• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12586.41
    • RUB160.42
    • EUR14758.82
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston maktablarida har yetti o‘quvchidan bittasi zo‘ravonlik yoki bezorilikka guvoh bo‘lgani aytildi

    Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ekspertlari tomonidan O‘zbekistondagi maktablarda bulling yoki bezorilik o‘quvchilarning akademik yutuqlariga qanday taʼsir qilishi o‘rganildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    14-noyabrida “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni imzolandi.

    Ushbu qonun nega muhim edi?

    Maktabdagi bulling o‘quvchilarning ruhiy salomatligi va taʼlim natijalariga salbiy taʼsir ko‘rsatib, uzoq muddatda inson kapitalining rivojlanishi, demografik dividend, iqtisodiy o‘sish va barqaror rivojlanishga salbiy taʼsir qilishi mumkin. Bulling holatlari yuz berganda, u nafaqat jabrlanuvchilarning ruhiy yoki jismoniy holatiga zarar yetkazadi (Wolke va Lereya, 2015), balki ularning o‘quv ko‘rsatkichlarini pasaytirib, taʼlim olish darajasining tushishiga sabab bo‘ladi (Yosep va boshqalar, 2023).

    Bu esa o‘z navbatida, malakasi past ishchi kuchining shakllanishiga olib keladi va natijada iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qiladi (OECD, 2010; Davlasheridze va boshqalar, 2018). 

    Foto: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

    Tadqiqotda O‘zbekistonda olingan PISA 2022 so‘rovi natijalaridan foydalanildi. So‘rov mamlakatning turli hududlari bo‘yicha 15 yoshli o‘quvchilarning javoblarini mujassam etgan bo‘lib, uning asosida yaratilgan maʼlumotlar bazasi 202 ta maktab va 7293 nafar o‘quvchini qamrab oladi.

    Mazkur so‘rov natijalariga ko‘ra, kamida har yetti o‘quvchidan bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi va zo‘ravonlik yoki bezorilikka guvoh bo‘lgan. Ular yiliga kamida bir marotaba duch keladigan muammolar bular: 

    • o‘quvchilarning yomon gaplarni tarqatishi (21 foiz); 
    • maktab hududida boshqa o‘quvchilar bilan urishishi (17 foiz); 
    • boshqa bolalar tomonidan kamsitilishi (16 foiz). 
    Foto: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

    MHTI mutaxassislarining tadqiqot natijalari

    Repest modeli yordamida qilingan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, maktabda xavfsizlik indeksining bir birlikka yomonlashishi o‘quvchilarning bahosini matematikadan o‘rtacha 5,2 ballga, o‘qishdan 6,2 ballga, tabiiy fanlardan 4,7 ballga kamaytiradi.

    Shuningdek, bullingga uchrash indeksining bir birlikka oshishi o‘quvchilarning ballarini matematikadan o‘rtacha 5 ballga, o‘qishdan 5,4 ballga, tabiiy fanlardan 4,8 ballga kamaytiradi.

    Bulling turlari orasida tovlamachilik (yaʼni, qo‘rqitish orqali pulni tortib olish) o‘quvchilarning akademik natijalariga eng kuchli taʼsir qilishi aniqlandi. Undan aziyat chekkan o‘quvchilarning ballari matematikadan o‘rtacha 57,6 ballga, o‘qishdan 67,4 ballga, tabiiy fanlardan 67,0 ballga kamayishi aniqlandi. Shuningdek, jismoniy va og‘zaki bulling kabilar ham o‘quvchilarning taʼlim olishiga salbiy taʼsir ko‘rsatuvchi omillardir. 

    Foto: Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti

    Takliflar

    Finlyandiya tajribasidan kelib chiqib, O‘zbekiston maktablarida ham bullingga qarshi KiVa dasturini amalga oshirish. KiVa dasturi o‘z ichida bullingni oldini olish uchun darslar va onlayn o‘yinlar, jabrlanuvchiga maʼnaviy ko‘mak, bulling bilan shug‘ullangan bolaning ota-onasi bilan suhbat, maktab muhitini baholash uchun o‘quvchilar va xodimlar uchun onlayn so‘rovlar o‘tkazish kabilarni jamlagan.

    Italiyaning “No Trap!” nomli bulling va kiberbullingga qarshi dasturini O‘zbekiston uchun joriy etish. Bu dastur quyidagi asosiy xususiyatlardan iborat:

    • o‘quvchilar, o‘qituvchilar va psixologlar uchun resurslar va tayyorgarlikni taqdim etish;
    • onlayn hamjamiyat orqali o‘quvchilar o‘rtasida muhokamalar tashkil etish; 
    • o‘quvchilar tengdoshlaridan bullingga qarshi kurashish bo‘yicha taʼlim olib bullingga qarshi kurashishini taʼminlash.

    “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunda yana nimalar haqida so‘z borgan?

    Mazkur qonunning 13-moddasiga ko‘ra, Ichki ishlar organlari bolaga nisbatan zo‘ravonlik va g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaslikka yo‘l qo‘ygan ota-onalar to‘g‘risidagi axborotni vakolatli davlat organiga yuboradi. Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni to‘playdi, ularni tahlil qiladi.

    Bundan tashqari, vakolatli davlat organiga bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga bevosita tahdid tug‘ilgan hollarda bolani ota-onasidan (ularning biridan) olib qo‘yishda ko‘maklashadi.

    Shuningdek, qonunda belgilanishicha, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etganlarning xulq-atvorini tuzatishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.

    Hujjatga ko‘ra, zo‘ravonlikning takroran sodir etilishining oldini olish hamda zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning xavfsizligini ta’minlash maqsadida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik sodir etgan yoki uni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning xulq-atvorini o‘zgartirish yuzasidan psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatishga doir chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

    22.11.2024, 22:21   Izoh (0)   3994
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #bulling#zo'ravonlik#bezorilik#tovlamachilik#maktab#o'quvchi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Akmal Saidov: Bulling — yangi ijtimoiy voqelik

    06.08.2019, 22:10

    Instagram kiberbullingga qarshi kurash sabab layklar hisoblagichini olib tashlaydi

    08.12.2019, 21:55

    Rossiyaning Perm o‘lkasidagi maktabda o‘quvchi otishma sodir etdi. U qo‘lga olindi

    18.10.2021, 11:45

    Hindistonlik 21 yoshli model va aktrisa “Koinot go‘zali — 2021” tanlovida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi (foto)

    14.12.2021, 15:23

    “Atrofdagilarning gap-so‘zlari e’tibor berishingizga arzimaydi”. Uels malikasi Keyt Middlton kamsitilishlar bilan qanday kurashgani haqida

    26.12.2022, 13:36

    O‘zbekistonda bolalar bullingga uchraganda ularga himoya orderi berilishi rejalashtirilmoqda

    13.10.2023, 12:06

    “Qo‘lingiz qonga belangan”: Amerikalik siyosatchilar Mark Sukerbergni tanqid qildi

    02.02.2024, 20:52

    Qozog‘istonda pedofillar va bola o‘ldirganlar umrbodga qamaladi 

    21.02.2024, 16:30

    Farzandingizni zudlik bilan boshqa maktabga o‘tkazish kerakligini anglatuvchi holatlar

    05.04.2024, 13:35

    Toshkent viloyatidagi maktabda sinfdoshini kaltaklagan qizlarning ota-onalari javobgarlikka tortildi

    05.04.2024, 15:14

    “Kimdir meni tepmagan, haqorat qilmagan kun bo‘lmagan”. Maktabda sinfdoshlari tomonidan zo‘ravonlikka uchragan Gollivud yulduzlari

    06.06.2024, 11:58

    Ijtimoiy tengsizlik, nosog‘lom munosabatlar va turk seriallarida ko‘tariladigan 6 ta muhim mavzu

    30.08.2024, 13:57

    O‘zbekistonda hayoti yoki sog‘lig‘i xavf ostida qolgan bolalar ota-onasidan olib qo‘yilishi mumkin

    15.11.2024, 12:35

    Zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarga himoya orderi berish tartibi yo‘lga qo‘yilmoqda 

    15.11.2024, 21:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Palmeyras” “Botafogo”ni mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 28 iyun, 23:48

    Kolumbiyada ko‘chki sabab halok bo‘lganlar soni 22 nafarga yetdi (video)

    Dunyo | 28 iyun, 23:10

    Iyul oyining ilk kunlarida havo harorati 42 darajagacha ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 28 iyun, 22:45

    Superliga. “Qizilqum” so‘nggi daqiqalarda gol urib, mag‘lubiyatdan qutilib qoldi

    Sport | 28 iyun, 22:41

    Ukraina: Odessada qurbonlar soni 14 nafarga yetdi

    Dunyo | 28 iyun, 22:20

    Italiyaning ko‘plab shaharlarida jazirama sabab “qizil” ogohlantirish e’lon qilindi

    Dunyo | 28 iyun, 21:55

    30 dan ortiq dron urib tushirildi — Rossiya Mudofaa vazirligi

    Dunyo | 28 iyun, 21:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.