Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 2-turida “Roma” 25-avgust, yakshanba kuni “Empoli”ga qarshi bahs olib bordi.
Birinchi bo‘limning oxirida “Empoli” futbolchisi Gyasi hisobni ochdi.
Ikkinchi bo‘limda ham mehmonlar hujumlar uyushtirdi va penalti ishlab oldi. 61-daqiqada Kolombo ushbu penaltini aniq amalga oshirdi.
77-daqiqada esa Eldor Shomurodov zaxiradan maydonga tushirildi. Oradan 3 daqiqa o‘tib, o‘zbekistonlik futbolchi boshi bilan darvozani ishg‘ol etdi va hisobni qisqartirdi. Biroq qolgan daqiqalarda darvozalar daxlsiz qoldi va “Roma” 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
A Seriya
2-tur bahsi
25-avgust, yakshanba
“Roma” — “Empoli” 1:2
Gollar: 0:1 – 45 Gyasi, 0:2 – 61 Kolombo (penalti), 1:2 – 80 Shomurodov.
“Roma”: Svilar, Anxelino, Ndika, Manchini, Chelik (Zalevski, 46), Soule (Shomurodov, 77), Dibala, Pellegrini, Paredes (Baldansi, 63), Kristante (Le Fe, 62), Dovbik.
“Empoli”: Vaskes, Viti, Ismayli, Valyukevich, Fassini (Stoyanovich, 88), Solbakken (Espozito, 58), Pessella (Kakache, 63), Male (Xaas, 63), Xenderson, Gyasi, Kolombo (Ekong, 87).
Ogohlantirishlar: Male (26), Solbakken (58), Kakache (84).
Izoh (0)