• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12980.16
    • RUB161.63
    • EUR14606.57
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Andijon bilan Qo‘ng‘irotni, Termiz bilan Toshkentni bog‘laydigan jami 4 ming kilometrlik xalqaro yo‘llarimiz eng yuqori talablarga javob berishi shart” – prezident

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 16-oktyabr kuni yo‘l xo‘jaligi sohasida qilingan ishlar hamda kelgusidagi vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Avtomobil yo‘llari – iqtisodiyotning “qon tomiri”. Shu bois mamlakatda bu sohaga alohida eʼtibor qaratilib, ish ko‘lami va sifati oshirib borilmoqda. Xususan, avvallari 2009—2016-yillarda 9 trillion so‘m evaziga ming kilometrdan ko‘proq yo‘l qurilgan va 20 ming kilometr taʼmirlangan bo‘lsa, so‘nggi sakkiz yilda bu ko‘rsatkichlar 6 barobargacha o‘sgan. Yaʼni, sohaga 58 trillion so‘m ajratilib, 2 ming kilometr yo‘l barpo etilgan, 100 ming kilometri taʼmirlangan.

    Prezident qaroriga muvofiq, yo‘l xo‘jaligi tizimi yanada takomillashtirildi. Xususan, loyihalash, qurish, ekspluatatsiya uchun masʼullar aniq belgilab qo‘yildi, buyurtmachi va pudratchi funksiyalari bir-biridan ajratildi.

    Yo‘llarni ilmga asoslanib, zamonaviy yondashuvlar asosida qurishga eʼtibor kuchaydi. Masalan, loyiha hujjatlarining namunaviy andozalaridan voz kechilib, har bir hududning geologik va ekologik xususiyatidan kelib chiqish usuliga o‘tildi. 1 ming 700 ta maxsus texnika xarid qilinib, yo‘l xo‘jaligi korxonalarining taʼminot darajasi oshirildi. Yangi turdagi asfalt-beton, sement-beton qoplamalar joriy etildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Natijada sifat ham o‘zgarmoqda. Yangi qurilgan yo‘llarning ekspluatatsiya muddati 15-20 yil bo‘ladi. Ularning holati 42 turdagi ko‘rsatkich bo‘yicha tekshirib boriladi. Jahon bankining grant mablag‘lari hisobidan olib kelingan texnikalar yo‘lning fizik xossalarini baholash hamda yer ostidan o‘tgan kommunikatsiya tarmoqlari holatini qoplamani buzmagan holda tekshirish imkonini beradi.

    Ko‘chalardagi obodlik “Yashil makon” dasturining, umuman, madaniyatimizning bir qismi. Har mavsum ularning ikki chetida ko‘chatlar ekilmoqda. Shuningdek, daraxtlarni parvarishlash uchun yo‘llar bo‘yidagi yer maydonlarini ijaraga berish joriy etildi.

    Taqdimotda sohadagi loyihalar va rejalar haqida axborot berildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Birlashgan Millatlar Tashkilotining tahliliga ko‘ra, sifatli yo‘llar O‘zbekiston iqtisodiyotining kamida 2 foiz o‘sishiga turtki beradi. Bugungi kunda xalqaro moliya tashkilotlari bilan 729 kilometr yo‘lni rekonstruksiya qilish bo‘yicha 6 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Jumladan, yaqin kunlarda “Qo‘ng‘irot—Beynau” yo‘nalishidagi 240 kilometr yo‘l foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, Guliston – Andijon, Dushanbe – Termiz, Buxoro – Turkmanboshi, Urganch – Hazorasp yo‘llarining muayyan qismlari qayta quriladi.

    Sohaga xususiy sektor vakillari ham keng jalb qilinmoqda. Hududlardagi jami 260 kilometr yo‘llarning ekspluatatsiyasi autsorsing asosida tadbirkorlarga berildi. Osiyo taraqqiyot banki loyihasi doirasida 841 kilometr yo‘l qurilishida ilk bor to‘liq mahalliy pudratchilar qatnashishiga kelishildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat rahbari sohadagi muhim vazifalarni ko‘rsatib o‘tdi.

    “O‘zbekistonning geografik joylashuvini eʼtiborga olsak, tashqi savdoda xalqaro yo‘llarning ahamiyati juda katta. Shu bois Andijon bilan Qo‘ng‘irotni, Termiz bilan Toshkentni bog‘laydigan jami 4 ming kilometrlik xalqaro yo‘llarimiz eng yuqori talablarga javob berishi shart”, dedi Shavkat Mirziyoyev.

    Toshkent—Samarqand va Toshkent—Andijon oralig‘idagi pulli yo‘l loyihalarini jadallashtirish, ularni qatnov darajasi yuqori bo‘lgan uchastkalarda qurish zarurligi qayd etildi. Bunday hollarda muqobil bepul yo‘l mavjud bo‘lishi alohida qonun bilan belgilanadi.

    Bugungi kunda 4 ming 700 ta ko‘prik taʼmirtalab holatda. Uch yillik dastur ishlab chiqib, ularni bosqichma-bosqich taʼmirlash vazifasi qo‘yildi.

    Hududlarda yo‘l bo‘yi infratuzilmasi rivojlantirilib, savdo va xizmatlar tashkil qilinmoqda. Taqdimotda aytilganidek, bunga qo‘shimcha qariyb 4 ming kilometrlik xalqaro avtomagistrallarda 70 ta servis majmuasi barpo etiladi.

    16.10.2024, 20:04   Izoh (0)   9243
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Prezident#Shavkat Mirziyoyev#yoʻl xoʻjaligi

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijonga mahallalarda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini yaxshilash uchun 1,5 trillion soʻmga yaqin mablagʻ yoʻnaltiriladi

    01.02.2023, 16:55

    Namanganni “ishsizlikdan xoli hudud”ga aylantirish boʻyicha “yoʻl xarita”si tasdiqlanadi

    03.02.2023, 13:05

    Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov telefon orqali muloqot qildi

    14.10.2024, 11:20

    “Ish to‘g‘ri tashkil qilinsa, bu tumanda kambag‘allik bo‘lishi mumkin emas” — prezident Toshkent tumanida bo‘ldi

    14.10.2024, 13:54

    “Yuqori texnologik mahsulotlar ishlab chiqarayotgan mahalliy korxonalarimizni qo‘llab-quvvatlashimiz kerak” – prezident Enter Green Solar korxonasini borib ko‘rdi

    14.10.2024, 18:21

    Shavkat Mirziyoyev Yangiyo‘ldagi Mesal Water Technologies korxonasini ko‘zdan kechirdi

    14.10.2024, 18:59

    Toshkent viloyatida 2024—2026-yillarda 26 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda

    14.10.2024, 19:34

    Toshkent viloyatida umumiy qiymati 2 mlrd dollarlik 9 ta loyihaga start berildi 

    14.10.2024, 21:38

    “Daryo” dayjesti: 14-oktyabrning eng muhim xabarlari  

    14.10.2024, 22:41

    Shavkat Mirziyoyev OKMK Muhandislik maktabini borib ko‘rdi

    15.10.2024, 13:53

    Qozog‘istonda 16 yoshli o‘smir o‘ldirib ketildi, shahar hokimi ishdan olindi

    15.10.2024, 15:25

    Shavkat Mirziyoyev Olmaliqda qurilayotgan 3-mis boyitish fabrikasida bo‘ldi

    15.10.2024, 15:53

    Qozog‘istonda endi siyosatchilar daromad-xarajatlari ommaga e’lon qilinadi

    15.10.2024, 16:25

    Toshkent tumanidagi ikki mahallada 97 gektar maydonda industrial texnopark tashkil qilinadi

    15.10.2024, 16:19

    Toshkent viloyatidagi 5 ta shahar va tumanda ishlab chiqarishni rivojlantirish uchun “Sanoat uchburchagi” dasturi tayyorlanadi

    15.10.2024, 16:32

    Toshkent viloyatidagi 5 ta tumanda ishlab chiqarishni kooperatsiya va klaster asosida tashkil etish uchun “Sanoat uchburchagi” dasturi tayyorlanadi

    15.10.2024, 16:50

    Toshkent viloyati hokimining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Botir Alimbekov lavozimidan ozod etildi

    15.10.2024, 17:26

    “Yaratib berilayotgan sharoitlar hisobiga viloyatda kambag‘al oilalar qolishining o‘zi uyat” — prezident

    15.10.2024, 17:36

    Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi 

    15.10.2024, 20:04

    “Daryo” dayjesti: 15-oktyabrning eng muhim xabarlari

    15.10.2024, 22:41

    O‘zbekistonning Shvetsiyadagi yangi elchisi tayinlandi

    16.10.2024, 09:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Iqtisodiyot va moliya vazirligi shifoxonalarda pulli xizmatlar qimmatlashgani aytilgan xabarlar yuzasidan izoh berdi

    O‘zbekiston | 15 may, 20:37

    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi

    Reklama | 15 may, 19:30

    Zelenskiy Istanbuldagi muzokaralarda Putin ishtirok etmasa, o‘zining qatnashishidan ma’no yo‘qligini ta’kidladi

    Dunyo | 15 may, 20:25

    Shavkat Mirziyoyev Turkiya vitse-prezidentini qabul qildi. Nimalar muhokama qilindi?

    O‘zbekiston | 15 may, 20:15

    “Tottenhem”ning asosiy futbolchisi Yevropa Ligasi finalini o‘tkazib yuboradi

    Sport | 15 may, 20:12

    “Maqsadim – global moliya tizimini rivojlantirish”: AQSHdagi vatandosh Ibrohimjon Abdullayev hikoyasi

    O‘zbekiston | 15 may, 20:10

    Toshkent viloyatidagi dala maydonida yong‘in sodir bo‘ldi

    O‘zbekiston | 15 may, 19:54

    Tom Kruzga Kann kino festivalida yetti daqiqa davomida qarsak chalindi

    Layfstayl | 15 may, 19:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.