• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12618.63
    • RUB160.83
    • EUR14516.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yangi majmuada ish boshlaydi (foto)

    Shavkat Mirziyoyev 29-avgust kuni Respublika onkologiya va radiologiya markazining yangi majmuasiga borib, u yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Davlat rahbari 2021-yilda Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining eski binosini borib ko‘rgan, sohada sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha topshiriqlar bergan edi. Ko‘p o‘tmay, “Aholiga gematologiya va onkologiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” prezident qarori qabul qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qarorda Respublika onkologiya markazi uchun yangi majmua qurilishi ham belgilangan edi. Uning loyihasi Janubiy Koreyaning shu sohadagi klinikalari tajribasi asosida ishlab chiqildi. Uch yil davomida puxta ish olib borilib, Toshkent tibbiyot akademiyasi yonidagi 5 gektardan ziyod maydonda zamonaviy shifoxona barpo etildi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Qayd etilishicha, yangi majmua 9 ta inshootdan iborat bo‘lib, asosiy binolar 8 qavatli. Ularda shifokor va bemorlar uchun kerakli sharoitlar inobatga olingan. 1-qavatda poliklinika va tashxis uskunalari, 2-qavatda laboratoriya, statsionar, reanimatsiya va jarrohlik xonalari, yuqori qavatlarda palatalar joylashgan. Yerosti qismida radioterapiya, yadro tibbiyoti bo‘limi, xo‘jalik xonalari bor.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Avvalgi shifoxona 370 o‘rinli edi. Yangi markazda 650 ta statsionar va 80 ta kunduzgi o‘rinlar tashkil etildi. Shuningdek, bir kunda 500 nafar bemor ambulator sharoitda davolanishi mumkin.

    Davlat rahbari markazdagi qulaylik va imkoniyatlar bilan tanishdi.

    “Biz taʼlim va tibbiyotga alohida eʼtibor beryapmiz. Chunki odamlar bilimli bo‘lib, sog‘lom bo‘lsa, o‘z yo‘lini topadi. Bu markaz ham shunday ishlardan biri. Bu loyihaga 1,2 trillion so‘m ajratib, “noldan” qurdik. Barcha onkologiya shifoxonalarini jihozlashga 80 million dollar yo‘naltirildi. Endigi asosiy vazifa — xodimlarni o‘qitib olish, samarali boshqaruvni yo‘lga qo‘yish”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lum qilinishicha, markazda Yevropa va AQSH standartlari asosida tashkil etilgan 17 ta yangi klinik bo‘lim, 18 ta jarrohlik xonasi, 42 ta reanimatsiya va intensiv terapiya xonalari tashkil etilgan. Ular jahon tibbiyotida qo‘llanayotgan eng so‘nggi texnikalar bilan jihozlandi.

    Xususan, Siemens kompaniyasining Magnetom Altea rusumli magnitli tomografi sunʼiy intelektdan foydalanib, ish jarayonini avtomatlashtiradi. Fuji kompaniyasining Senaria kompyuter tomografi kam dozali nurlanish va yuqori sifatli tasvir bilan bexato tashxis qo‘yadi. Shuningdek, 128 va 256 o‘lchamli multispiral tomograflar juda yupqa kesimlarda eng kichik o‘smalarni ham aniqlash imkonini beradi. Bular avval qo‘llanganidan 8-16 barobar kuchli.

    Bunday zamonaviy texnikalarni ishlatish uchun yuzga yaqin mutaxassis 8 ta xorijiy davlatda malaka oshirib qaytdi. O‘zbekiston bo‘ylab 1 ming 200 nafar onkolog chet elda o‘qitiladi.

    Jarrohlik bo‘limida yiliga 6 mingta yuqori texnologik amaliyotlar o‘tkazish imkoniyati bor. Jumladan, juda dolzarb bo‘lgan suyak ko‘migi transplantatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi. Yangi uskunalar yordamida ko‘z, halqum va qizilo‘ngach qismi o‘smalarini kesmasdan olib tashlash mumkin. Qovuq o‘smalari kam invaziv usulda bartaraf etiladi. Bularning samarasida bemorlar tezroq tuzalib, 3-5 kunda uyiga qaytishi mumkin.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Intensiv terapiya bo‘limida har bir yotoq o‘rni yurak monitorlari, o‘pkani sunʼiy shamollatish moslamalari va boshqa zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.

    Nur bilan davolash uchun ilk bor yadroviy tibbiyot bo‘limi ishga tushirilmoqda. U 9 ta bunkerdan iborat bo‘lib, birida to‘xtalishlar yuz bergan taqdirda ham, boshqalariga o‘tkazilishi natijasida muolaja uzluksizligi taʼminlanadi. Chiziqli tezlatkichlarda nur bilan davolashning VMAT, SMAT kabi yangi usullari tatbiq qilinadi.

    Ambulator kimyo terapiya 72 nafar bemorga mo‘ljallangan. Yangi infuzomat uskunalari olib kelingani natijasida bu davo osonlashadi va tezlashadi.

    Prezident markazda ish jarayonini raqamlashtirish, bemorlarga qulayliklarni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

    “Eng asosiy topshiriq — raqamlashtirish. Odamlar sarson bo‘lmasin, navbatda turib qiynalmasin. Bu markaz faqat Toshkent uchun emas, uni hududlardagi 15 ta shifoxona bilan shunday bog‘lash kerakki, bemorlar o‘zining kelish vaqtini, doktorini oldindan bilsin. Buning uchun sunʼiy intellektni kengaytirib, inson omilini kamaytirish kerak”, dedi davlat rahbari.
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Markaz o‘zining hududlardagi filiallari bilan yagona elektron platformaga ulanadi va respublikada “kanser-registr” tizimi ishga tushiriladi. Buning natijasida nazoratda turgan barcha onkologik bemorlar haqidagi maʼlumotlar yaxlit ko‘rinib turadi.

    Shu yerda Dmed yagona tibbiyot tizimi haqida ham axborot berildi. U shu yil yakunigacha Toshkentda to‘liq ishga tushiriladi. Keyinchalik butun mamlakat bo‘ylab joriy etiladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Umuman, yangi uskunalar va sharoitlar natijasida markazda o‘sma kasalliklarini erta aniqlash hamda davolash samaradorligi bir necha barobar oshadi. Bu, pirovardida, o‘lim holatlarini kamaytirish, insonlarni sog‘aytirib, umrini uzaytirishga xizmat qiladi. Shuningdek, bu tibbiyot turizmiga ham manba bo‘ladi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Respublika onkologiya va radiologiya markazining yangi majmuasidan lavhalar

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lumot uchun, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi 1962-yilda Fanlar akademiyasining Onkologiya va radiologiya ilmiy-tadqiqot instituti sifatida tashkil etilgan. 2018-yildan boshlab Respublika ixtisoslashtirilgan Onkologiya va Radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bo‘lgandi.

    29.08.2024, 19:01   Izoh (0)   7690
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Onkologik va gematologik kasalliklar bilan bog‘liq operatsiya xarajatlarining 50 foizini davlat to‘lab beradi” — Shavkat Mirziyoyev

    14.05.2021, 23:17

    SSV: Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyatidagi filiallari yagona unikal kompleksga birlashadi

    21.11.2022, 16:19

    Vazirlik kerak emas desa, shifokorlar bu muassasalar bemorlar uchun juda zarur demoqda: sotilayotgan onkologik shifoxonalar va viloyatlardagi ahvol haqida surishti...

    08.12.2022, 10:22

    Onkologiya markazi va uning filiallarini sotish bo‘yicha auksion savdolari bekor qilindi

    19.12.2022, 17:33

    O‘zbekistonda saratonni 99 foizgacha davolovchi preparat yaratilgani haqidagi xabarlar haqiqatga zid — SSV

    25.03.2023, 14:41

    Raqobat qo‘mitasi yana bir bankni jarimaga tortdi

    29.08.2024, 18:25
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    G‘alabadan ilhom, kelajak sari dadil qadam – Jahon chempionatiga yo‘l olgan chempionlar uchun BYD avtomobillari tuhfa etildi


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Way II Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etmoqda 


    InfinBank Visa kartalari bilan endi WeChat Pay va Alipay orqali to‘lash mumkin


    TENET: “Stellar Residence” apartamentlari 24 oygacha bosqichma-bosqich to‘lov bilan 


    Uzbekistan Airways bilan Kuala-Lumpur va Bangkokga sayohatni rejalashtiring


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10

    Eron–Isroil qarama-qarshiligi: urush bosqichma-bosqich qanday avj oldi?

    16 iyun, 14:38

    35 yildan so‘ng topilgan sotqin – urush paytida nemislar tomonga o‘tib ketgan ayol qanday fosh bo‘lgandi?

    14 iyun, 17:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Eron Isroilga birinchi marta “Sejjil” raketasini uchirdi (video)

    Dunyo | 19 iyun, 09:20

    Maykl Jeksonning sobiq advokati uning o‘limi sababini fosh qildi

    Musiqa | 19 iyun, 09:17

    G‘azoda 30 ga yaqin kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 19 iyun, 09:04

    Klublar o‘rtasidagi JCH. “Real” “Al-Hilol” bilan durang o‘ynadi, “Yuventus” “Al-Ayn” darvozasiga 5 ta gol urdi (video)

    Sport | 19 iyun, 08:52

    Nukusda yuzdan ortiq o‘qituvchidan pora olgan maktab direktori o‘rinbosari ushlandi

    O‘zbekiston | 19 iyun, 08:39

    Tramp Eronga hujum rejasini tasdiqladi, biroq yakuniy buyruqni bermadi — WSJ

    Dunyo | 19 iyun, 08:31

    Dunyodagi 2025-yilda yashash uchun eng qulay shahar ma’lum qilindi

    Dunyo | 19 iyun, 07:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.