• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “Ikki farzand dog‘ini ko‘tarishimga san’at yordam bergan”. Mahoratli suxandon O‘tkir Siddiqov zamondoshlari xotirasida

    Agar o‘zbek sanʼatkorlari Ginnesning rekordlar kitobiga kiritiladigan bo‘lsa, ilk nomzod, shubhasiz, O‘tkir Siddiqov bo‘lgan bo‘lardi. Chunki u hayotlik chog‘ida 250 dan ortiq turli shaharlarda gastrol safarlarida bo‘lib, 8 mingga yaqin konsertlarga boshlovchilik qilgan. Agar seanslarni umumiy hisoblaydigan bo‘lsak, bu raqamlar yana bir necha mingga ortishi shubhasiz. Ustoz ijodkorni oxirgi marta o‘limidan to‘rt kun avval, Avaz Oxun konsertining ilk kunida ko‘rdik. U ancha keksayib qolgan, ammo doimgidek chiroyli libosda edi. Ammo o‘sha kuni uni sahnaga chiqarishmadi. Chunki uning sog‘lig‘i yomonlashgandi. Suxandon 20-noyabr kuni 78 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. 

    Keling, ellik besh yillik faoliyati davomida o‘zbek sanʼatiga munosib hissa qo‘shgan ijodkorni birgalikda xotirlaymiz.

    Rais o‘g‘lining san’atga qiziqishi

    Foto: Marhumning oila a’zolari arxividan

    O‘tkir Siddiqov 1945-yili Toshkent shahrida tavallud topgan. Otasi Siddiq aka jamoa xo‘jaligida boshqaruv raisi, onasi Nazminiso opa esa boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi bo‘lgan. Uning bobosi dong‘i ketgan polvonlardan biri bo‘lgan. O‘tkir Siddiqovning oilasida sanʼatkorlar bo‘lmasa-da, u bolalikdan sanʼatga qiziqqan. U xalq tilida aytganda raisning o‘g‘li bo‘lsa-da, oilada erka farzand bo‘lmagan. Uzoq yil oilada yolg‘iz farzand bo‘lgan, 15 yoshida singlisi dunyoga kelgan.

    Foto: Marhumning oila a’zolari arxividan

    — Ota hovlimiz hozirgi Novza metrosi yaqinida bo‘lgan. U paytlari u yerlar keng dalalardan iborat edi. Otam rahmatli xo‘jalikni tashkillashtirishga hissa qo‘shgani uchun keyinchalik uni rais etib saylashgan. Oilamizda sanʼatkorlar bo‘lmagan, ammo onam rahmatli rubobni chalishni yaxshi ko‘rardi. Mahallamizda ham sanʼatkorlar ko‘pligi uchun bu sohani egallashim qiyin bo‘lmagan, — degandi O‘tkir Siddiqov intervyularining birida.

    “Qo‘limga mikrofon ololmay qoldim”

    O‘tkir Siddiqovning hayoti sahnadagi qiyofasidan umuman farq qilmasdi. U har narsaga madaniyat va o‘ta noziklik bilan yondashar, baqir-chaqir unga begona edi. U hayoti davomida ikki marta sahnadan uzilishga majbur bo‘lgani va ruhiy tushkunlikka tushgani haqida ham so‘zlab bergan. U avvaliga o‘g‘lidan, undan so‘ng yolg‘iz qiz farzandidan ayrilgan.

    Foto: Marhumning oila a’zolari arxividan

    — O‘g‘lim 42 yoshda edi, karate bo‘yicha qora belbog‘ sohibi edi. Kutilmaganda tobi qochdi va besh daqiqada joni uzildi. Qizim esa tibbiyot xodimlarining aybi bilan bu dunyoni tark etdi. Farzandni yo‘qotish og‘ir musibat, 3-4 oy o‘zimga kelolmadim. Qo‘limga mikrofon ololmay qoldim. Bolalarimni eslasam, beixtiyor yig‘lab yuborardim. O‘zimni qo‘lga olishimga sanʼat ko‘mak berdi. Agar u bo‘lmaganida, ahvolim nima kechardi, bilmayman, — degandi O‘tkir Siddiqov.

    O‘tkir Siddiqov 1996-yili O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 1997-yili esa “Shuhrat” Medali bilan taqdirlangan. Oilada uch farzandni tarbiyaladi, ammo ularning hech biri sanʼat yo‘lini tanlamadi. O‘tkir Siddiqovga ko‘p hollarda nabiralari va abiralari hamrohlik qilardi.

    Foto: Marhumning oila a’zolari arxividan

    Avaz Oxun: “Tartibni yaxshi ko‘radigan inson edi”

    — Ilgari ustoz sanʼatkor Hojiboy Tojiboyevning konsertlarida O‘tkir Siddiqovning ishtirokini ko‘rsam, havasim kelardi. “Men ham konsertimda faqat shu insonni boshlovchi qilaman”, derdim. Shukrki, 10 yil birga ishlash nasib etdi.

    Foto: Marhumning oila a’zolari arxividan

    “Klassik uslubdan qochmaysizmi, boshqa boshlovchilar bilan ham ishlang”, degan takliflar ko‘p bo‘lgan. Men qadriyatlariga sodiq insonman, bir paytlar shu insonlar konsertimda chiqishini orzu qilardim. Ularning yordami tegishi shart emas, muhimi, yonimda bo‘lishsa bo‘ldi, derdim. O‘tkir Siddiqov bu yil ham konsertimda chiqishi kerak edi. Ilk kuni ham jiddiy tayyorgarlik ko‘rib keldi. Ammo aksiga olib, o‘sha kuni yo‘llar nihoyatda tirband edi. U inson tartibni yaxshi ko‘radigan inson edi, biror marta kelishilgan vaqtdan kech qolganini eslolmayman. Necha yildan buyon katta sahnaga chiqib yurgan bo‘lishiga qaramay, hammadan avval kelib “Men tayyorman”, deb turardi. Yo‘lda asabiylashib, qon bosimi ko‘tarilib ketibdi. Sanʼat saroyidagi tez yordam shifokorlari birinchi yordamni ko‘rsatib, ukol qilishdi. “Tezda uyingizga borib dam oling”, deyishlariga qaramay, “Konsert nima bo‘ladi, men yaxshiman, konsertdan keyin dam olaman”, dedi. “Bugun keting, ertangi seansdan sahnaga chiqasiz”, deb arang ko‘ndirdik. Muxlislarni hurmat qiladigan inson edi. Sog‘lig‘i bo‘lmasa-da, konsertning yaxshi o‘tishini o‘yladi, — deydi qiziqchi Avaz Oxun.

    Dilorom Karimova: “Hayot uni ko‘p bor sinadi”

    — O‘tkir Siddiqov bilan kursdosh bo‘lganmiz. U harbiy xizmatni o‘tab, ikkinchi kursdan o‘qishga qabul qilingan.

    Foto: Marhumning oila a’zolari arxividan
    Shoira Farida Afro‘z bilan

    Yangi kelgan talabaga hamma boshqacha ko‘z bilan qaraydi. Men ham uni ilk marta ko‘rganda, mashhur dirijyor yoki raqqosning farzandimikan, deb o‘ylaganman. Chunki nihoyatda orasta kiyinadigan, o‘ziga qarab yuradigan, hatto tirnoqlari ajoyib ko‘rinishda bo‘lardi. Sochini shu darajada mehr bilan taragani ham sezilardi. Ammo u o‘ziga oro berib, o‘qishni unutib qo‘yadigan talaba emasdi. Faqat aʼlo baholarga o‘qigan, eng ilg‘or talaba edi. Talabalikda spektakllarda ham rollar ijro etgan, keyinchalik bor eʼtiborini konsert boshlovchiligiga qaratgan. Men esa bu ishni uddalay olmaganman. Ko‘rsatuvlarga boshlovchilik qilishni taklif etishganda, o‘zimni nihoyatda noqulay his qilganman. Bu borada esa kursdoshim O‘tkir Siddiqovga teng keladigani yo‘q edi.

    Foto: Marhumning oila a’zolari arxividan

    Bu hayot hamma qatori O‘tkir Siddiqovni ham ko‘p bor sinadi. Ota-ona uchun farzandining dog‘ini ko‘rishdan-da og‘irroq musibat bo‘lmasa kerak, — deydi aktrisa Dilorom Karimova.

    G‘ulomjon Yoqubov: “O‘tkir bilan 30 yil birga ishladik”

    — O‘tkir Siddiqovni qattiq hurmat qilardim. Chunki u bilan qariyb 30 yil birga ishladik. Uni tanigan vaqtlarim u hali xalq orasida O‘tkir Siddiqov nomi bilan tanilmagandi. Ilk hamkorligimiz “Qalbimni qaytar” qo‘shig‘i bilan boshlangan.

    Foto: Marhumning oila a’zolari arxividan
    Xonanda Feruza Jumaniyozova bilan

    14-15 yoshlik paytimda Fahriddin Umarov konsertlarini orqadan yashirincha kirib tomosha qilardim. O‘shanda shu qo‘shiqni eshitib, yoqtirib qolganman. Muhabbat Musayeva ismli boshlovchi ajoyib sheʼr aytardi va keyin qo‘shiq kuylanardi. Qo‘shiqni qayta ijro etishni niyat qilganimda menda ham shunday g‘oya tug‘ildi va O‘tkir Siddiqovga murojaat qildim. U nima istayotganingizni his qiladigan, so‘zni badiiylashtirib ijro etoladigan inson edi. Sahnada hamisha tabassum qilgani bilan uning ham o‘ziga yarasha dardi, muammolari bor edi. Birin-ketin ikkita farzandidan ayrildi. Bu ota uchun og‘ir musibat ekanligini yaxshi bilaman, — deydi G‘ulomjon Yoqubov.

    Bobur Bobomurod: “Syurpriz qilmoqchi edim, ulgurmadim”

    — O‘tkir Siddiqovni faqatgina eng yaxshi konsertlarga boshlovchilik qiladigan inson deb taniganman. Chunki u ishtirok etgan konsert hech qachon yomon bo‘lmasdi.

    Foto: Marhumning oila a’zolari arxividan
    Shoir Bobur Bobomurod bilan

    Agar konsertning yarim tomoshabini xonandani ko‘rishga kelgan desak, teng yarmi O‘tkir akaning muxlislari bo‘lardi. U sheʼrlarni o‘zgacha mehr bilan o‘qirdi. Juda ko‘p sheʼrlarimni katta sahnalarda o‘qidi, so‘zni his qiladigan inson edi. U inson bilan ko‘p marta suhbatda bo‘lganman, oxirgi marta uchrashganimizda “Kitoblarimni tarqatishga yordam bering”, degandi. Afsuski, ishlarim ko‘payib, qo‘ng‘iroqlariga ham javob berolmay qoldim. Yaxshi reja tuzib, syurpriz qilishni reja qilgandim. Afsuski, ulgurmay qoldim, — deydi Bobur Bobomurod.

    Qursiya Esonova: “Sahnadagi ko‘makdosh boshlovchi bo‘ladi”

    Foto: Marhumning oila a’zolari arxividan
    Xonanda Yulduz Usmonova bilan

    — Sanʼatkorga sahnada ko‘mak beradigan inson, shubhasiz, boshlovchi hisoblanadi. Chunki sahnaga taklif etilish ham go‘zal bo‘lsa, bu sanʼatkorning kayfiyatiga ham taʼsir etadi. O‘tkir Siddiqov ana shunday ijodkor edi. Har narsaga alohida eʼtibor berardi. Hatto xonanda-yu, raqqosalarga o‘zgacha taʼriflar berib, sheʼrlar yozardi. Oddiy gapni ham go‘zal ifodalab, sheʼrdek quloqqa yoqimli qilib aytardi. Nafis va nihoyatda samimiy inson edi, — deydi Qursiya Esonova.

     

    27.11.2023, 18:44   Izoh (0)   25174
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    25 yillik hayoti davomida katta muvaffaqiyatlarga erishgan san’atkor. “Bojalar” guruhining marhum xonandasi Mo‘min Oripovni xotirlaymiz (video)

    15.03.2023, 14:10

    Og‘riqlarini kulgi ortiga yashirgan yuksak qalb egasi. Aktyor va rejissor Shuhrat Nuraliyevni xotirlaymiz (video)

    11.05.2023, 11:30

    Farhod Mannopov hayot bo‘lganida 27 yoshni qarshilagan bo‘lardi. Ikki yoshda otasidan ayrilgan, ofitsiantlik qilib tirikchilik qilgan va munosib farzand bo‘lolgan

    08.08.2023, 09:41

    Jasur Rafiqovsiz bir yil: Savodsiz shifokorlar sabab ahvoli og‘irlashgan va umri ibodatda yakunlangan xonandani xotirlaymiz 

    17.11.2023, 09:40

    Rossiyada idish yuvuvchi, masjidda farrosh, yotoqxonada qorovul, “Qalpoq” da Sohiba — aktrisa Fotima Nazarova 52 yoshda (foto, video)  

    27.11.2023, 15:45

    “Men Tatyanasiz hech qachon prezident bo‘lolmasdim, derdi”. Maryam Tillayeva bobosi, o‘zbekistonlik yigiti hamda daromadlari haqida

    27.11.2023, 11:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kolumbiyaning sobiq prezidenti 12 yil uy qamog‘iga hukm qilindi

    Dunyo | 2 avgust, 16:20

    Suriya Ozarbayjondan gaz qabul qilib olishni boshladi

    Dunyo | 2 avgust, 15:45

    “Al-Hilol” Antuan Grizmanni sotib olishga yaqin turibdi

    Sport | 2 avgust, 15:35

    Putin Trampning ultimatumiga javob qaytarib, “Oreshnik” raketalari tizimli ravishda ishlab chiqarilayotganini aytdi

    Dunyo | 2 avgust, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinga hamdardlik bildirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 15:06

    Yevropa shaharlari markazlarida ijara narxi qancha va so‘nggi 5 yil ichida qanchalik o‘zgargan?

    Sayohat | 2 avgust, 14:55

    Esports World Cup Chess. Magnus Karlsen mukofot jamg‘armasi 1,5 mln dollar bo‘lgan musobaqada chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 2 avgust, 14:40

    O‘zbekistonliklar yarim yilda eng ko‘p qaysi davlatlarga safar qildi?

    O‘zbekiston | 2 avgust, 14:30

    Ozarbayjon matbuoti “TASS”ga javob tariqasida Kaliningradni Kyonigsberg deb atadi

    Dunyo | 2 avgust, 14:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.