Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallarini sotish bo‘yicha auksion e’lon qilingan edi.
Maydoni 10 gektarga yaqin Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy markazining 281,7 milliard so‘m;
2,68 gektarli Toshkent viloyati onkologiya kasalliklari shifoxonasining bino va inshootlari 92 milliard so‘m;
maydoni 4,64 gektar bo‘lgan Toshkent shahar onkologiya kasalliklari shifoxonasining bino va inshootlari 160,4 milliard so‘m boshlang‘ich narx bilan sotuvga qo‘yilgandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligining xabariga ko‘ra, auksion jarayoni to‘xtatildi.
“Bugungi kunda, mazkur obyektlarning sotilishi hisobiga yangi zamonaviy Onkologiya markazi qurilishini amalga oshirish bo‘yicha jamoatchilik fikridan kelib chiqqan holda, tegishli topshiriqqa asosan, Onkologiya markazi hamda uning poytaxt va Toshkent viloyati filiallarini auksion orqali sotish jarayoni to‘xtatildi va savdodan olib tashlandi”, — deyiladi xabarda.
Izoh (0)