• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat Shou-biznes

    Maryam Yoqubova. Amir Olimxon saroyida raqqosalik qilgan, 11 yoshida majburan turmushga uzatilgan aktrisani xotirlaymiz

    O‘zbekiston xalq artisti Maryam Yoqubova “Boy ila xizmatchi”, “O‘tkan kunlar”, “Mahallada duv-duv gap”, “Maftuningman” kabi o‘lmas kino va spektakllarda yaratgan yuzlab obrazlari bilan tomoshabinlar qalbidan joy olgan. Ammo o‘zbek kino va teatrining yirik namoyandasi bosib o‘tgan hayot hamda ijod yo‘lidagi mashaqqatlar, muvaffaqiyatlar barchaga birdek ma’lum emas. “Daryo” shu maqsadda Maryam Yoqubovaning hayot va ijod yo‘liga nazar tashlashga qaror qildi.

    Buxorolik Oyxon

    Maryam Yoqubova 1909-yilning 19-oktyabr kuni Buxoro shahrida ishchi oilasida dunyoga keladi. Uch o‘g‘ildan keyin (ikki nafar akasi go‘dakligida nobud bo‘ladi) tug‘ilgan qizaloqqa Oyxon deb buvisining ismini qo‘yishadi.

    Maryamning bolaligi va o‘smirligida olingan suratlar
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Otasi Qo‘qonda paxta zavodida yuk tashuvchi, paxta bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlaydi. Oila boshi Buxoroga — yaqinlarinikiga faqat bayramlardagina kelar, tashkil etiladigan kurashlarda hamisha polvon sifatida ishtirok etardi. Onasi eronlik bo‘lib, ziyoli oila farzandi, o‘qish-yozishni bilar, hatto o‘lkaning qonun-qoidalaridan ham yaxshi xabardor edi.

    Qizaloq doira chalib, raqs tushishni juda yaxshi ko‘rardi. San’atga qiziqishi kuchliligi sabab dadasidan doira va kavush olib berishini ko‘p so‘rardi.

    Dutor chalayotgan Maryam
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Vaqt o‘tgan sari otasi Qo‘qonda uzoq qolib ketadigan odat chiqaradi, pul ham jo‘natmaydi. Shu bois volidasi odamlarning turli arzlarini yozib berish bilan shug‘ullana boshlaydi. Keyin to‘qish va to‘r ro‘mollarni yamashni o‘rganib oladi. Lekin ayolning topganlari 5 kishilik katta ro‘zg‘orga yetmaydi.

    Oila shu tariqa Buxoroda ancha vaqt yashaganidan so‘ng hozirgi Navoiy viloyatidagi Karmana shahriga ko‘chib o‘tadi.

    Jajji raqqosa

    Maryamning Halirxon ismli xolasi Buxoro amiri saroyida taniqli raqqosa va qo‘shiqchi sifatida dong taratadi. Xolasinikiga mehmonga borgan qizaloq unga ergashib, afsonaviy Arkka boradi. Maryam o‘shanda 7 yoshda edi.

    Maryamning o‘smirlik davri
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Xolasining saroy mehmonxonasida Xorazm, Qo‘qon xonlarining xotinlari oldida qo‘shiq aytib, raqs tushishini ko‘rgan jiyan bu manzaradan hayratga tushadi. Amir Olimxonning volidasi Eshon oyi “Bu qizcha o‘yinga tushishni biladimi?”, deya Maryamga ishora qiladi. Halirxon savolga “Yo‘q”, deb javob berar-bermas, qizaloq “Ha, bilaman”, deb yuboradi.

    Xola jiyanining raqsga tushishni bilishi haqida xabari yo‘qligini aytib, o‘zini oqlashga kirishadi. Ammo Eshon oyi uning so‘zlariga parvo ham qilmaydi. Saroy bekasi qizchaning qornini to‘ydirib, kiyimlarini almashtirishni, u birozdan so‘ng o‘ynab berishini aytadi.

    Maryam Yoqubova
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Tushlikdan keyin Maryam mehmonlar qarshisida raqs tushadi va amir onasining mehrini qozonadi. Eshon oyi “Endi mening qizim bo‘lasan!”, deb qizaloqni saroyda olib qoladi. Halirxon esa uyiga jiyanisiz bir o‘zi qaytadi.

    Maryam saroy bekasi bilan birga yashay boshlaydi. Qizaloq saroyda raqqosalikdan tashqari, Eshon oyining yelkalari-yu bo‘ynini uqalovchiga ham aylanadi. U xolasi Halirxonni faqat katta bayramlarda uzoqdan ko‘rardi xolos. Unga yaqinlashishiga qo‘yishmasdi.

    Saroydan qochish...

    Maryam saroyda Amir Olimxonning xotinlaridan biri Oyimsho bilan inoqlashib qoladi, undan boshqa hech kimga ishonmasdi. Oyimsho qizaloqning saroydan qochishiga yordam qilishni va’da bergani uchun Maryam uning ayrim maxfiy vazifalarini ham bajarib turardi. Sirli topshiriqlarni amalga oshirish davomida taniqli davlat arbobi, O‘zSSR Xalq komissarlari kengashining birinchi raisi Fayzulla Xo‘jayev bilan tanishib qoladi va uning uyiga tez-tez maktub olib boradi.

    Maryam Yoqubova
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Kunlardan bir kuni saroyda Oyimsho haram og‘asi bilan o‘pishib turgani haqida gap-so‘zlar tarqaladi. Saroy xonimlarining bir nechtasi o‘ylab topgan bu bo‘htonga Eshon oyi va Amir Olimxon ishonib, qattiq g‘azablanishadi hamda Oyimshoni sarbozlar qo‘liga topshirishni buyurishadi.

    Maryam Yoqubova hamkasblari — Ikroma Boltayeva, Sora Eshonto‘rayeva, Zaynab Sadriyeva, Toshxon Sultonova va boshqalar davrasida. 1954-yil
    Foto: Shaxsiy arxivdan

     

    Shundan so‘ng amir kanizaklaridan biri orqali yaqin orada Maryamni xotinlikka olish rejasi borligini onasiga yetkazadi. Eshon oyi bu gapni eshitgach, “Amirga aytinglar, buning hech ham iloji yo‘q. Birinchidan, u hali juda yosh. Ikkinchidan, uni qiz qilib olganman, mening yagona yupanchim”, deya qarshilik ko‘rsatadi. Bu javobdan Amirning jahli chiqadi. Bir necha kun mobaynida ona-bola bu masalada muzokara olib boradi. Buni eshitgan Maryam kuchli sarosimaga tushadi.

    “O‘tkan kunlar” filmidagi O‘zbekoyim obrazidagi Maryam Yoqubova
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    O‘sha kunlarda Oyimsho bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan amirning Feruza ismli xotinlaridan biri Maryamga arkdan chiqib ketishiga yordam berishini aytadi. Qizaloq bir necha kundan keyin tunda, hamma uxlagan paytda Begijon haramog‘asi hamrohligida saroydan xolasining uyiga qochadi.

    Yarim kechasi eshigining oldida jiyanini ko‘rgan Halirxon vahimaga tushib, qo‘rqib ketadi. U o‘sha zahotiyoq Maryamni Samarqanddagi opasinikiga yuborishga qaror qiladi. Qizaloq, taxminan, tungi soat uchlarda poyezdda Samarqandga ketadi.

    Maryam ukasi bilan
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Sakkiz nafar farzandi bilan beva qolgan xolasi Maryamni iliq qarshi olmaydi. Uning uyida o‘n kun yashagan jiyan yaqinlar sog‘inchi sabab poyezd orqali oilasi bag‘riga qaytadi.

    O‘n bir yoshli kelinchak

    Oradan uch yil o‘tib, ota hovlisiga qaytgan Maryam onasining og‘ir ahvolda yotganini ko‘rib, yig‘lab yuboradi. Ular quchoqlashib, ko‘rishgach, volidasi “Endi sening isming Maryam, Oyxonni esingdan chiqar”, deydi.

    “Mahallada duv-duv gap” filmidan kadr
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Qizaloq saroyda yurgan vaqtida otasi Qo‘qondagi ishidan bo‘shab, Karmanaga qaytib kelgan bo‘ladi. Xonadon bekasi tuzalib, oyoqqa turganidan keyin butun oila mehnat qila boshlaydi. Lekin ularning tinch hayoti uzoq davom etmaydi. Amirlik hududidagi notinchlik sabab harbiylar aholiga o‘zlari bilan hech narsa olmasdan uylaridan chiqib ketishlarini buyuradi. Ko‘plab oilalar singari Maryamning yaqinlari ham vagonlarga o‘tkazilib, Samarqandga jo‘natiladi.

    Maryamning yoshlik davri, dugonalari bilan
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Maryamning katta xolasi ularni uyiga olib ketadi. U ayol juda boy bo‘lsa-da, oila uning xonadonida bir oycha turib, boshqa uyda ijarada yashay boshlaydi. Ona homilador bo‘lishiga qaramay, ro‘zg‘or tebratish uchun turmush o‘rtog‘i bilan teng harakat qiladi. Ammo u oy kuni yaqinlashgach, o‘lik bola tug‘adi, o‘zi esa qiynalib, 32 yoshida hayotdan ko‘z yumadi. Ota 8 yoshli o‘g‘lini olib, shahardan bosh olib chiqib ketadi.

    Milliy bosh kiyim — do‘ppi kiygan Maryam Yoqubova
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Maryam va singlisi xolasining qo‘lida qoladi, oiladagi qolgan o‘g‘il farzandlar bolalar uyiga joylanadi. Bir necha oydan keyin xola Maryamni Andijondagi amakisinikiga yashashga jo‘natadi. Qizaloqni amakisining xotini qovoq uyib kutib olarkan, “Sakkiz jonga bir tiyin yo‘q, sen to‘qqizinchisisan, amaking olti oydan beri qamoqda”, deydi. Bu gapdan keyin Maryam Samarqandga — xolasining uyiga qaytishga majbur bo‘ladi.

    “O‘tkan kunlar” filmidan kadr
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Xola 11 yoshli jiyanini qashqadaryolik Hayot ismli yigitga majburan turmushga uzatadi. Shahrisabzda 3 yil yashagan Maryam eri safarga ketganidan foydalanib, qo‘shni o‘qituvchi ayol ko‘magi bilan kelinlik uyini tark etadi.

    Moskvaga yo‘l...

    Yana Samarqandga qaytgan Maryam u yerda akasi Rafiqjon bilan ko‘rishadi va ikkisi Buxorodagi xolasi Halirxonning uyiga borib, boshidan kechirgan barcha voqealarni hikoya qiladi. Singlisining Moskvada o‘qish orzusi borligini eshitgan Rafiqjon uni Fayzulla Xo‘jayevning huzuriga olib boradi. Paranjisini yechgan Maryamni ko‘rgan Fayzulla Xo‘jayev xursand bo‘lib ketadi. Qizaloq unga ham ko‘rgan-kechirganlarini aytib beradi. Fayzulla Xo‘jayev Maryamning tanlovini qo‘llab-quvvatlab, bir guruh yoshlar qatorida Moskvaga o‘qishga yuboradi.

    Moskvaga o‘qishga yuborilgan bir guruh o‘zbek yoshlari. Maryam Yoqubova ikkinchi qatorda chapdan ikkinchida
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Salkam bir yil davomida rus alifbosini, yozish va muloqot qilishni, gazeta va kitob o‘qishni o‘rganadi. Shundan keyingina uni Moskvadagi Sharq mehnatkashlari universitetining birinchi kursiga qabul qilishadi. Bir yildan keyin u o‘qishini o‘zbek ishchilar fakultetiga ko‘chiradi.

    Keyinchalik O‘zbek maorif instituti nomini olgan ishchilar fakultetida teatr-studiya faoliyat yuritadi. Maryam u yerda Mannon Uyg‘ur, Yetim Bobojonov, Abror Hidoyatov, Sora Eshonto‘rayeva, Toshxon Sultonova kabi iqtidorli yoshlar bilan tanishadi. Studiyaning bu o‘quvchilari bir necha yil o‘tib, o‘zbek madaniyatining g‘ururiga aylanadi.

    Moskvadagi kursdoshlar davrasida. Maryam Yoqubova ikkinchi qatorda chapdan uchinchida
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    U san’atga qiziqishi tufayli kinotexnikumga ham hujjat topshiradi va imtihondan yuqori baho oladi. Kunduzi ishchilar fakultetida, kechqurunlari kinotexnikumda o‘qiy boshlaydi.

    Maryam Yoqubova Moskvada o‘qib yurganida Maksim Gorkiy, Romen Rollan, Vladimir Mayakovskiylar bilan suhbatlashadi. Erining qarindoshlari tomonidan pichoqlangan Tursunoy Saidazimovaning yaqin dugonasi, sirdoshi bo‘ladi, bosmachilar-milliy ozodlik harakati kurashchilari tiriklayin qumga ko‘mgan, darralagan, tilini kesib tashlagan Mayna Hasanovaga ayrim yumushlarini bajarishga yordamlashadi.

    Moskvada tahsil olayotgan bo‘lajak aktrisa. Maryam birinchi qator o‘rtada
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    1928-yili kinoaktrisa diplomini olgach, Fayzulla Xo‘jayev Maryamni barcha o‘zbek iqtidorli yoshlari qatori Germaniyaga o‘qishga ham yubormoqchi bo‘ladi. Lekin u rad etib, Toshkentga qaytish niyatini borligini aytadi.

    Uchta teatrda charxlangan aktrisa

    Oliy o‘quv yurtini tamomlab, 1929-yili Toshkentga qaytgan Maryamni Tojikistondagi Dushanbe teatriga ishga taklif qilishadi. Ammo u Dushanbega borishdan voz kechadi. So‘ngra tanishlarining taklifi bilan Hamza teatrida ishlashga qaror qiladi. Uni teatrda Mannon Uyg‘ur, Obid Jalilov, Yetim Bobojonov, Abror Hidoyatov kabi aktyorlar quchoq ochib kutib oladi.

    Maryam Yoqubova hamkasbi, Armaniston xalq artisti Frunzik Mkrtchyan bilan
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Maryam Yoqubova teatrdagi ilk rolini Uyg‘un sahnalashtirgan “Halima” musiqali dramasida ijro etadi. Bir yildan keyin ko‘chma O‘zbek davlat ishchi teatri tashkil etiladi va Maryam ham o‘sha teatr truppasida ijodini davom ettiradi. “Paxta kushandalari”, “Ikki kommunist” kabi sahna asarlarida ishtirok etadi.

    Buyuk san’at darg‘alari davrasida. Maryam Yoqubova chapdan ikkinchida
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Ko‘cha teatri tarqatilib yuborilgach, Hamza teatrining asosiy tarkibiga o‘tadi. Teatr rahbarlari uni Moskvaga, Meyerxold nomidagi teatrga malaka oshirishga yuboradi. Rossiyadan qaytib, 1933–1939-yillarda Sverdlov nomli musiqa teatri (hozirgi Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatri)da Komil Yashinning “Gulsara”sida Ro‘zvon, Xurshidning “Farhod va Shirin”da Mehinbonu, “Arshin mol-olon”da Zebo obrazlarini yaratadi.

    Maryam Yoqubova
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    1939–1941-yillarda Muqimiy nomidagi musiqali drama va komediya teatrida qizg‘in faoliyat olib boradi. Teatrdagi ijodi davomida yaratgan epchil, xushchaqchaq va dono Maysara obrazi uni elga tanitadi. Aktrisa “Maysaraning ishi”dagi Maysara rolining birinchi ijrochisiga aylanadi.

    Maryam Yoqubova
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    1941-yilda Hamza teatriga ishga taklif etiladi. Mashhur ijodiy jamoadagi ko‘p yillik faoliyati jarayonida “Gamlet”, “Boy ila xizmatchi”, “Xolisxon”, “Revizor” singari yuzlab spektakllarda turli xarakterdagi rollarni muvaffaqiyatli ijro etadi. U ijodda erkinlik, soddalik, oddiylik va samimiyatni juda qadrlardi.

    Kino olamidagi betakror rollari

    Kino san’atida ham samarali ijod qilgan Maryam Yoqubova talabalik paytidanoq filmlarda suratga tushadi. Uning ekrandagi debyuti 1925-yilda suratga olingan “Muz uyi” kinosida epizodik rol bo‘ladi. “Mosfilm” mahsulotlari hisoblangan “Tug‘ishganlar”, “Tref xonim” badiiy filmlarida ham o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazadi.

    “Mahallada duv-duv gap” filmidan kadr
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    1953-yilda “O‘zbekfilm” kinostudiyasida yaratilgan “Boy ila xizmatchi” filmidagi Xonzoda obrazi birinchi katta roli bo‘lib, shu ijrosi orqali xalqqa taniladi. Shundan keyin “Opa-singil Rahmonovalar”, “Maftuningman”, “Gang daryosining qizi”, “Qalbingda quyosh”, “Sevgi afsonasi”, “Ali Bobo va qirq qaroqchi” singari filmlarida ham rollar o‘ynaydi.

    Maryam Yoqubova hamkasblari davrasida
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Shuhrat Abbosovning “Mahallada duv-duv gap” filmidagi Oyposhsha roli aktrisani elga yanada mashhur qiladi. Yo‘ldosh A’zamov tomonidan 1969-yilda suratga olingan “O‘tkan kunlar”dagi O‘zbekoyim roli aktrisaning shoh obrazi sifatida tarixga kiradi.

    Maryam Yoqubova
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Maryam Yoqubova ijodida radioning o‘rni alohida ahamiyatga ega. U O‘zbekiston radiosi tashkil bo‘lgan birinchi kunlardan to umrining so‘ngigacha turli radiopostanovkalar va radiojurnallarda faol qatnashadi. “Oqshom ertaklari”dagi eshittirishlari orqali minglab bolajonlarning sevimli ertakchi buvisiga aylanadi.

    Shaxsiy hayot

    11 yoshida xolasi tomonidan majburan turmushga uzatilib, 3 yildan so‘ng kelinlik uyidan qochib ketgan Maryam Yoqubovaning hayotiga 1930-yil haqiqiy sof, chin muhabbat kirib keladi. Hamza teatrining milliy cholg‘u asboblari orkestrining musiqiy rahbari Mirvohid Mirkarimov bilan turmush quradi. 1931-yilning 4-iyunida o‘g‘li Sulaymon dunyoga keladi. Aktrisaning onasi va qaynonasi yo‘qligi bois 11 kunlik chaqalog‘ini viloyatma-viloyat ijodiy safarlarda o‘zi bilan birga olib yurishga majbur bo‘ladi.

    Maryam Yoqubova o‘g‘li Sulaymon va qizi Tamara bilan. 1946-yil
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Bir necha yildan keyin urush boshlangach, Mirvohid Mirkarimov frontga jo‘naydi. Oradan hech qancha vaqt o‘tmay, uning Ukrainadagi Fyodorovka qishlog‘ida halok bo‘lgani haqida shumxabar keladi.

    Maryam Yoqubova 1941-yili yaqin dugonasi Nazmining akasi Jo‘ra Jalolovga turmushga chiqadi. Sog‘lig‘i tufayli urushga bormagan harbiy yigit san’atni tushunmasdi. 1942-yilda juftlik farzand ko‘radi va aktrisa qizi qadrdon dugonasi Tamaraxonimga o‘xshab yurishini niyat qilib, unga Tamara deb ism qo‘yadi.

    Maryam Yoqubova qizi Tamara bilan. 1960-yillar
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Vaqt o‘tgan sari Jo‘ra Jalolov aktrisaga taqiqlar qo‘ya boshlaydi, ya’ni teatrdagi ishini yig‘ishtirib, farzandlarini tarbiyalab, uyda o‘tirishini talab qiladi. U juda rashkchi bo‘lib, Maryam Yoqubovaga bo‘lsa-bo‘lmasa, to‘pponchasini o‘qtalardi.

    Uydagi notinchlik, rashk ustidagi janjallar sabab aktrisa umr yo‘ldoshi bilan ajrashishga qaror qiladi. Shu tariqa 8 yillik nikohga nuqta qo‘yiladi. Oila darz ketganidan keyin ham Jo‘ra Jalolov aktrisani uzoq vaqtgacha tinch qo‘ymaydi. Shundan keyin Maryam Yoqubova dugonasi Nazmi bilan maslahatlashib, sobiq erini uylantirib qo‘yishadi. Asta-sekin ko‘p farzandli otaga aylangan Jo‘ra Jalolov aktrisani butkul yodidan chiqaradi.

    Maryam Yoqubova hamkasblari davrasida, keksalik davri
    Foto: Shaxsiy arxivdan

    Maryam Yoqubovaning o‘zbek kino va teatr san’ati ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari munosib e’tirof etilib, 1955-yil O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan taqdirlanadi.

    Afsonaviy san’atkor 1987-yilning 2-fevralida Toshkent shahrida vafot etadi.

    Materialni tayyorlashda Maryam Yoqubovaning “Davrim va davram” kitobidan foydalanildi

    1 yanvar, 18:15   Izoh (3)   137962
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #shou-biznes

    Izoh (3)

    Kirish
    1. yulduzxonyahyoxojayeva@gmail.com / 2 yanvar, 23:11

      Taniqli aktrisamiz Maryam Yoqubovaning hayot yo'lini yaqindan o'rganishga yordam beruvchi juda foydali kontent bo'libdi. Kattakon raxmat.

      Javob berish
    2. furik5500@gmail.com / 2 yanvar, 10:31

      Марям Якубова бухоро еврей лар дан булган, дафн этилган жойи хам еврей кабристони!!

      Javob berish
      • yulduzxonyahyoxojayeva@gmail.com furik5500@gmail.com / 2 yanvar, 23:13

        Millatning nima ahamiyati bor?!
        Asosiysi ular o'zbek kino san'ati taraqqiyoti rivojiga katta hissa qo'shganlar!

        Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    20 yil va undan ko‘proq davom etgan turmushi ajrim bilan yakunlangan mashhurlar (foto)

    19.12.2024, 15:40

    Qiziqchi Mahfuza Sherboyeva uzoq yillik ijara qiyinchiliklaridan so‘ng Toshkentdan ikkita uy olgani haqida gapirdi

    23.12.2024, 13:55

    “Qo‘rg‘on sirlari” qaysi mavsumda tugaydi? Kivanch Tatlitug‘ Istanbulda restoran ochmoqda — turk kinosi yangiliklari

    19.12.2024, 14:40

    Aktyorlar rejissyor va prodyuserlar oldiga qo‘ygan kutilmagan noodatiy shartlar

    20.12.2024, 09:58

    Hind kinosining eng pazanda aktrisalari (foto)

    19.12.2024, 16:53

    Gollivud yulduzi Jim Kerri moliyaviy qiyinchiliklar tufayli 30 yil yashab kelgan uyini sotdi  

    19.12.2024, 10:40

    “Juma kasalxonadan olib ketasan degandilar, o‘sha kuni hayotdan ko‘z yumdilar”. Indira Miftahova onasining o‘limidan shokka tushgani haqida so‘zlab berdi (video)

    18.12.2024, 19:28

    “Tug‘uruqxonada meni o‘g‘irlamoqchi bo‘lishgan” — Shohjahon Jo‘rayev otasi uni nima sababdan asrab-avaylagani haqida so‘zlab berdi

    19.12.2024, 09:56

    Dunyodagi eng past bo‘yli ayol tug‘ilgan kunida yangi rekord o‘rnatdi (foto)

    19.12.2024, 12:20

    Oddiy sendvichdan vafot etgan milliarderning qizi: Hatto eng boy va omadlilar ham har narsaga qodir emasligini isbotlaydigan fojialar

    19.12.2024, 13:50

    Qiyofadosh aktrisalar: tashqi jihatdan juda o‘xshash bo‘lgan turk seriali yulduzlari

    20.12.2024, 10:40

    Ismlari ko‘pchilikka ma’lum bo‘lmagan, ammo mahsulotlari hamma joyda ishlatiladigan eng badavlat odamlar

    19.12.2024, 17:37

    “Agar otam tirik bo‘lganida, san’atkor bo‘lmasdim”. Marhum aktrisa Halima Ibragimovaning so‘nggi intervyusi e’lon qilindi

    20.12.2024, 15:53

    Instagram: Shafoat Rahmatullayeva reanimatsiyada, Nilufar Usmonova o‘g‘lini qachon uylantiradi? Indira Miftahovaga qaynonasi BYD sovg‘a qildi

    20.12.2024, 12:15

    Plastik jarrohlik orqali yuz tuzilishini o‘zgartirgan Bollivud aktrisalari (foto)

    20.12.2024, 16:54

    Arnold Shvarseneggerning yangi videosi uning sog‘lig‘i borasida muxlislarining xavotiriga sabab bo‘ldi

    20.12.2024, 17:58

    Rejissyor Kristofer Nolan Britaniya qiroli tomonidan ritsarlik unvoni bilan taqdirlandi (video)

    23.12.2024, 11:35

    Burak O‘zchivit Turkiyada Yangi yil qanday nishonlanishi haqida so‘zlab berdi

    23.12.2024, 09:55

    Dunyoning eng badavlat yutuberi Mr.Beast Misr piramidalarini ijaraga oldi

    23.12.2024, 14:42

    Turk aktyori Murat Yildirim va fransuz aktrisasi Yeva Grin Martin Skorsezening yangi filmida birga suratga tushadi

    24.12.2024, 16:40

    O‘zbekiston xalq artisti Shafoat Rahmatullayeva 83 yoshida vafot etdi

    24.12.2024, 09:40

    Instagram: Rafiqasining tug‘ilgan kunini nishonlagan Tohir Sodiqov, imijini o‘zgartirgan Asal Shodiyeva, Umida Mirhamidova oilasida xursandchilik

    24.12.2024, 11:25

    “Tunlari yolg‘iz ekanligim seziladi”. Aktrisa Shafoat Rahmatullayevaning tabassumi ortiga yashiringan dardlari haqida 

    24.12.2024, 13:50

    Jennifer Lopesning yoshlik siri: xonanda go‘zalligini saqlab qolish uchun qanday nonushta qiladi?

    25.12.2024, 09:50

    Burak O‘zchivit 40 yoshda: ajoyib umr yo‘ldosh va mehribon ota, fotograf va kolleksioner haqida nimalar ma’lum?

    24.12.2024, 18:58

    Klinik o‘lim, o‘zagartirilgan ism va “bomj stayl”. Osiyoning eng mashhur 15 xonandasi ro‘yxatiga kirgan Sevara Nazarxon 48 yoshda (foto, video)

    25.12.2024, 12:55

    “Uyda yolg‘iz” filmi yulduzi Makoley Kalkin Kim Kardashyanning yangi klipida suratga tushdi

    25.12.2024, 10:45

    Instagram: O‘g‘lini muxlislariga ko‘rsatgan Munisa Rizayeva, qizini uzatgan Masrur Usmonov, qo‘lini jarohatlagan Rayhon Ulasenova

    25.12.2024, 11:55

    “Taxtlar o‘yini” finaliga 5 yil to‘ldi: serial qahramonlari hozir qayerda va nimalar bilan band?

    25.12.2024, 15:39

    Xonanda Teylor Svift og‘ir kasal muxlisasiga 5 ming dollarlik ko‘ylak sovg‘a qildi (video)

    25.12.2024, 13:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35

    O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Dehli shahrida “Markaziy Osiyo - Hindiston” ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:50

    Infantino: “Butun dunyodagi muxlislar O‘zbekistonning JCHdagi debyutini kutmoqda”

    Sport | 6 iyun, 11:21

    O‘zbek va turkman kinoijodkorlari tomonidan suratga olingan “Maxtumquli Firog‘iy” filmi Londondagi kinofestivalda xalqaro mukofotga sazovor bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 11:04

    Salom, mundial. O‘zbekiston Jahon chempionatiga chiqqan tarixiy o‘yindan fotogalereya

    Sport | 6 iyun, 09:56

    Sergeli tumanidagi mebel sexida yirik yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 09:36
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.