi bolalar ham, maktabdagilar ham bezor edi. Ustozlarim tarbiyaga chaqirish uchun bir necha marta kaltaklashgan. U paytlarda ota-onalar ham “Eti sizniki suyagi bizniki” qabilida ish tutishardi. Bir nechta to‘garaklarga borganman, ammo u yerdagi o‘qishim uzoqqa cho‘zilmasdi. 3-sinfligimda G‘ulomjon Qo‘chqorov degan musiqa ustoziga shogirdlikka tushganman. U kishi ilk marta qo‘limga dutor ushlatgan. Ammo u yerda ham sho‘xligim bilan hammani bezor qilardim. Doira to‘garagiga qatnaydigan bolalar bilan tengma-teng urishardim. Sanʼatga mehr qo‘ygach, sho‘xligim ham bosildi, — deydi xonanda.

    Xonanda ko‘plab moliyaviy qiyinchiliklarga uchragan. Hatto, oiladagi sharoit sabab, bolaligidan ishlab ilk musiqiy sozini o‘zi xarid qilishiga to‘g‘ri kelgan. 

    Foto: Skrin

    — U paytlari rubob 21 so‘m turardi. Bir qo‘shnimiz uy qurmoqchi edi. “G‘ishtni men quraman, pul berasizmi?” deganman. Avvaliga ishonishmagan, ammo kelishuvga ko‘ra bir oy ichida uch mingta g‘ishtni quyib berganman. Pulni olib, ilk rubobimni sotib olganman. Ammo 1967-yillarda sanʼatga va bu soha vakillariga bo‘lgan eʼtibor juda yomon edi. Shu bois ham onam sanʼatkor bo‘lishimni istamagandi. Shu bois onam politexnika institutiga hujjat topshirishimni istagan. U paytlari imtihonlar yozma va og‘zaki shaklda o‘tkazilardi. Ko‘chirmakashlik qilib bo‘lsa-da yozma imtihondan uch olganman. Og‘zaki imtihondan esa o‘tolmaganman. O‘shandan keyin tanish yigitlarim filormoniyada yangi ovozlar uchun kasting o‘tkazilayotganini aytishgan. Omadim kelib, kastingdan o‘tib, ishga olinganman, — deydi xonanda.

    Xonanda 1998-yili hayotidagi eng og‘ir kunlarni boshdan o‘tkazgan. U bir kunda ikki o‘g‘il farzandidan ayrilgan.


    — Bu voqeadan keyin men kamida aroqxo‘r bo‘lib ketishim kerak edi. Chunki jigargo‘shasidan ayrilish oson emas. Eng yomoni bir kunda ikki farzandimdan ayrilganman. U yillari Nazarbekdagi hovlida yashardik. Katta o‘g‘lim AQShga ketgandi. Keyingisi esa 22 yoshga to‘lib, onasi to‘y harakatiga tushib qolgan kezlar edi. O‘sha kuni ham onasi sovchilikka ketgandi. Mahalladagi hamshira qiz osma ukolni noto‘g‘ri qilgani sababli ahvoli yomonlashgan. Shunda kenja o‘g‘lim akasini ToShMIga olib borish uchun mashina ruliga o‘tirgan. Aslida u mashina haydashni yaxshi bilmasdi. Mashina jarga ag‘anab, ikki soat ichida ikki farzandimdan ayrilganman. Vafot etgan katta o‘g‘lim Toshkent davlat yuridik institutida o‘qirdi. Kenja o‘g‘lim esa Toshkent davlat texnika universitetining tayyorlov kursiga qatnardi. Afsuski, ularning baxt-u kamolini ko‘rish nasib etmadi, — deydi G‘ulomjon Yoqubov.

    Xonanda 1999-yil farzandlari xotirasiga bag‘ishlab qo‘shiq ham ijro etgan.

    Xonanda bu yil 73 yoshni qarshiladi. Ammo haligacha xalq xizmatida bo‘lishga, muxlislarining ko‘nglini olishga harakat qiladi. Uning farzandlari san'at sohasini tanlashmadi. Ammo nabiralaridan biri bobosi kabi xonanda bo‘lishni niyat qilgan.

     

    02.03.2023, 13:13   Izoh (0)   89578
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ra’no Yarasheva 62 yoshda: Akasi o‘ldirmoqchi bo‘lgan, turmushda omadsizlikka uchragan va 39 yillik ijodidan baxt topgan aktrisaning muvaffaqiyat yo‘li 

    16.02.2023, 17:40

    Sahnada ulg‘aygan, ikki marta avariyaga uchragan va ketma-ket yaqinlaridan ayrilgan: Azim Mullaxonov 63 yoshda

    21.02.2023, 13:40

    Muvaffaqiyatli aktrisa, omadsiz tadbirkor va xit qo‘shiqlar ijrochisi: xonanda Manzura 45 yoshda (foto, video)

    27.02.2023, 14:02

    Gollivud yulduzlarining yillar o‘tgach, ko‘pchilikning yodidan chiqib ketgan noodatiy rollari 

    02.03.2023, 10:07

    Instagram: Umidaxonnikida uy to‘yi, litsenziyasi o‘zida qolgan Kaniza, Ganya Usmonovaning hashamatli hovlisiga sayohat 

    01.03.2023, 22:55

    Original taklifnoma, maxsus dress kod, sochilgan dollarlar: Munisa Rizayevaning 200 millionlik klipi taqdim etildi (video)

    01.03.2023, 15:51
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Surxondaryoda YPX xodimlari qochishga uringan haydovchiga kuch ishlatdi (video)

    O‘zbekiston | 7 iyun, 17:00

    Ronaldu klublar o‘rtasidagi JCHda ishtirok etadimi? Futbolchining o‘zi bu haqda gapirdi

    Sport | 7 iyun, 16:33

    Sevgi yoxud KGB maxsus operatsiyasi — grek milliarderiga uylangan sovet xizmatchisi

    Dunyo | 7 iyun, 16:20

    So‘nggi 30 yilda ikki baravarga ko‘paydi: O‘zbekistonda yosh ayollar soni ochiqlandi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 15:30

    Mehnatga yaroqli har ming aholining 224 nafarida kredit bor — Markaziy bank

    Iqtisodiyot | 7 iyun, 14:20

    “O‘zgidromet” 8-iyunda qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 7 iyun, 13:45

    “Afg‘onistonda hayit bayramlari tinchlik va osoyishtalikda nishonlanishi katta voqea” — Abdulqodir Halimiy

    O‘zbekiston | 7 iyun, 13:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.