Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 37-turida “Kalyari” va “Sassuolo” 19-may, yakshanba kuni o‘zaro bahs olib bordi.
O‘zbekistonlik futbolchi Eldor Shomurodov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va ikkinchi bo‘limda o‘z o‘rnini Luvumboga bo‘shatib berdi.
“Kalyari” 2:0 hisobida zafar quchdi. Jamoa safida Prati va Lapadula o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Kalyari” ochkolari sonini 36 taga yetkazib, 14-o‘ringa ko‘tarilib oldi.
A Seriya
37-tur bahsi
19-may, yakshanba
“Sassuolo” — “Kalyari” 0:2
Gollar: 0:1 – 71 Prati, 0:2 – 90+1 Lapadula (penalti).
“Sassuolo”: Konsili, Missori, Ferrari, Erlich, Ruan, Doyg, Rachich, Mateus Enrike, Torstvedt, Loryante, Pinamonti.
“Kalyari”: Skuffet, Zappa, Mina, Dossena, Aujello, Deyola, Nandes, Gaetano, Sulemana, Lapadula, Shomurodov.
Ogohlantirishlar: Torstvedt (54), Deyola (61), Dossena (76), Pinamonti (79), Mateus Enrike (90+3).
Chetlatish: Mateus Enrike (90+3).
Izoh (0)