“Real Madrid” hujumchisi Rodrigo chap oyog‘ining son sohasida og‘riq sezmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Shu sababli braziliyalik futbolchi bugun “Jirona”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan bahsni o‘tkazib yuboradi.
Hozircha Rodrigo qancha vaqtga safdan chiqqani maʼlum emas.
Noyabr oyida futbolchi mushakdagi muammo sababli uchta o‘yinni o‘tkazib yuborgan edi. U o‘tgan haftada bo‘lib o‘tgan “Xetafe”ga qarshi (2:0) o‘yinda maydonga tushgandi.
Izoh (0)