• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    Alisher Uzoqov 38 yoshda: Otasining o‘limidan so‘ng akasini topgan, 10 yil “prava”siz mashina haydagan aktyor va xonandaning hayot yo‘li haqida (foto)

    “Uylanish”, “Janob hech kim”, “Mening akam bo‘ydoq”, “Kichkina xo‘jayin” va boshqa ko‘plab filmlardagi roli orqali millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan mahoratli aktyor va xonanda Alisher Uzoqov 25-avgust kuni 38 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan “Daryo” nashri aktyorning hayot va ijod yo‘li haqida ma’lumot beradi. 

    San’atkorlar oilasining davomchisi 

    Aktyor, xonanda va rejissor Alisher Uzoqov 1984-yil 25-avgust sanasida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Uning otasi marhum Muhammad Uzoqov ham aktyor, onasi Shohida Uzoqova esa o‘zbek kino olamida o‘z o‘rniga ega aktrisalardan biri hisoblanadi. Alisher Uzoqovning bobosi Ma’murjon Uzoqov O‘zbekiston xalq hofizi sifatida xalq e’tirofiga sazovor bo‘lgan. Aktyorning bolaligi teatrda o‘tgan va o‘sha paytlarda u bir nechta spektakllarda ishtirok etgan. Keyinchalik, u san’atga bo‘lgan qiziqishi tufayli shu sohada tahsil olishga qaror qilib, 2001-yildan 2005-yilgacha O‘zbekiston davlat san’at institutida o‘qiydi.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Nafaqat o‘zbek kino olamida, balki chet elda ham shuhrat qozongan aktyor

    Alisher Uzoqovning ilk debyuti Rossiya kinoijodkorlari tomonidan 2003-yilda suratga olingan “Velikan” qisqa metrajli filmida bo‘lgan. Shundan so‘ng u yana rus kinoijodkorlari bilan hamkorlik qildi va “Zastava” serialida bosh qahramonlardan birini ijro etdi. Ushbu serialdagi ijrosi aktyorga chet elda ham muvaffaqiyat qozonishiga sabab bo‘ldi. “Zastava” serialida giyohvand moddalar savdosi yo‘liga to‘sqinlik qilgan, o‘z hayotini xavf ostiga qo‘ygan harbiylarning jasorati, o‘z vatanining chegaralarini himoya qilish hayotning bir qismiga aylanganlar haqida hikoya qilinadi. Ushbu filmdan so‘ng aktyorga ko‘plab o‘zbek rejissorlari tomonidan takliflar tusha boshlaydi.

    Aktyor 2008-yilda “Telba” filmida epizod rolni ijro etdi va tomoshabinlar e’tiboriga tusha boshladi. Shundan so‘ng Alisher Uzoqov 2009-yilda aktrisa Asal Shodiyeva bilan partnyorlikda “Janob hech kim” filmida bosh rolni ijro etdi va o‘zbek kino olamida katta shuhrat qozondi. Shundan keyin aktyor 40 dan ortiq filmlarda suratga tushdi. Alisher Uzoqov ishtirokidagi “Mening akam bo‘ydoq”, “Endi dadam bo‘ydoq”, “Uylanish”, “Kirakash”, “O‘gay ona”, “Men talabaman”, “Tundan tonggacha” filmlari ko‘plab muxlislarning qalbidan joy olgan.

    https://www.youtube.com/watch?v=ouCLHQHEXH0&t=3065s

    Otasi vafot etgan vaqtda suratga olish jarayonlarida bo‘lgan va keyinchalik akasini topgan 

    Alisher Uzoqov “Daryo” internet-nashriga bergan intervyusida otasining vafotidan keyin otasining boshqa oilasidan bo‘lgan akasini topganini aytgan. Ma’lum bo‘lishicha, aktyor otasi vafot etgan vaqtda bir serialning suratga olish jarayonlarida bo‘lganini va hayotidagi yagona armoni ham shu ekanini, otasining vafotidan so‘ng akasini topganini ta’kidlagan. Alisher Uzoqov akasi otasining boshqa oilasidan ekanini, biznes bilan shug‘ullanishini, u o‘zidan ham ko‘proq otasiga o‘xshashini ma’lum qilgan.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: Instagram /@uzakovsarvar1980

    Foto: Instagram /@uzakovsarvar1980

    Aktyorning turmush o‘rtog‘i va farzandlari haqida 

    Aktyor 2011-yilda Mohinur ismli qiz bilan turmush qurgan. Aktyorning to‘yida mashhur futbolchi Odil Ahmedov kuyovjo‘ra bo‘lgan. Hozirda ularning ikki nafar: bir o‘g‘il va bir qiz farzandi bor. Aktyorning rafiqasi Mohinur Uzoqova hozirda maktabgacha ta’lim muassasasida logoped bo‘lib ishlaydi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram

    O‘n yil haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqargan 

    Alisher Uzoqov 2017-yilda “Daryo” nashriga 10 yil haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqarganini ma’lum qilgan.  “O‘n yil davomida haydovchilik guvohnomasisiz mashina boshqarganman. Yo‘l-patrul xizmati xodimlari to‘xtatib, yaxshi ko‘rishgani bois doim qo‘yib yuborishgan”, — degan edi aktyor.

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    Alisher Uzoqov “zapret”ga tushgani va bunga nima sabab bo‘lgani to‘g‘risida

    Aktyor Alisher Uzoqov “Chotki TV” YouTube-kanaliga bergan intervyusida 2012-yilda bir  necha yilga “zapret”ga tushgani, zapret uni butunlay boshqa insonga aylantirgani haqida so‘zlab bergan. Alisher Uzoqovning taxmin qilishicha, uning norasmiy taqiqqa tushishiga Gulnora Karimova tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazilgan M&TVA taqdirlash marosimida bir yo‘la ikki nominatsiyada g‘olib deb topilishi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

    “Bilmasam, oxirgi 2012-yil bir emas, ikkita M&TVA’ni olganimda hammani ko‘ziga ko‘rinib qolgan bo‘lsam kerak, deb o‘ylayman. Ikkita olganim uchun ham ko‘zga ko‘rinib qoldim, shekilli, menimcha. Aynan meni taqiqqa tushirgan insonlar, u payt meni topish muammo emasdi, Alisher, mana buni qilib qo‘yganding, xatoying shu edi, desa. Men qo‘lini o‘paman shu odamning, rahmat deyman. Siz meni xatoyimni aytyapsiz, ertaga shuni qilmay, hali yoshman-ku?! Dinimizda ham bor xatosini, kamchiligini aytish.

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    Men har doim aytaman va ko‘pchilik xafa ham bo‘ladi. Yaqinlarimga to‘g‘ridan to‘g‘ri aytaman kamchiliklarini, menga aytishmaydi. Haliyam kech emas, o‘sha odam bilsa, chaqirib aytsin. Rahmat, deyman, qayerda edingiz shuncha yildan beri, deyman. Xato qilgan bo‘lsam, bilishim kerak, o‘sha xatoni ertaga takrorlamasligim uchun. Yana takrorlashni xohlamayman, chunki hamma ham xato qiladi, — deydi Alisher Uzoqov.

    Foto: “Yandeks.ru”

    Foto: “Yandeks.ru”

    “Zapret”ga tushganidan so‘ng yonida hech kim qolmagan va 20 ming so‘mlik doriga pul topa olmagan 

    Aktyor 2019-yilda “Daryo” internet-nashriga bergan intervyusida “zapret”ga tushganidan so‘ng yonida hech kim qolmagani va shundan so‘ng sohasiga bo‘lgan munosabati o‘zgargani haqida gapirgan.

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    “Depressiya bo‘ladi, shuncha qiyinchilikni depressiyasiz o‘tkazish uchun odam bez bo‘lishi, yuzi va yuragi eshakning terisidan bo‘lishi kerak. Taqiqdan keyin ancha ko‘zim ochildi, ishimga bo‘lgan munosabatim o‘zgardi. Men avvalgi Alisher emasman. Butunlay o‘zgardim. Boshimdan o‘tganlarini dushmanimga ham ravo ko‘rmasdim. Chunki faqat kino sohasida ijod qilayotgan ijodkor uchun shunchaki 3,5 yil uyda o‘tirish juda qiyin. ‘Zapret’ sababini bilmayman. Hech kim buning sababini, nimagaligini aytmagan. O‘sha paytlar yonimda hech kim qolmadi, eshigimni birov taqillatib kelmadi. Shuning uchun ham hozir kimdir kelib yaxshi gapirsa, uni nima uchun bunaqa gapirayotganini yaxshi bilaman. O‘shandan so‘ng ishimga, sohaga bo‘lgan munosabatim o‘zgardi.

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    “O‘sha payt burnimda bir kasallik bor edi, burnim tez-tez bitadi, unga dori olib sepib yurishim kerak. O‘sha paytlarda u dori 20 ming so‘m turardi. Hattoki o‘sha dorini olishga ham pulim bo‘lmay qolgandi. Keyin 2-3 ming so‘mga naftizin olib, tomizib yurdim. Uyimga kelib, eshigimni taqillatib, to‘yga 400, 500, 800 dollar beraman deyishganida chiqmaganman. Noshukrlik qilmaganman. Shunday qiyinchilik bo‘lishi kerak ekan, chidadim”, — degan edi aktyor.

    Futbol sevuvchi mahoratli sharhlovchi va “Navbahor” futbol klubi PR-direktori 

    Aktyor bir muddat Futbol TV telekanalida faoliyat yuritgan va oradan ko‘p o‘tmay vaqt masalasi sabab sharhlovchilikdan ketishga majbur bo‘lgan. Keyinchalik Alisher Uzoqov bir o‘yinni sharhlashda bilmasdan so‘kinib yuborgani sabab ishdan ketgani haqida mish-mishlar tarqalgan, aktyor esa buni rad etgan. Futbol sport turi bo‘yicha ham tajribaga ega bo‘lgan Alisher Uzoqov  2018-yilda “Navbahor” futbol klubida pr-direktor sifatida faoliyat olib borgan. U jamoaning ommaga yanada yaxshiroq tanilishi borasida xizmat qilgan.

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    Foto: Instagram /@alisheruzakov_official

    “Sevgi iztirobi”dagi Amirni o‘zbekcha gapirtirgan aktyor faoliyatidagi qaysi filmda qiynalgani haqida

    Dublyaj sohasida ham mahoratga ega aktyor millionlab muxlislarning qalbidan joy olgan “Sevgi iztirobi”dagi Amir obraziga ovoz bergan. Alisher Uzoqov turkiyalik aktyor Kaan Urganji o‘g‘li 2019-yilda rejissor Rustam Sa’diyevning “Baron 2” filmida suratga tushish uchun Toshkentga kelganida u bilan ko‘rishgan.

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    Alisher Uzoqov faoliyatidagi boshqa filmlarda 2019-yilda suratga olingan “Elparvar” filmida ijro etgan obrazidagi kabi qiynalmaganini aytgan edi.

    “Rostini aytaman, bu filmda qiynalganchalik boshqa filmlarda qiynalmaganman. O‘zimni ushlashga ko‘p vaziyatlarda harakat qildim. Qaysidir jabhalarda buning uddasidan chiqdim. Lekin hamma vaziyatda ham emas. Buning uchun ijodiy guruhdan uzr so‘rayman. Rejissor Abduvohid G‘aniyevga juda ham qiziq jarayon uchun rahmat. Bu film barchaga yoqadi degan umiddaman”, — deb fikr bildirgan edi rejissor.

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    Foto: Instagram / @alisheruzakov_official

    Mashhur xonandalarning kliplaridagi turfa xil obrazlar sohibi 

    Alisher Uzoqov o‘zbek shou-biznesidagi ko‘plab mashhur xonandalarining xit taronalariga ishlangan videoklipda suratga tushgan. Masalan, Rayhonning “Tomchi”, “Yurak”, “Xalos et” Ozoda Nursaidovaning “Do‘st”, Janob Rasulning “Yolg‘on dunyo”, Ziyodaning “Tamara”, Hamdam Sobirovning “Esla meni” kliplaridagi ijrolari bir-biriga umuman o‘xshamaydi.

    Ko‘plab yulduzlarni kashf etgan va mashhur loyihalar asoschisi 

    Alisher Uzoqov asos solgan loyihalar ko‘plab yangi yulduzlarning yaralishiga sabab bo‘ldi. Shunday loyihalardan biri 2017-yilda “Zo‘r TV” telekanali orqali muxlislarga taqdim etilgan “The cover up” loyihasi hisoblanadi. Bu loyiha hozirda millionlab muxlislarga ega Yorqinxo‘ja Umarov, Afruza, G‘aybulla Tursunov, Zahida, Laliddin Xolmatov kabi xonandalarning iste’dodini yangi bosqichga olib chiqdi. Keyinchalik ko‘plab yosh iste’dod egalarini kashf etgan “The cover up kids” loyihasi ham o‘z muxlislarini topdi.

    Xit taronalar ijrochisi

    Alisher Uzoqov iste’dodli aktyor, shu bilan birga ko‘plab xit taronalarni ijro etgan xonanda sifatida ham e’tiborga tushgan. Uning ijrosidagi “Nahotki”, “Oshiq yurak”, “Mubtaloman”, “Qorako‘zim”, “Kerak emas menga” taronalari hali hamon sevib tinglanadi. U xonandalik faoliyatidagi uzoq tanaffusdan so‘ng “O‘tgusidir” nomli taronasiga ishlangan videoklipni muxlislariga taqdim etdi.

    Mavzuga doir:

    • Muxlisni siltab tashlagan Shohjahon Jo‘rayev, tomoshabinga tarsaki tushirgan Alisher Uzoqov: San’atkorlarni qanday holatlar asabiylashishga majbur qiladi? (video).
    • Javohir Zokirov, Alisher Uzoqov, Sitora Farmonova. Chet el kinofilmlarida rol ijro etgan o‘zbek aktyorlari (video).
    • Instagram: Umidaxon yangi uyli, Odina To‘xtasinova mashinali bo‘ldi, Alisher Uzoqov kumiri bilan uchrashdi, Doston Ergashev YPX xodimining to‘yida bepul xizmatda bo‘ldi.
    • Instagram: O‘zbekistonni tark etgan Alisher Uzoqov, eri bilan yarashganini inkor etgan Maryam Tillayeva, Ozoda konsertidagi g‘ayrioddiy holatlar.

    25.08.2022, 19:42   Izoh (1)   60361
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (1)

    Kirish
    1. 34328281@telegram.org / 26.08.2022, 10:29

      Табриклаймиз!

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Badavlat oilada o‘sgan bo‘lsa-da, lekin hamma narsaga o‘z kuchi bilan erishgan yulduzlar (foto)

    25.08.2022, 16:34

    Fotosayohat: Xonanda Selena Gomesning plyajdagi uyi qanday ko‘rinishga ega?

    25.08.2022, 14:40

    Jahongir Xo‘jayev dadasiga qimmat mashina sovg‘a qilishiga sabab bo‘lgan voqeani aytib berdi (video)

    25.08.2022, 12:51

    Gollivud yulduzlari Ben Afflek va Jennifer Lopes dabdabali nikoh to‘yi uchun qancha pul sarfladi? (foto)

    25.08.2022, 10:32

    Instagram: Zarina Nizomiddinova turmush o‘rtog‘ini ko‘rsatdi, Aziza Nizomova ona bo‘ldi, “Aristokrat”chi Sarvar uylandi

    24.08.2022, 22:21

    “Buldozer bilan vahshiylarcha buzib tashlangan”. Ozoda Nursaidova uyi buzilganida tushkunlikka tushgani hamda 300 mln so‘m zarar ko‘rgani haqida (video)

    24.08.2022, 20:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Manchester Yunayted” o‘z futbolchisini “Real”ga taklif qildi

    Sport | 20 iyun, 09:50

    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi

    Reklama | 20 iyun, 09:00

    Isroil mudofaa vaziri Xomanaiyni “zamonaviy Gitler” deb atadi

    Dunyo | 20 iyun, 09:49

    Tailand bosh vazirining Kamboja sobiq rahbari bilan telefon suhbati internetga tarqab ketdi

    Dunyo | 20 iyun, 09:40

    O‘zbekistonliklarning ko‘pchiligi diplomi bo‘yicha ishlamaydi — tadqiqot

    O‘zbekiston | 20 iyun, 09:24

    Isroil Eronga qarshi urushda kuniga qancha mablag‘ sarflamoqda?

    Dunyo | 20 iyun, 09:13

    Klublar o‘rtasidagi JCH. Messining jarimadan kiritgan goli “Inter Mayami”ga g‘alaba taqdim etdi, “PSJ” esa kutilmaganda Braziliya klubiga mag‘lub bo‘ldi (video)

    Sport | 20 iyun, 08:45

    Eron tashqi ishlar vaziriga suiqasdning oldi olindi

    Dunyo | 20 iyun, 08:27
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.