Daryo

Toshkent viloyatida 2024—2026-yillarda 26 mlrd dollarlik loyihalar amalga oshirilishi kutilmoqda

Davlat rahbariga umumiy qiymati 3,4 milliard dollar bo‘lgan 11 loyiha taqdimot qilindi

1 daqiqa o‘qish11 986 ko‘rishlar0 izoh0

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsiya loyihalari taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Toshkent viloyati poytaxtga yaqinligi, voha va xalqaro yo‘llarni bir-biriga bog‘lashi bilan ulkan iqtisodiy salohiyatga ega. Keyingi yetti yilda hududda qariyb 9,4 milliard dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirilib, 143 mingdan ortiq ish o‘rni va 5 milliard dollarlik eksport imkoniyati yaratilgan.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Bu surʼatni davom ettirib, 2024—2026-yillar uchun jami 26 milliard dollarlik 125 ta loyiha rejalashtirilgan. Ularning 21 tasi strategik, 52 tasi tarmoq, 52 tasi hudud loyihalaridir. Bu tashabbuslar natijasida 42 mingta ish o‘rni yaratilishi mo‘ljallangan.

Davlat rahbariga umumiy qiymati 3,4 milliard dollar bo‘lgan 11 loyiha taqdimot qilindi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Ularga Xitoy, Janubiy Koreya, Turkiya, Saudiya Arabistoni, Rossiya, Ozarbayjon kabi mamlakatlar kompaniyalari va mahalliy tadbirkorlar investitsiya kiritmoqda. To‘qimachilik, oziq-ovqat, tibbiyot, elektrotexnika, energetika, qurilish materiallari, geologiya, xizmat ko‘rsatish va boshqa tarmoqlardagi bu loyihalarda 23 mingta ish o‘rni yaratiladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Masalan, Xitoy investorlari bilan hamkorlikda Olmaliq shahrida “Buyuk ipak yo‘li” industrial texnoparki tashkil etiladi. U yerda elektrotexnika, to‘qimachilik, qurilish materiallari, farmatsevtika kabi yo‘nalishlarda 100 ga yaqin korxona joylashtiriladi. 3 mingta yangi ish o‘rni yaratilib, yiliga 5 trillion so‘mlik mahsulot ishlab chiqariladi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Zangiota tumanida esa Janubiy Koreya investorlari bilan birgalikda jigar, bo‘g‘im, ko‘z va miya faoliyatini davolashda qo‘llaniladigan dori vositalari ishlab chiqarish tashkil etiladi. U yerda 200 kishining bandligi taʼminlanadi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Prezident investorlar uchun barcha sharoitlarni yaratish, loyihalarning har bir bosqichini nazorat qilib, masalalarini hal etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman
Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar