• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.75
    • RUB156.79
    • EUR14658.61
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport Futbol

    O‘zbekiston futzal milliy jamoasi qanday natija bilan Jahon chempionatida nimchorak finalga yo‘l olishi mumkin?

    O‘zbekiston mezbonligida o‘tayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionati guruh bosqichi hal qiluvchi pallaga keldi.

    Foto: “O‘FA”

    Bugun, 20-sentyabr kuni A hamda B guruhlarida muhim o‘yinlar bo‘lib o‘tadi. 

    O‘zbekiston futzal milliy jamoasi 2 turdan keyin bir durang va bir mag‘lubiyat qayd etib, 2 turdan so‘ng ham guruhdan chiqish masalasini hal qilmadi. Xo‘sh, O‘zbekistonning guruhdan chiqish imkoniyati qanday? Keyingi bosqichda qaysi jamoa bilan to‘qnash kelishi mumkin?

    O‘zbekistonning g‘alabasi nimchorak kafolati!

    Foto: Livesport

    A guruhining uchinchi turida O‘zbekiston jamoasi Kosta Rika, Paragvay jamoasi esa Niderlandiya bilan o‘ynaydi. Mezbonlar Kosta Rika jamoasini mag‘lub etsa, 4 ochkoga ega bo‘ladi. Guruhdagi o‘rni esa ikkinchi juftlikka bog‘liq bo‘ladi. Agar ushbu o‘yinda Niderlandiya mag‘lub bo‘lsa yoki durang o‘ynasa, O‘zbekiston ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oladi.

    Niderlandiya esa boshqa guruhdagi vaziyatni kutishga majbur bo‘ladi. 

    Niderlandlar Paragvay ustidan g‘alaba qozongan taqdirda ham O‘zbekiston o‘z o‘yinida yutsa, 3-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l oladi. Chunki teoretik jihatdan B guruhida ikkinchi o‘rinni olishi mumkin bo‘lgan Ukraina yoki Afg‘oniston, C guruhidagi Qozog‘iston yoki Libiya 4 ochko olishi mumkin. 4 ta eng yaxshi natija qayd etgan jamoalar nimchorak finalga yo‘l olishini hisobga oladigan bo‘lsak, O‘zbekistonning har qanday hisobdagi g‘alabasi keyingi bosqich uchun yo‘llanma taqdim etadi.

    Foto: Getty Images

    Durang bo‘lsa ham imkon bor

    O‘zbekiston jamoasi durang qayd etsa ham imkoniyat saqlanib qoladi. Ammo bu yerda juda ham ko‘p faktorlarni inobatga olish zarur bo‘ladi. 

    Agar Paragvay jamoasi Niderlandiya ustidan 4 ta yoki undan ko‘p to‘p farqi bilan g‘alaba qozonsa, O‘zbekiston ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l olishi mumkin. Uchta to‘p farqi bilan mag‘lub bo‘lsa, keyingi faktorlar inobatga olinadi.

    Bunda ikkinchi o‘rin uchun O‘zbekiston durang qayd etganda ham Niderlandiyadan bitta to‘p ko‘proq urishi zarur. Deylik, Niderlandiya 2:5 ga yutqazsa, O‘zbekiston kamida 4 ta gol urishi talab etiladi. Shunda O‘zbekiston urilgan gollar sonidagi ustunlik evaziga 2-o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l olishi mumkin. Mabodo O‘zbekiston Niderlandiya bilan urilgan gollarda ham tenglikni yuzaga keltirsa, o‘zaro o‘yinga qaraladi: jamoalar durang o‘ynaganini inobatga olsak, bu holatda sariq kartochkalar inobatga olinadi. Niderlandiya jamoasi 2 o‘yinda 2 ta sariq kartochka olgan. Demak, bu borada ustunlik niderlandlarda. O‘zbekiston Paragvay bilan o‘yinda Niderlandiya futbolchilarining kamida 2 marta ogohlantirilishiga umid qilishiga to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga o‘zi Kosta Rika bilan o‘yinda ogohlantirmasligi kerak.

    Niderlandiyaning g‘alabasi, durang yoki kichik hisobdagi mag‘lubiyati durang qayd etgan o‘zbekistonliklar uchun 2-o‘rindan umid uzish degani. Shunda ham uchinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l olish mumkin.

    Hozirda O‘zbekiston futbolchilari 3 marta, Kosta Rika jamoasi esa 5 marta ogohlantirilgan. Demak, ulardan kamroq olingan sariq kartochka sabab guruhda 3-bo‘lishimiz mumkin. 

    Shundan so‘ng qolgan o‘yinlar natijasini kutishga to‘g‘ri keladi. Ushbu o‘yinlardan kamida ikkitasida durang qayd etilsa, O‘zbekiston jamoasi 2 ochko bilan ham keyingi bosqichga yo‘l olishi mumkin: Xorvatiya—Kuba, Panama—Tojikiston, Gvatemala—Venesuela.

    Kimlar raqib bo‘ladi?

    Foto: FIFA

    O‘zbekiston milliy jamoasi ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritsa, C guruhida ikkinchi o‘rinni olishi mumkin bo‘lgan Afg‘oniston yoki Ukraina bilan o‘ynaydi. 

    Uchinchi o‘rinni olsa, B guruhida yetakchisi Braziliya va Tailand jamoalaridan biri yoki C guruhida birinchi o‘rinni olishi mumkin bo‘lgan Argentina bilan nimchorakda to‘qnash keladi.

    Foto: “O‘FA”

    Xulosa o‘rnida, O‘zbekiston jamoasi uchun eng optimal variant — g‘alaba qozonib, ikkinchi o‘rin bilan keyingi bosqichga yo‘l olish. Uchinchi o‘rin mezbonlar uchun juda ham qiyin raqiblarni taqdim etadi.

    Erkin G‘aybullayev tayyorladi. 

    20.09.2024, 03:26   Izoh (0)   50941
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy jamoasining Jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi maʼlum bo‘ldi

    10.09.2024, 09:56

    Futzal bo‘yicha Jahon chempionati. O‘zbekiston Niderlandiya bilan jangovar durang qayd etdi 

    14.09.2024, 21:52

    Futzal bo‘yicha Jahon chempionati. A guruhining dastlabki uchrashuvida durang qayd etildi

    17.09.2024, 19:11

    Futzal bo‘yicha Jahon chempionati. O‘zbekiston yirik hisobda mag‘lubiyatga uchradi

    17.09.2024, 21:50

    YCHL. Bir kishi kam bo‘lib o‘ynagan “Barselona” “Monako”ga yutqazdi, “Arsenal” Italiyada durang qayd etdi, “Atletiko” so‘nggi daqiqalardagi gol evaziga g‘alabani i...

    20.09.2024, 01:56

    Shaxmat Olimpiadasi. Nodirbek Abdusattorovning tajribasi evaziga O‘zbekiston jamoasi 8-turda g‘alaba qozonib, 2-o‘ringa ko‘tarildi

    20.09.2024, 00:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 

     

    Tavsiya etamiz

    “Stalinning barmog‘i” — Zangezur yo‘lagi Ozarbayjon uchun qanchalik muhim?

    14 avgust, 14:19

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Nega Kerem Byursin va Hande Erchel endi hech qachon birga suratga tushmaydi va bunga kim aybdor?

    Kino | 14 avgust, 19:55

    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi

    Reklama | 14 avgust, 19:30

    Yevropaning beshta mamlakati o‘rmon yong‘inlariga qarshi kurashda Yevropa Ittifoqidan yordam so‘radi

    Dunyo | 14 avgust, 19:45

    Rossiyada shifokorlar boshiga 12 santimetrli mix kirgan bemorni hayotini saqlab qolishdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:35

    Yakka tadbirkorlar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bekor qilinadi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:25

    “Afrosiyob” poyezdi relsiga beton tashlab, qo‘poruvchilik qilgan temiryo‘lchilar uzoq muddatga qamaldi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:12

    Ukraina dronlar bilan Rossiyaning Rostov va Belgorod shaharlariga zarbalar berdi

    Dunyo | 14 avgust, 19:10

    Navoiyda ko‘chalarda drift qilgan “yo‘l polvoni” qo‘lga tushdi

    O‘zbekiston | 14 avgust, 19:00

    Anjelina Joli josus rolida: “Janob Smit va Smit xonim” rejissyori yangi film suratga oladi

    Kino | 14 avgust, 18:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.