• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Shou-biznes

    “O‘g‘lingizdan drama aktyori chiqmaydi, deyishgan” — go‘dakligida debyut rolini yaratgan, depressiyaga tushgan va otasining o‘limidan so‘ng akasini topgan Alisher Uzoqov 39 yoshda (foto, video)

    Aktyor, rejissor va teleboshlovchi Alisher Uzoqov 25-avgust kuni 39 yoshni qarshiladi. U ijodkorlar oilasida tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, uning san’atkor bo‘lishiga shubha qilishgan ekan. Xo‘sh, 39 yoshni qarshilagan ijodkorning muvaffaqiyat sirlari nimada?

    Alisher Uzoqovning bobosi O‘zbekiston xalq hofizi bo‘lgan

    Foto: “Daryo”

    Aktyor Alisher Uzoqov O‘zbekiston xalq hofizi Ma’murjon Uzoqovning nabirasi hisoblandi. U o‘z davrining mashhur ijodkori bo‘lishi bilan birga, oltin fondga kirgan ko‘plab qo‘shiqlarning otasi hisoblanadi. U ijro etgan “Mustahzod”, “Sayding qo‘yaber, sayyod”, “Parvo etib ket” va “Ayrilmasin” kabi qo‘shiqlar haligacha o‘z muxlislarini yo‘qotgani yo‘q.

     
    Foto: Yandex

    Aktyorning otasi Muhammadjon Uzoqov ham o‘z davrining mashhur aktyori bo‘lgan. U aktrisa Shohida Uzoqovaga uylanmasdan avval oila qurgan va Sarvar ismli o‘g‘illi bo‘lgan. Oilaviy kelishmovchiliklar sabab Muhammadjon Uzoqov ayoli bilan ajrashadi va keyinchalik Shohida Uzoqovaga uylanadi. Bu nikohdan Alisher Uzoqov dunyoga keladi.

    Alisher Uzoqov: “Onamga mendan aktyor chiqmaydi deyishgan”

    Alisher Uzoqov san’atkorlar oilasi vakili bo‘lsa-da, onasi Shohida Uzoqovaga “O‘g‘lingizdan drama aktyori chiqmaydi” deyishgan ekan. Bu gap bo‘lajak aktyorga qattiq ta’sir etgani aniq. 

     
    Foto: Yandex

    — Hozirgi yoshlarga aktyor bo‘lish qiyin. Chunki men bitirgan yili kursimizdan to‘rtta aktyor chiqqan. Menimcha, hozir bu raqamlar ancha ko‘p bo‘lsa kerak. Ammo natija yo‘q. O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirgani borganimda eshik yonida o‘tirgan nazoratchi isming nima, deb so‘ragan. Alisher desam, biroz o‘ylanib qolib, onamga qarab “Shohida, bundan aktyor chiqmasa kerak, yaxshisi qo‘g‘irchoq teatri aktyorligi bo‘limiga hujjat topshirsin”, deb maslahat bergan, — deydi Alisher Uzoqov.

    Ilk rolini go‘dakligida yaratgan

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    Alisher Uzoqov qachon kino olamiga kirib keldi? Bu savol ko‘pchilikni qiziqtirsa kerak. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ilk rolini 1984-yili “Kunda” filmida ijro etgan. Go‘dak Alisher Uzoqov garchi unda kamera gashtini his qilmagan bo‘lsa-da, uning debyut roli sifatida tarixga muxrlangan. Undan keyin 2001-yili Hilol Nasimov rejissorligidagi “Ostona” filmida suratga tushgan. Bu rol ham yosh ijodkorning shakllanishida muhim o‘rin tutgan.

    Rus kinoijodkorlarining nazariga tushgan aktyor

     
    Foto: Yandex

    Alisher Uzoqov Rossiya kinoijodkorlari tomonidan 2003-yilda suratga olingan “Velikan” qisqa metrajli filmida rol o‘ynagan. Shundan so‘ng u yana rus kinoijodkorlari bilan hamkorlik qildi va “Zastava” serialida bosh qahramonlardan birini ijro etdi. Ushbu serialdagi ijrosi aktyorga chet elda ham muvaffaqiyat qozonishiga sabab bo‘ldi. “Zastava” serialida giyohvand moddalar savdosi yo‘liga to‘sqinlik qilgan, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan harbiylarning jasorati, o‘z vatanining chegaralarini himoya qilish hayotining bir qismiga aylanganlar haqida hikoya qilinadi. Ushbu filmdan so‘ng aktyorga ko‘plab o‘zbek rejissorlari tomonidan takliflar tusha boshlaydi.

    Otasining o‘limidan keyin topilgan aka

    Aktyor va boshlovchi Alisher Uzoqovga  juda o‘xshash akasi bor. Sarvar Uzoqov Alisherdan to‘rt yosh katta va ayni kunlarda tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi.

    Foto: Instagram / @sarvar_uzakov

    — Dadam vafotiga qadar uning yolg‘iz o‘g‘liman va unga juda o‘xshayman, deb yurardim. Vafotlaridan so‘ng dadamning birinchi turmushidan Sarvar ismli o‘g‘illari borligi haqida eshitdim. Ilk marta akam bilan uchrashganimda u mendan ko‘proq dadamga o‘xshashiga guvoh bo‘ldim. Nafaqat tashqi ko‘rinishi, balki fe’l-atvori ham juda o‘xshaydi. Akam bir necha yildan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanadi. Akam bilan bir-birimizga juda o‘xshaymiz. Bizni yaqindan bilgan insonlar qiyofamiz o‘xshashligini aytishadi, — deydi aktyor Alisher Uzoqov.

    Alisher Uzoqov tomoshabinga tarsaki tushirgani haqida...

    Alisher Uzoqov teatrda rol ijro etayotganida madaniyatni bilmagan tamoshabinga tarsaki tortib yuborgan. Bu holatdan nafaqat tomoshabinlar, balki aktyorning hamkasblari ham hayron bo‘lishgan.

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    — “Diydor” teatr studiyasi kichkinagina, aktyor va tomoshabinlar orasi juda yaqin. Jiddiy spektakl namoyish etilayotganda birinchi qatorda o‘tirgan tomoshabin kulib o‘tiribdi. Unga ogohlantirish berish uchun balandroq ovozda gapirdim. Ammo u kulishda davom etdi. Uning harakatlari yomon ta’sir qilayotgani uchun yoniga borib beixtiyor tarsaki tortib yuborganman. Ammo eng qizig‘i sahna ortida bo‘lgan. Partnyorim Akbarxo‘ja boshqa hamkasblarimizga “Alisher aqldan ozib qolibdi. Old qatorda o‘tirgan tomoshabinni urdi”, debdi. Men esa spektakl yakunlangunga qadar qaltirab, o‘zimni yomon his qilganman, — deydi aktyor Alisher Uzoqov.

    Aktyorning turmush o‘rtog‘i va farzandlari haqida 

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    Aktyor 2011-yilda Mohinur ismli qiz bilan turmush qurgan. Aktyorning to‘yida mashhur futbolchi Odil Ahmedov kuyovjo‘ra bo‘lgan. Hozirda ularning ikki nafar: bir o‘g‘il va bir qiz farzandi bor. Aktyorning rafiqasi Mohinur Uzoqova hozirda maktabgacha ta’lim muassasasida logoped bo‘lib ishlaydi.

    Alisher Uzoqov “zapret”ga tushgani va bunga nima sabab bo‘lgani to‘g‘risida

    Aktyor Alisher Uzoqov “Chotki TV” YouTube-kanaliga bergan intervyusida 2012-yilda bir  necha yilga “zapret”ga tushgani, zapret uni butunlay boshqa insonga aylantirgani haqida so‘zlab bergan. Alisher Uzoqovning taxmin qilishicha, uning norasmiy taqiqqa tushishiga Gulnora Karimova tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilgan M&TVA taqdirlash marosimida biryo‘la ikki nominatsiyada g‘olib deb topilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    — Bilmasam, oxirgi 2012-yil bir emas, ikkita M&TVA’ni olganimda hammaning ko‘ziga ko‘rinib qolgan bo‘lsam kerak, deb o‘ylayman. Ikkita olganim uchun ham ko‘zga ko‘rinib qoldim, shekilli, menimcha. Aynan meni taqiqqa tushirgan insonlar u payt meni topishi muammo emasdi. “Alisher, mana buni qilib qo‘yganding, xatong shu edi”, desa, men qo‘lini o‘paman shu odamning, rahmat deyman. Siz meni xatomni aytyapsiz, ertaga shuni qilmay, hali yoshman-ku?! Dinimizda ham bor xatosini, kamchiligini aytish.

    Men har doim aytaman va ko‘pchilik xafa ham bo‘ladi. Yaqinlarimga to‘g‘ridan to‘g‘ri aytaman kamchiliklarini, menga aytishmaydi. Haliyam kech emas, o‘sha odam bilsa, chaqirib aytsin. Rahmat, deyman, qayerda edingiz shuncha yildan beri, deyman. Xato qilgan bo‘lsam, bilishim kerak, o‘sha xatoni ertaga takrorlamasligim uchun. Yana takrorlashni xohlamayman, chunki hamma ham xato qiladi, — deydi Alisher Uzoqov.

    “Zapret”ga tushganidan so‘ng yonida hech kim qolmagan va 20 ming so‘mlik doriga pul topa olmagan 

    Aktyor 2019-yilda “Daryo” internet-nashriga bergan intervyusida “zapret”ga tushganidan so‘ng yonida hech kim qolmagani va shundan so‘ng sohasiga bo‘lgan munosabati o‘zgargani haqida gapirgan.

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    — Depressiya bo‘ladi, shuncha qiyinchilikni depressiyasiz o‘tkazish uchun odam bez bo‘lishi, yuzi va yuragi eshakning terisidan bo‘lishi kerak. Taqiqdan keyin ancha ko‘zim ochildi, ishimga bo‘lgan munosabatim o‘zgardi. Men avvalgi Alisher emasman. Butunlay o‘zgardim. Boshimdan o‘tganlarini dushmanimga ham ravo ko‘rmasdim. Chunki faqat kino sohasida ijod qilayotgan ijodkor uchun shunchaki 3,5 yil uyda o‘tirish juda qiyin. “Zapret” sababini bilmayman. Hech kim buning sababini, nimagaligini aytmagan. O‘sha paytlar yonimda hech kim qolmadi, eshigimni birov taqillatib kelmadi. Shuning uchun ham hozir kimdir kelib yaxshi gapirsa, uni nima uchun bunaqa gapirayotganini yaxshi bilaman. O‘shandan so‘ng ishimga, sohaga bo‘lgan munosabatim o‘zgardi.

    O‘sha payt burnimda bir kasallik bor edi, burnim tez-tez bitardi, unga dori olib, sepib yurishim kerak. O‘sha paytlarda u dori 20 ming so‘m turardi. Hattoki o‘sha dorini olishga ham pulim bo‘lmay qolgandi. Keyin 2-3 ming so‘mga “Naftizin” olib, tomizib yurdim. Uyimga kelib, eshigimni taqillatib, to‘yga 400, 500, 800 dollar beraman deyishganida chiqmaganman. Noshukrlik qilmaganman. Shunday qiyinchilik bo‘lishi kerak ekan, chidadim”, — degan edi aktyor.

    Ko‘plab yulduzlarni kashf etgan va mashhur loyihalar asoschisi 

    Alisher Uzoqov asos solgan loyihalar ko‘plab yangi yulduzlarning yaralishiga sabab bo‘ldi. Shunday loyihalardan biri 2017-yilda “Zo‘r TV” telekanali orqali muxlislarga taqdim etilgan “The cover up” loyihasi hisoblanadi. Bu loyiha hozirda millionlab muxlislarga ega Yorqinxo‘ja Umarov, Afruza, G‘aybulla Tursunov, Zahida, La’liddin Xolmatov kabi xonandalarning iste’dodini yangi bosqichga olib chiqdi. Keyinchalik ko‘plab yosh iste’dod egalarini kashf etgan “The cover up kids” loyihasi ham o‘z muxlislarini topdi.

    Alisher Uzoqov nega san’atdan ketdi?

    Aktyor Alisher Uzoqov san’at o‘rnini egallayotgan vaynerlar va uni hasadchilikda ayblayotganlarga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    — Men kinodan butunlay uzildim. Buning sabablari juda ko‘p. Oxirgi 10 yilda birorta yaxshi ssenariy qo‘limga tushgani yo‘q. Agar teatrda “Otasining qizi”, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” yoki “Andishali kelinchak” darajasidagi spektakl sahnalashtirilganda, baribir xalq og‘ziga tushgan bo‘lardi. Afsuski, teatr ishlayapti, kinolar suratga olinyapti. Ammo ularning hech biri tomoshabin nazariga tushayotgani yo‘q. “Qilindimi-qilindi” tarzida qolib ketyapti. “O‘zi kinoda suratga tushmayotgani uchun tanqid qilyapti”, degan xayolga borishlarini istamayman. Men yoki falonchi aktyor suratga tushgan taqdirda ham, avvalgidek kinolar bo‘lmaydi. Ya’ni rejissorlarning aktyorgacha bo‘lgan muammolari ko‘p. Eng birinchisi ssenariy bilan bog‘liq bo‘lsa, keyingisi moliyaviy muammolarga borib taqaladi, — deydi aktyor.

    “Mendirman Jaloliddin” filmidagi roldan voz kechgani haqida

    Alisher Uzoqov “Mendirman Jaloliddin”da suratga tushmaganidan achinmasligi va shundan keyin ko‘p filmlarning kastingidan o‘tolmagani haqida aytib o‘tdi.

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    — “Mendirman Jaloliddin” serialini suratga olish maydonchasidan nega ketib qolganim haqida ko‘p gapirganman. Chunki rejissor o‘zbek aktyoriga aktyordek munosabatda bo‘lmagan. “Mana bu rol senga va sen serialning hamma qismida ko‘rinasan”, degan. Ammo menga rolning katta-kichikligi emas, o‘sha serialda uning qanchalik ahamiyatli ekanligi muhim edi. U yerda nafaqat o‘zbek aktyoriga, balki millatga nisbatan bo‘lgan munosabat yoqmagani uchun ketganman. Men tabiatan shunday insonman, yoqmadimi, ketaman. Qaytgandan keyin balki noto‘g‘ri xulosa qilgandirman, deb biroz ikkilandim. Ammo ko‘p o‘tmay, qarorim to‘g‘ri ekanligini tushunib yetdim. Undan keyin uchta yaxshi filmga kasting topshirdim. Ulardan biri “Ilhaq” edi. Jahongir Ahmedov bilan avval ham ishlaganmiz, bir-birimizni yaxshi tushunamiz. Ammo u filmiga olmadi. Uning ham qarorini hurmat qilaman. Undan keyingi kastingidan o‘tolmagan filmlarim esa hali ham ekranga chiqqani yo‘q, — deydi aktyor.

    Aktyor ayni kunlarda faqatgina teleboshlovchi sifatida faoliyat yuritmoqda. Yaqin yillardan buyon u birorta rolda suratga tushgani yo‘q.

    29.08.2023, 19:41   Izoh (0)   37106
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Faqat Instagram bilan chegaralanib qolish niyatim yo‘q”. Bobur Mansurov professional ijodga qaytgani va jamoasini kengaytirish rejasi haqida (video)

    29.08.2023, 17:00

    “Nojo‘ya takliflar sabab ko‘p rollar nasib etmagan” — Zamira Beshimova istalgan yo‘l bilan mashhurlikka erishmoqchi bo‘lgan aktrisalar haqida gapirdi (video)

    29.08.2023, 11:02

    Yulduz Usmonovadan Elyor Meliboyevgacha: “Xalqlar do‘stligi”dagi yangi konsertlar va ularning chipta narxlari

    28.08.2023, 19:16

    Gollivudning eng kelishgan aktyoridan ayanchli shaxsgacha — Mikki Rurk muvaffaqiyatsiz plastik operatsiyadan keyin hayoti 180 darajaga o‘zgargani haqida 

    28.08.2023, 16:14

    Burak O‘zchivit 375 ming dollarga mashina sotib oldi, Hande Erchelning muxlislari uning ozib ketganidan xavotirda. Turk aktyorlarining shaxsiy hayotidagi yangilikl...

    28.08.2023, 11:57

    Yaqinda 40 yoshga to‘ladigan “Santa-Barbara” seriali aktyorlari hozir qanday ko‘rinishda va taqdirlari qanday kechdi?

    28.08.2023, 09:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Medvedev bir qator davlatlar Eronga “yadroviy o‘q-dorilar” berishga tayyorligini aytdi

    Dunyo | 22 iyun, 18:19

    “Qo‘shnilar” bahsi, braziliyaliklar hissasi va yirik hisobdagi g‘alaba: “Navbahor” va “OKMK” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 22 iyun, 18:00

    Suriyada Bashar Asadning amakivachchasi qo‘lga olindi

    Dunyo | 22 iyun, 17:31

    Husiylar AQSHning Eronga hujumi sabab urushga qo‘shilganini e’lon qildi

    Dunyo | 22 iyun, 16:55

    Eron yadroviy obyektlariga zarba: yetakchilar qanday fikrda?

    Dunyo | 22 iyun, 16:24

    Xosep Gvardiola: “Ayrim futbolchilar ketadi”

    Sport | 22 iyun, 15:25

    Isroil va Erondagi o‘zbekistonliklardan imkon qadar xavfsiz hududlarga chiqib ketish so‘raldi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 15:09

    Misrdan O‘zbekistonga gepatit C ga qarshi dori vositalari to‘rtinchi partiyasi yetkazildi

    O‘zbekiston | 22 iyun, 13:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.