AQSH Senatida yirik onlayn platformalar vakillari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, unda asosiy e’tibor Facebook asoschisi Mark Sukerbergga qaratildi. Muzokara davomida bulling va ijtimoiy bosim muhokama qilindi. Bu haqda Bild xabar berdi.

“Janob Sukerberg va bu yerga yig‘ilgan kompaniyaning boshqa vakillari. Bilaman, siz buni xohlamagansiz, lekin qo‘lingiz qonga belangan. Siz odamlarni o‘ldiradigan mahsulot yaratdingiz”, — deydi respublikachi senator Lindsi Grem.
Shundan so‘ng Facebook kompaniyasi bolalarni salbiy kontentdan to‘liq himoya qila olmagani uchun Sukerbergdan uzr so‘rash talab qilingan.
“Bugun qurbonlarning oilalari shu yerda. Jabrlanganlardan kechirim so‘raganmisiz? Buni hozir qilishni xohlaysizmi? — ta’kidlagan respublikachi senator Josh Xouli.
Sukerberg bunga javoban “hech kim sizning oilangiz boshidan kechirgan narsalarni boshdan kechirmasligi kerak”, degan. Shu bilan birga u o‘zining platformalari (Facebook, WhatsApp, Instagram) voyaga yetmaganlarning xavfsizligini ta’minlash uchun yetarlicha ishlamayotgani haqidagi ayblovlarni rad etgan.
Milliarderning aytishicha, uning kompaniyasi Meta “ota-onalar va o‘smirlarga potensial zararni kamaytirish uchun qo‘llab-quvvatlash va nazorat mexanizmlarini taklif qilishda astoydil ishlaydi.
Izoh (0)